Magistratura - a
niq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil
davom etadigan oliy ta’limdir.
Bakalavr, magistr
– oliy ta’limning tegishli bosqichiga muvofiq dasturlarni
muvaffaqiyatli o’zlashtirgan shaxslarga beriladjigan akademik darajalardir.
Oliy ta’lim o‘rta umumta’lim va kasb-hunar ta’limi
negiziga asoslanib, bakalavriat va
magistratura bosqichiga bo‘linadi.
Bakalavriat mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim hisoblanadi.
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi
yakunlariga binoan kasb bo‘yicha “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan
diplom topshiriladi.
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan,
bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim
hisoblanadi.
“Magistr” darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining
yakunlovchi bosqichidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb
faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Ikki bosqichli oliy ta’lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilarni
amalga oshirish zarur:
bakalavriat va magistratura uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy
etish;
oliy ta’lim muassasalari uchun professor-o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, shu jumladan
xorijiy davlatlardagi etakchi o‘quv va ilmiy markazlarda tayyorlash;
oliy ta’lim muassasalarida tarkibiy o‘zgartishlar o‘tkazish;
oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, bu muassasalarning
mustaqilligini kuchaytirish,
muassislar, vasiylar kengashlari, jamoat nazorat kengashlari
shaklidagi jamoat boshqaruvini joriy etish;
ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta’sirchan mexanizmlarini ishlab
chiqish va amaliyotga joriy etish;
o‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofaviy ta’lim tizimi
texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish hamda o‘zlashtirish;
pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan
holda talabalarni o‘qitishni jadallashtirish;
xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida
ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash.
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fani pedagogikaning bir sohasi sifatida boshqa
bir qator fanlarga uzviy bog‘langan. Ushbu fan o‘zining
rivojlanishida psixologo-
pedagogik, ijtimoiy-gumanitar va maxsus fanlar bilimlarining zamonaviy yutuqlariga
tayanadi.
“Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy
va maxsus fanlarini o‘qitishda talabalarga ta’lim berishning berishning shart-sharoitlari,
tashkiliy shakllari hamda metodlari, ularga oid rejalashtiruvchi hujjatlar mazmuni bilan
tanishtiruvchi, dars mashg‘ulotlarini loyihalash va ularni o‘tkazish metodikasini ishlab
chiqishni o‘rgatuvchi pedagogik fan hisoblanadi. U o‘z oldiga har tomonlama barkamol
rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta’lim-tarbiya
ishini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta
oladigan, milliy istiqlol g‘oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib,
ularni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs – maxsus fan o‘qituvchisini
tayyorlash bilan bog‘liq aniq maqsadni qo‘yadi. “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani
pedagogikadagi tadqiqotlarga asoslanadi va o‘z predmetini o‘qitish
mazmuni hamda
xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi.
2.2. Maxsus fanlarini o‘qitishda pedagog shaxsi va uning metodik kompetentligi.
Zamonaviy pedagogika nazariyasining bir qator olimlarining pedagogik faoliyat
to'g'risidagi ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini maxsus fanlar o'qituvchisining faoliyatini
o'rganishda ham foydalanish mumkin bo'ladi, biroq bu yerda uning xususiyatlari bilan
bog'liq bo'lgan bir qator muammolar kelib chiqadi. Bu xususiyatlar ko'p qirrali bo'lib,
faoliyatning turli tomonlariga xos bo'ladi, ammo ularni shartli ravishda uchta katta guruhga
bo'lish mumkin bo'lib, har biri alohida bir tomonining o'ziga xoslikligini nomoyon etadi.
Maxsus fan o'qituvchisi o'zining tuzilishi, strukturasi va taqdim etish shakliga ko'ra
umumkasbiy va soha texnik-texnologik bilim va ko'nikmalari majmuasi bilan biror bir
predmet fan o'qituvchisining maxsus bilimlaridan tubdan farq qiladi
Faqat maxsus fan o'qituvchilarigina shunday insonlarning yetishib chiqishini
ta'minlaydilarki, bunday insonlar kasbiy faoliyatda shaxsiy va ijtimoiy hayotdagi o'z
o'rinlarini topishda ijodan izlanadilar.
Ba'zi tadqiqotlarda maxsus fan o'qituvchisining tipik faoliyat turlari va ularga mos
funksiyalari sifatida quyidagi: ta'limiy, tarbiyaviy,
rivojlantiruvchi, uslubiy (metodik),
ishlab chiqarish-texnik, tashkiliy, diagnostik kabi tashkil etuvchilari, boshqalarida esa:
ta'limiy, tarbiyaviy, tashkiliy-boshqaruv, ishlab chiqarish-texnologik, tadqiqotchilik kabi
tashkil etuvchilari ajratib berilgan
Maxsus fan o'qituvchilarining kasbiy fikrlash xususiyatlari orasida o'ziga xos jihatlar
kuzatiladi va hozirgi paytda sohaning va ijtimoiy-pedagogik fikrlashning
samarodorligini
oxirigacha o'rganilmaganligi bilan belgilanadi. Maxsus fan o'qituvchisi faoliyatining o'ziga
xosligini o'rganishda
Do'stlaringiz bilan baham: