Payvandlash yoyi manbalarining tasnifi
Payvandlash yoyini ta’minlaydigan manbalar
quyidagi belgilariga qarab tasniflanadi:
Tok turi bo‘yicha — o‘zgaruvchan tok (pay- vandlash transformatorlari) va o‘zgarmas tok (o‘zgartirgichlar, agregatlar va to‘g‘rilagichlar) man- balari.
Tashqi tavsifi bo‘yicha — tik pasayuvchan, o‘zgarmas, o‘suvchi va aralash volt-amper tavsifli.
Bir yo‘la ta’minlaydigan postlari bo‘yicha bir va ko‘p postli manbalar.
Yuritmasining xarakteri bo‘yicha elektr yurit- mali va mustaqil yuritmali (ichki yonuv dvigatelidan ishlaydigan) manbalar.
Yoyning yonish xususiyatlari bo‘yicha — erkin yonuvchi va siqiq yoy bilan payvandlashga mo‘ljallangan manbalar.
O‘rnatilishi va montaj qilinish usullari bo‘yicha — statsionar va ko‘chma.
Ishlash uslubi va konstruktiv taxt qilinishi bo‘yicha — magnit normal sochiladigan (alohida re- aktiv chulg‘amli va umumiy magnit o‘tkazgichli) va magnit sochilishi oshirilgan (qo‘zg‘aluvchan magnit shuntli va qo‘zg‘aluvchan chulg‘amli) payvandlash transformatorlari; kremniy yoki selenli ventillar bilan jihozlangan payvandlash to‘g‘rilagichlari; mustaqil magnitlovchi va ketmaket ulangan magnitsizlovchi chulg‘amlari bo‘lgan ajratilgan o‘zgartirgichlar; ich- ki yonuv dvigatelli agregat-generatorlar.
Vazifasi bo‘yicha — qo‘lda yoy yordamida payvandlash, flyus qatlami ostida avtomatlashtirilgan va mexanizatsiyalashtirilgan usulda, himoya gazlari muhitida payvandlash uchun mo‘ljallangan, plazma yordamida kesish va payvandlash, elektrshlak usulida payvandlash uchun mo‘ljallangan manbalar va max- sus ishlarga mo‘ljallangan tok manbalari (uch fazali payvandlash, ko‘p yoy bilan payvandlash uchun).
Elektr-payvandlash jihozlarining belgilanishi ya- gona tuzilishiga ko‘ra jihozlarning belgilari harfli va raqamli qismlardan iborat bo‘ladi. Birinchi harf — buyumning tipi (В — to‘g‘rilagich, Т — transfor- mator, Г — generator, У — ustanovka); ikkinchi harf —payvandlash turi (Д — yoyli, П — plazma- li); uchinchi harf — payvandlash usuli (Г — himoya gazlari muhitida, Ф — flyus qatlami ostida, У — uni- versal manbalar), uchinchi harf qo‘yilmagan bo‘lsa, elektrodlar bilan qo‘lda yoy yordamida payvandlash- ni bildiradi; to‘rtinchi harf — manbaning vazifasini bildiradi (М — ko‘p postli payvandlash uchun, И — impulsli payvandlash uchun). Harflardan keyingi ik- kita yoki bitta raqam yuzlab amper hisobida nominal payvandlash tokini, keyingi ikkita harf buyumning registratsiya nomerini, keyingi harflar qaysi muhitga mo‘ljallab ishlanganligini bildiradi (Т — tropik iq- limli zonalarda ishlatish uchun, У — mo‘tadil iqlim- li, ХЛ — sovuq iqlimli zonalarda ishlatish uchun); navbatdagi raqam joylashtirish kategoriyasini bil- diradi (1 — ochiq maydonda, 2 — pritseplarda, av- tomobil kuzovlarida, 3 — tabiiy shamollatiladigan xonalarda, 4 — majburiy shamollatiladigan va isiti-
ladigan xonalarda, 5 — o‘ta nam xonalarda. Masalan, ВДГМ—1601T ning ta’minlash manbayi quyidagi- cha izohlanadi: himoya gazlari muhitida payvand- lashda ishlatiladigan to‘g‘rilagich, ko‘p postli, pay- vandlash toki 1600 A, buyumning ro‘yxatga olingan nomeri 01, tropik iqlimli zonalarda ishlatish uchun mo‘ljallangan, joylashtirilish kategoriyasi 2, ya’ni pritseplarga yoki avtomobil kuzoviga o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |