Payvandlash yoyini ta’minlash manbalariga qo‘yiladigan talablar
Yoyning barqaror yonishi manba tashqi tavsifi- ning shakli yoy statik tavsifining berilgan shakliga mos kelishiga bog‘liq. Ta’minlash manbayining tash- qi tavsifi yoyning tavsifi kabi pasayuvchan, o‘zgarmas yoki o‘suvchan bo‘lishi mumkin. Yoy yordamida qo‘lda payvandlash uchun (yoyning statik tavsifi o‘zgarmas bo‘ladi) ta’minlash manbayining tashqi tavsifi tik pasayuvchan bo‘lishi kerak. Tashqi tavsif- ning pasayish tikligi qanchalik katta bo‘lsa, yoyning uzunligi o‘zgarganda tokning o‘zgarishi shuncha kam bo‘ladi. Bunday tavsiflarda ta’minlash manbayining salt ishlash kuchlanishi hamma vaqt yoy kuchlanishi- dan katta bo‘ladi, bu esa yoyning dastlabki va takror yoqilishini, ayniqsa, o‘zgaruvchan tokda payvand- lashni osonlashtiradi. Yana tashqi tavsif shakli tik pa- sayuvchan bo‘lganda qisqa tutashuv toki cheklanadi, 1,25—2 ish toki chegarasida bo‘ladi.
Payvandlash yoyini ta’minlash manbalari tur- li payvandlash rejimlarini sozlashga imkon berishi, ya’ni yoy kuchlanishi berilganda, tokning optimal kuchini qaror toptirishga imkon yaratishi kerak. Buning uchun ta’minlash manbayi ma’lum rostlash diapazonida berilgan kuchlanish va tokda yoyning barqaror yonishini ta’minlaydigan bir nechta tashqi tavsiflar olishga imkon beradigan rostlash qurilmasi- ga ega bo‘lishi zarur.
Payvandlash rejimini sozlashning eng keng tar- qalgan usuli kombinatsiyalashgan rostlashdir, u
shundan iboratki, rostlashning butun diapazoni tok bo‘yicha to‘rtta bosqichga bo‘linadi va ularning har birining chegarasida ravon rostlash imkoni bor. Bos- qichlar o‘zgarganda, ta’minlash manbayining salt ish- lash kuchlanishi o‘zgarmasdan qolishi yoki belgilan- gan payvandlash tokining qiymatiga qarab o‘zgarishi mumkin. Bunda shu narsani hisobga olish kerakki, kichik tok kuchlaridan foydalanilganda ta’minlash manbayining salt ishlash kuchlanishini pasaytirish uncha maqbul emas.
Har qaysi ta’minlash manbayi ma’lum yuklanish- ga mo‘ljallanib, u shu yuklanishda yo‘l qo‘yiladigan me’yorlardan ortiq darajada qizimasdan ishlaydi. Manbaning ayni rejimda qizimasdan ishlayotganida- gi toki va kuchlanishi nominal tok va kuchlanish deb ataladi.
Barcha ta’minlash manbalari uchun umumiy bo‘lgan ko‘rsatib o‘tilgan talablardan tashqari, o‘zgarmas tok payvandlash generatorlariga ularning dinamik xossalariga nisbatan maxsus talablar ham qo‘yiladi. Dinamik xossalar deganda, manbaning o‘zgargan tokning mos kuchlanishini yoy zanjiri- da tez tiklay olishi tushuniladi, ya’ni yoy uzilgani- da kuchlanish salt ishlash kuchlanishigacha tiklana olishi, elektrodlar qisqa tutashganda esa nolgacha kamaya olishi kerak. Kuchlanishning nol qiymatida yoyning yonish kuchlanishigacha tiklanish uchun ketgan vaqt payvandlash generatorlarida 0,03 s dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |