Bog'liq 19809-elektr-gaz-payvandlash-ishlari-asoslari
PAYVAND BIRIKMALARI
Hozirda payvandlash yordamida listlardan har xil idishlar, truba va shaklli prokatlardan har xil kons- truksiyalar, fermalar yig‘iladi. Zamonaviy mashina- sozlikda hozirgi vaqtda asos va bazaviy detallarni ham payvandlash yo‘li bilan tayyorlanmoqda. Buning uchun murakkab shakllarni soddaroq bo‘laklarda tay- yorlanib, so‘ngra ularni shtamplab yoki quyib pay- vandlash usullari bilan biriktiriladi.
Payvandlash vaqtida materiallar turiga katta e’tibor beriladi. Kam uglerodli (< 25%), kam legirlan- gan va nikelli po‘latlar yaxshi payvandlanadi. Yuqori uglerodli, o‘rta va yuqori legirlangan po‘latlar qiyin payvandlanadi. Rangli metallardan mis va aluminiy yuqori issiqlik o‘tkazuvchan va oson oksidlanuv- chanligi uchun flyus bilan payvandlanadi.
Payvandlash vaqtida choklarga har xil ifloslik- lar tushsa, shlak va g‘ovaklar hosil bo‘lsa, uning mustahkamligi kamayadi. Shuni e’tiborga olish ke- rakki, payvandlash vaqtida chok havodagi azot bi- lan to‘yinsa, uning plastikligi kamayib mo‘rt bo‘lib qoladi. Yana payvandlangan joy sovishi mobaynida kirishishi mumkin, natijada detal o‘lchamlaridan og‘adi. Shuning uchun har xil holatlarning oldini olish, kimyoviy ta’sirlarni kamaytirish uchun max- sus sharoitlarda, flyus va himoya gazlari yordamida payvandlash mumkin.
Payvand choklarning mexanik xossalari pay- vandlash texnologiyasi va rejimiga bog‘liq bo‘ladi. Qo‘lda payvandlashda esa payvandlovchining maho- ratiga va darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Payvand birik- maning mustahkamligi chok metali va chok atrofi zo- nasi metalining mexanik xossalari bilan belgilanadi.
Birikmaning tipi va konstruksiyaning ishlash sharoitlariga qarab chok metalining plastikligi va mustahkamligiga qo‘yiladigan talablar turlic- ha bo‘ladi. Uchma-uch choklar uchun ko‘pchilik hollarda biriktiriladigan elementlarning to‘la pay- vandlanishi hamda asosiy metalldan chok metali- ga o‘tishning ravon bo‘lishi ta’minlanishi lozim. Ravon o‘tish mavjudligi dinamik yuklanishlarda, egilishda, jo‘valash hamda to‘g‘rilash bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik jarayonlarda payvand birikma- ning mustahkamligiga yaxshi ta’sir qiladi. Burchak choklar uchun hisoblash yo‘li bilan aniqlangan chok o‘lchamlari yoki ishlab chiqarish sharoitlarida bun- day chokni sifatli qilib tayyorlash imkoniyatlaridan kelib chiqadigan mulohazalar asosida belgilanadi- gan minimal o‘lchamlar saqlab qolinadi. Burchak chok yuzasining asosiy metallga ravon o‘tgan botiq yoki normal shakli optimal shakl hisoblanadi.
Payvand birikmalarning mustahkamligiga darz- lar, chala payvandlanishlar, chok atrofi zonasida metallning mo‘rtlashuvi va payvandlashda hosil bo‘ladigan boshqa nuqsonlar katta salbiy ta’sir qila- di. Payvandlash natijasida hosil bo‘lgan deformatsi- yalar oqibatida payvand birikma o‘lchamlari hamda
shakllarning o‘zgarishi uning ishlash sharoitini tub- dan o‘zgartirib yuboradi.