tayyorlash jarayoni o'rtasida ayrim farqlar mavjud. Xususan, texnika yo'nalishidagi oliy
ta'lim muassasalari magistratura mutaxassisliklaridagi "Maxsus fanlarni o'qitish
metodikasi" fanini o'rganishda magistrantlar tomonidan bakalavriaturaning o'z turdosh
yo'nalishlari o'quv rejasida ko'zda tutilgan bir nechta (6-7 gacha) umumkasbiy va ixtisoslik
fanlar bo'yicha maxsus fanlarni o'qitish metodikasi o'rganilishi nazarda tutiladi. Ayni shu
holat maxsus fanlar o'qituvchisini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashda o'ziga xos
xususiyatlarni hisobga olishni taqozo etadi.
Demak, maxsus fanlar o'qituvchisining pedagogik faoliyati biror bir predmet fan
o'qituvchisi pedagogik faoliyatidan tubdan farq qiladigan o'ziga xos butun bir majmuaviy
xossalarga ega bo'lib, bu holat uning o'rganishga turli xildagi
bir qancha yondashuvlarni
izlash zaruratini tug'diradi.
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi fanining asosiy tushunchalari quyidagilar hisoblanadi:
Ta'lim-
bilim berish malaka va ko'nikma hosil qilish jarayoni kishini xayotga, mehnatga
tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta'lim jarayonida bilim o'zlashtiriladi va tarbiya amalga
oshiriladi.
Bilim
- kishilarning turmushdagi narsa va hodisalar to'g'risidagi, tabiat va jamiyatning
rivojlanish qonunlari haqidagi tasavvur hamda tushunchalari tushuniladi.
Ko'nikma
- ta'lim oluvchining mehnat harakatini (yoki mehnat harakatlari majmuini) ayni
sharoitda ma'qul harakat usullarini tanlab va qo'llab bajarishga va buning oqibatida
mehnatda ijobiy natijalarga erishishga tayyor ekanligi.
Malaka
- ta'lim oluvchining harakat komponentlarini maksimal aniqlik, tezlik va maqsadga
muvofilikda avtomatlashtirilgan usulda bajarishga qobilligi. Bu qobiliyat o'quvchining
mashqlar o'tkazishi natijasida hosil bo'ladi.
Kasbiy pedagogika-
umumiy pedagogikaning bir sohasi bo'lib, u tarbiya, ta'lim, o'qitish
haqida kator nazariy va amaliy ma'lumotlar beradi.
Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab
chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan shug'ullanadi.
Didaktika-grekcha
«didaskiuen» so'zidan olingan bo'lib, o'qitaman, o'qishni o'rgataman
ma'nolarini anglatadi. Didaktika o'qitish jarayonini shakllari, metodlari, tamoyillari,
mazmuni, vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi.
Metod-iborasi (yunoncha-metodos-tadqiqot yoki bilish yo'li, nazariya ta'limot ma'nosini
anglatib) voqelikni bilish, o'zlashtirish, o'zgartirish usullari majmuasidir. Metod-pedagogik
jarayon elementi sifatida mazmun, maqsadlarga maksimal mos kelishi kerak, ana shunda-
tarbiya, ta'lim rivojlanish amalga oshadi.
Metodika-pedagogikaning o'qitish qonuniyatlari, qoidalari,
tashkil etish shakllari, amalga
oshirishi va natijalarini nazorat qilib, baholash metod hamda vositalari o'zida
mujassamlashtiruvchi fan tarmog'idir.
O'qitish metodikasi-
bu turli usullar tizimi bo'lib, o'quv-didaktik materiallaridan
foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy va amaliy mashg'ulotlar
paytida qo'llaniladigan usullar majmuasidir.
Mahorat
-o'zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajribalar asosida barcha amaliy ish
xarakatlarni (shu jumladan, dars berishni) kam kuch va kam vaqt sarflab bajarishdir.
Kasb-muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turidir. Kasb -hunar
sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus ma'lumot, amaliy
ish - xarakat usullarini
o'zlashtirish orqali erishiladi.
2.3. Ta’lim jarayonini loyihalash bosqichlari, qonuniyatlari va tamoyillari.
Ma'lumki, pedagogika jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan holda
taraqqiy etadi. Pedagogikada qonuniyatlar deganda -qonuniyatlarning aniq sharoitlardagi
harakat ifodasi tushuniladi. Qonuniyatlarning asosiy xususiyati ular pedagogikada
ehtimoliy-statistik xarakter berishda aks etadi, qoidalarni esa ta'lim jarayonida amalga
oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko'rib bo'lmaydi
O'qitish qonuniyatlari (qoidalari)- bu o'qitish
jarayonining tarkibiy qismlari,
komponentlari o'rtasidagi ob'ektiv, muhim, barqaror, takrorlanuvchi aloqalardir.
Tashqi qonuniyatlar ijtimoiy jarayonlar va sharoitlar: ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy
vaziyatlar, madaniyat darajasi, jamiyatning ma'lum bir tipdagi shaxslarga bo'lgan ehtiyoji
va ta'lim darajasini tavsiflaydi.
O'qitish jarayonining ichki qonuniyatlariga uning komponentlararo aloqalari
hisoblanib, bularga: maqsadlar, mazmun,
metodlar, vositalar va shakllar o'rtasidagi
aloqalar kiradi.
Har qanday ta'lim jarayonlariga umumiy qonuniyatlar xos bo'lib, ular ta'limning
barcha tizimlarini qamrab oladi. Umumiy qonuniyatlarga quyidagilar kiradi:
Ta'lim jarayonining umumiy qonuniyatlari:.
-
Ta'lim maqsadlari;
- Ta'lim mazmuni;
- Ta'lim samaradorligi;
- Ta'limni rag'batlantirish;
- Ta'lim sifati.
ta'lim maqsadi
amiyatning rivojlanish darajasi va intensivligi, uning ehtiyojva
imkoniyatlari, pedagogika fani va amaliyotining rivojlanish darajasi va imkoniyatlariga
bog'liq bo'ladi.
•
ta'lim mazmuni
ijtimoiy ehtiyojlar va ta'lim maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy- texnik
progress sur'atlari, ta'lim oluvchilarning
yoshga xos imkoniyatlari, ta'limning nazariy va
amaliy rivojlanish darajasi, ta'lim muassasasining moddiy- texnik va iqtisodiy
imkoniyatlariga bog'liq bo'ladi.
•
ta'lim sifati
ta'limning dastlabki bosqichining samaradorligi va unda
erishilgan natijalar, o'rganilayotgan materialning xarakteri va hajmi hamda o'qitish
vaqtlariga bog'liq bo'ladi.
•
didaktik metodlar
samaradorligi metodni qo'llashga ko'nikma
va malakalar,
ta'lim maqsadi, uning mazmuni, moddiy-texnik ta'minoti, o'quv jarayonini tashkil
etilishidan bog'liq bo'ladi.
•
ta'lim samaradorligi
ta'lim tizimidagi teskari aloqadorlikning intensivligi,
tuzatuvchi ta'sirlarning asoslanganligiga bog'liq bo'ladi.
• ta'lim samaradorligi
ta'limning
ichki (motivlari); tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy,
pedagogik)
rag'batlarga
bog'liq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: