Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi O’quv uslubiy majmua magistratura yo’nalishi


Maxsus fanlami o‘qitish shakllari: ma’ruza, amaliy



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/127
Sana11.02.2022
Hajmi1,49 Mb.
#444231
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127
Bog'liq
maxsus fanlarni oqitish metodikasi

4.3. Maxsus fanlami o‘qitish shakllari: ma’ruza, amaliy,
seminar, laboratoriya, mustaqil ta’lim. 
Ma’ruza va uning turlari
.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayonida ma’ruzalar 
muhim o‘rin egallaydi, chunki talabalar bilimini oshirish zamonaviy ma’ruzalarga 
bog‘liqdir. O‘quv materiallari va axborotlarni ma’ruza shaklida uzatish oliy ta’lim 
tizimida o‘kitish metodlaridan asosiysi hisoblanib, ta’lim oluvchilarning 
egallaydigan bilim, ko‘nikma darajalari ularning tayanch bilimlari va yoshiga 
bog‘lik bo‘ladi. 
Ma’ruza 
- aniq mavzu bo‘yicha o‘quv materialini taqdim etishning 
umumqabul qilingan usuli hisoblanib,unda tizimli, ma’lum ketma-ketlik asosida 
nazariy xarakterdagi materiallar ma’ruzachi (o‘kituvchi) tomonidan ta’lim 
oluvchilar e’tiboriga yetkaziladi. Odatda ko‘p ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’ruza 
tarzida “ma’lumotni uzatish, yetkazish” eng murakkab metodlardan biri 
hisoblanadi.
Ma’ruza
– bu aniq mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni ma’ruzachi tomonidan 
tinglovchilar guruhiga bir maromda yetkazish metodi hisoblanadi. Odatda 
ma’ruzada tinglovchilar auditoriyasi nofaol qabul qiluvchi sifatida namoyon 
bo‘ladi.
Ma’ruza, og‘zaki metodlaridan so’zlab berish va tushuntirishdan farqli 
o’laroq, ancha aniq tuzilgan bo’ladi. Ma’ruzalar, odatda, o’quv dasturining yirik, 


muhim masalalari yuzasidan o’qiladi. Ma’ruzada o’quv materiali yaxlit va izchillik 
bilan bayon etiladi, o’zaro bog’langan tushunchalar, qonuniyatlar tizimi ochib 
beriladi, kursning turli mavzulari orasida ichki bog’lanishlar o’rnatiladi. Kirish 
ma’ruzalari, sharh ma’ruzalar, rukn ma’ruzalar va xotima ma’ruzalar bo’ladi.
Ma’ruza so’zlab berishga qaraganda uzoq davom etadi (u, odatda, butun 
darsga mo’ljallanadi) va talabalarning yozib borishini (konspekt tuzishini) ko’zda 
tutadi. Ma’ruzani eshitish so’zlab berishni eshitishga qaraganda qiyinroq, chunki 
ko’proq diqqat-e’tiborni talab etadi. 
Ma’ruzani rejalashtirishda uning qanday ma’ruza ekanligini hamda ma’ruza 
maqsadini to‘g‘ri aniqlash ham muhim hisoblanadi 
MA’RUZA TURLARI Didaktik vazifasiga ko‘ra:

Kirish ma’ruzasi

Mavzu bo‘yicha ma’ruza

Yakuniy (umumlashtiruvchi) ma’ruza axborot-tahliliy;
Ma’ruzani rejalashtirishdagi ustuvor funksiyalarni amalga oshirish 
mazmuniga ko‘ra: 

muammoli; 

tashkiliy-yo‘naltiruvchi;

ma’ruza-dialog;

hodisaviy ma’ruza. 
Kirish ma’ruzasi. Bunday ma’ruzaning vazifasi talabalarga fan to‘g‘risida 
umumiy yo‘nalish berish, ularda qiziqish uyg‘otish, quyilgan savollar bo‘yicha 
mustaqil fikrlash va javoblar izlashga yo‘naltirishdan iborat. Bunday ma’ruzada 
tashkiliy-yo‘naltiruvchi va motivatsion funksiyalar ustun turadi.
Mavzu buyicha ma’ruza. Bunday ma’ruzada aniq bir muammo yoki mavzu 
bo‘yicha ma’lumotlar namoyish etilib, tahlil qilinadi, xulosa chiqarilib isbotlanadi. 
Ma’ruzani rejalashtirishda axborot berish, tashkiliy-yo‘naltiruvchi va metodologik 
funksiyalarga ko‘prok e’tibor qaratish talab etiladi. 
Yakuniy yoki umumlashtiruvchi ma’ruza. Bunday ma’ruzadan maqsad – 
o‘quv semestri davomida o‘tilgan mavzular bo‘yicha berilgan materiallarning 
asosiy g‘oyasi va mohiyatini maksimal darajada qisqa shaklda berib, ob’ektlar va 
holatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat hamda bog‘lanishlarni ajratib 
tizimlashtirishdan iborat.
Ma’ruzalar uni rejalashtirishdagi ustuvor turuvchi funksiyalarni amalga 
oshirish mazmuniga qarab ham quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin:
Rejalashtirishdagi 
ustuvor 
turuvchi 
funksiyalarni 
amalga 
oshirish 
mazmuniga ko‘ra ma’ruza turlari ichida muammoli ma’ruzalar alohida e’tiborga 
loyiq hisoblanadi. Bunda ma’ruzachi dastlab muammoli vaziyatga misol, keyin 
muammoning mohiyati va tahlilini keltirishi va muammo yechimi bo‘yicha o‘z 
farazlarini bayon etishi lozim bo‘ladi.

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish