Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi O’quv uslubiy majmua magistratura yo’nalishi



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/127
Sana11.02.2022
Hajmi1,49 Mb.
#444231
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   127
Bog'liq
maxsus fanlarni oqitish metodikasi

Tayanch so‘z va iboralar:
Ta’lim shakllari, ma’ruza, amaliy va laboratoriya 
mashg’ulotlari, dars, ekskursiya darsi, ta’lim metodlari, og’zaki metodlar, ma’ruza, 
hikoya, bahs-munozara, amaliy metodlar, ko’rgazmali metodlar, ta’lim metodlarini 
tanlash, interfaol metodlar. 
4.1. Oliy ta‘limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish shakllari 
 
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarga maxsus fanlardan ta’lim jarayoni turli 
shakllarda tashkil etiladi.
Ta’limni tashkil etish shakllari deganda, ta’lim beruvchi va ta’lim 
oluvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda 
o‘tadigan faoliyati tushuniladi. O‘qitishning u yoki bu tashkiliy shakli jamoaviy va 
yakka tartibda o‘qitishning har xil ko‘rinishda qo‘shib olib borilishi, o‘qitishda 
ta’lim oluvchilar mustaqilligining turli darajasi, ta’lim oluvchilarning o‘qishga 
o‘qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan tavsiflanadi. O‘qitishni tashkil etish 
shakllarini tanlash ta’lim-tarbiyaviy vazifalar bilan belgilanadi va o‘quv ishining 
mazmuni hamda metodlariga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’limni tashkil etish shakllari pedagogik jarayonni tashkil etishning tarixan 
mavjud bo’lgan, barqaror va mantiqiy tugallangan ko’rinishi bo’lib, unga 
muntazamlik va yaxlitlik, o’z-o’zini rivojlantirish, shaxsiylik va faoliyatli xarakter, 
ishtirokchilar tarkibining doimiyligi, o’tkazishning muayyan tartibi mavjudligi 
xosdir.
II.
Modul. Maxsus fanlarni o’qitishning xususiy metodikasi 


Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar)ning 
ma’lum belgilangan tartibda amalga oshiriladigan hamkorlikdagi faoliyatining 
tashqi ko’rinishi kasbiy ta’limning tashkiliy shaklini anglatadi.
Maxsus fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari deganda o’quv-ishlab 
chiqarish faoliyati uchun talabalarlar jamoasini tashkil etish yo’llari, bu faoliyatga 
rahbarlik qilish shakllari, shuningdek, o’quv mashg’ulotlarini tuzilish tarkibi 
tushuniladi. 
Ta`limni u yoki bu shaklini tanlashda, talabalarni kasbiy bilim, ko’nikma va 
malakalar bilan qurollantirish jarayonida ularning mutloq maqsadi va yaqin 
vazifalari, mazmun hamda metodlari, shuningdek, moddiy sharoitini belgilaydigan 
asosiy faktor (ko’rsatkich)larini u yoki bu shakllariga bog’liq.
Kishilik jamiyatining taraqqiyot etish jarayonida ta’limning tashkiliy 
shakllari turlicha bo’lgan.
Qadimgi paytlarda yakka tartibda o’qitish usuli keng tarqalgan bo’lib, 
ma’lum ijodiy jihatlarga ega bo’lganligi bois bu usul hozirgacha saqlanib qolgan. 
O’rta asrlarga kelib, ta’lim-tarbiya kichik guruhlar shaklida o’tkazila boshlagan. 
Chunki bu davrda sanoat ishlab chiqarishi yo’lga qo’yilayotgan davr hisoblangan.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida chex pedagogi Ya.A.Komenskiy 
sinf-dars tizimini nazariy jihatdan isbotlab berdi.
Hozirgi paytda maxsus fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari tahsil 
oluvchilarning soni, o’qitish joyi va o’quv vaqtining davomiyligiga ko’ra 
guruhlanadi.
Maxsus fanlarni o‘qitishning sinf-dars shakli bu – talabalarning barcha 
guruhlarini bir xil sharoitda, yagona didaktik vazifani bajarilishini ta’minlaydigan 
tashkiliy shaklidir.
Amaliy (laboratoriya) mashg‘ulotlari - didaktik maqsadning aniqligi, ta’lim 
va tarbiya vazifalarining birligi, o‘quv materialini to‘g‘ri tanlash, o‘qitish 
modellarini maqsadga muvofiq tanlash, talabalarning mustaqilligi, darsning 
tashkiliy aniqligi va talabalar ishida xavfsizlikni ta’minlashni o‘z ichiga oladi.
Ekskursiya shakli– oliy ta’limni tashkil etishning shunday shakliki, u orqali 
talabalar bevosita o’qitish jarojoni bilan tanishib, texnologik va mehnat 
jarayonlarini tashkil etishni kuzatib boradi.
Ta’lim amaliyotida sinf-dars tizimi keng ko’lamda qo’llanilganligi sababli 
oliy ta’limda maxsus fanlarni o’qitishda ham sinf-dars ta’lim-tarbiya ishining 
asosiy shakli deb hisoblanadi. 
Dars deganda o’qituvchining o’quv guruhiga uyushgan, tayyorgarlik 
darajasi bir xil, tarkibi o’zgarmas o’quvchilar bilan mashg’ulot o’tkazishi 
tushuniladi. 
Sinf – dars shaklining quyidagi o’ziga hos xususiyatlari mavjud:

deyarli bir hil tarkib, yoshi va tayyorgarlik darajadagi ta’lim oluvchini 
ishtirok etishi; 

ta’lim tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq alohida–alohida qismlar ko’rinishiga 
ega bo’lishi; 

har bir darsning o’quv rejasiga kirgan ma’lum bir o’quv predmetiga oid 
bo’lishi;



darslarni jadval asosida muntazam ravishda almashinib turishi;

darslarda ta’lim beruvchining rahbarlik qilishi;

ta’lim oluvchilarni turli ko’rinishdagi o’quv-bilish jarayonida ishtirok 
etishidir.
Har bir dars o’quv jarayonining bir qismi hamda bilim, ko’nikma va 
malakalarni egallashning bir butun mantiqiy yakunlangan bosqichi hisoblanadi. 
Dars muvaffaqiyatli o’tishi uchun uni tashkil etish bo’yicha o’qituvchi 
faoliyatining maqsadini aniqlash lozim.
Har bir dars o’quv jarayonining bir qismi hamda bilim, ko’nikma va 
malakalarni egallashning bir butun mantiqiy yakunlangan bosqichi hisoblanadi.
Dars muvaffaqiyatli o’tishi uchun uni tashkil etish bo’yicha o’qituvchi 
faoliyatining maqsadini aniqlash lozim.
Har qanday darsning uchta maqsadlari mavjud: rivojlantiruvchi, tarbiyaviy, 
ta’limiy. 
Darsning 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish