Amaliy vaziyatlarni hal etish usuli - keys stadi. O‘quv amaliy vaziyat: tushunchasi va maqsadi. Keys: tarixiy malumot. Keys stadining maktablari. Bu metodning nomi inglizcha case-study sozlaridan olingan. Bunda case yashik, quti, gilof, jild, study organish, tadqiq qilish, ilm bilan shugullanish, oquv fani, saboq olish, oqish manolarini bildiradi. Bu metod haqida inglizcha aytiladigan case true life, yani keys haqiqiy hayot iborasiga kora keys real hayotning «bir parchasidir». Shunga kora bu metodni amaliy holatlarni oqitish metodi deb ham ataladi.Keys-stadi metodi boyicha organilayotgan har bir muammo yoki mavzu yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar rejasi, ularni bajarish tafsiloti, natijalar va xulosalar yigindisi alohida keysni tashkil qiladi. Bu metod talim jarayonida hayotiy vaziyatlardan foydalanishga qaratilgan. Bu esa, hozirgi kunlarda talim sohasidagi dolzarb bolgan muammolardan hisoblanadi. Ushbu muammoni hal qilish imkonini berishi bu metodning alohida ahamiyatga ega ekanligini korsatib turibdi.Shu sababli Garb mamlakatlaridagi talim muassasalarida keys-stadi metodidan, yani keyslardan foydalanish oquv rejasining 25 % ini tashkil qiladi. Shu munosabat bilan talim muassasalarida hayotiy vaziyatdan foydalanishning ahamiyati haqida qisqacha toxtalib otamiz.
Talim jarayonida hayotiy vaziyatdan foydalanishning dolzarbligi:
Keys-stadi talim metodini turli holatlarni organishda qollash hayotdan olingan odatdagi vaziyatlarni organishni tashkil etish yoki suniy yaratilgan vaziyatlarga asoslangan holda talim oluvchilardan tegishli muammolarning maqsadga muvofiq yechimlarini izlashni talab qilishga qaratilgan talim jarayonidan iborat.Bu metod talim oluvchilarga mavzuga tegishli hayotiy vaziyatni tashxis qilish, farazlarni ifodalash, muammolarni aniqlash, qoshimcha axborotlarni yigish, farazlarga aniqlik kiritish va muammolarni echish hamda ularni bajarishning aniq bosqichlarini loyihalash boyicha amaliy faoliyatlarini modellashtirish imkonini beradi.Muayyan hayotiy vaziyatlarga bagishlangan keyslardan foydalanish talim jarayonini haqiqiy hayot bilan boglaydi. Keysni korib chiqishda talim oluvchilar talim olish jarayonini yaratadilar. Shu jarayondagi ozaro harakatda ularning haqiqiy fikr almashish holatlari kelib chiqadi. Keys talim oluvchilarga tahlil qilish, qiyoslash yollarini qidirish va muammoni echish erkinligini beradi.Keys-stadi talim metodiga doir ayrim asosiy tushunchalar tarifi:
Keys va keys-stadi tushunchalarining mano-mazmuni kop qirrali bolib, shunga kora quyida ularning asosiy xususiyatlarini toliqroq aks ettirish maqsadida kop variantli tariflari berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |