Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari


Ta’lim berish jarayoni qanday jarayon?



Download 33,24 Kb.
bet2/4
Sana12.05.2022
Hajmi33,24 Kb.
#602355
1   2   3   4
Bog'liq
1-2-ma\'ruza

Ta’lim berish jarayoni qanday jarayon?
Ta’lim berish jarayoni - ikki yoqlama jarayon. Bu jarayonda o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham faol bo‘lishi kerak. Agar o‘qituvchi o‘z ishida muvaffaqiyatga otlarga kam vaqt ajratilganligi uchun o‘qituvchi o‘quv materialini qisqacha o‘tishga majbur bo‘ladi.
O‘qituvchi bo‘ladigan dars uchun material tanlaydi, darsni tuzib chiqadi, ko‘rgazmali o‘quv qurollarini ko‘rsatishga tayyorlaydi. Dars materialini tushuntirishning shakl va usullarini puxta o‘ylagan holda dars butunligicha uning alohida qismlari o‘quvchilar tomonidan qanday qabul qilinishini; ongli, qizg‘in ishlashni ta’minlash uchun nimalarni oldindan belgilab qo‘yish kerakligini o‘qituvchi doimo yodda tutishi lozim.
Agar o‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda yuqorida aytilganlarning hammasini hisobga olsa, dars paytida o‘quvchilarning diqqat-e’tiborini jalb qilish unga qiyinchilik tug‘dirmaydi hamda ko‘pincha dars materialining mazmuni bilan ham, sinfdagi ish xususiyati bilan ham uzviy bog‘lanmagan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishga o‘rin ham qolmaydi. Biroq bu, darsning borishi yoki mazmuni bilan bog‘langan holda kerakli joyda, o‘z vaqtida va o‘qituvchi ziyraklik bilan hazil mutoyiba qilib, darslarni jonlashtirishga xizmat qiluvchi keng tarqalgan usuldan butunlay voz kechishni anglatmaydi.
Nazariy mashg‘ulot nima?
Nazariy mashg‘ulot - bu jamoaviy fikr yuritish demakdir. U o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasida muttasil ijodiy aloqa o‘rnatish uchun ham katta imkoniyatlarga ega
Psihologiya va pedagogika inson uni shaxs sifatida shakllantiruvchi muayyan bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qobiliyat nishonalari bilangina dunyoga keladi, deb ta’kidlaydi. Mazkur qobiliyat nishonalari ta’lim berish jarayonining sifatiga bog‘liq holda turlicha amalga oshirilishi mumkin. SHuning uchun ham pedagogika va metodik mahoratni egallash o‘qituvchining vazifasigina emas, balki uning fuqarolik burchi hamdir.
SHaxsning shakllanishida o‘quvchining faolligi, uning mustaqil o‘quv-bilish faoliyatining roli muhimdir. Mustaqillik - bu fikrlash sistemasida, kishi faoliyatining turli ko‘rinishlari va harakatlarida o‘zining ifodasini topadigan inson xarakterining xususiyatlaridan biri.
SHunday qilib, ta’lim berish jarayonida pedagog va o‘quvchining harakatlari bir butun bo‘lib birlashadi va didaktik jarayon deb ataluvchi bilim berish hamda qabul qilishning hamohang jarayoni vujudga keladi.
Fan-texnika va tehnologiyalar yutuqlari ishlab chiqarishga keng kulamda joriy etilishi zarurati shu kunning dolzarb muommosi sifatida mavjud bulgani kabi bulajak mutaxassislarning kasbiy bilim va kunikmalari sifatiga bulgan zamonaviy talablar doirasi ham maqsadga muvofiq holda kengayib boraveradi. SHu boisdan maxsus fanlarning mazmuni halq hujaligining zamonaviy holatiga va rivojlanish istiqbollariga mos kelishi, mexnatni tashkil etishning yangi shakllarini, moddiy va ma’naviy rag‘barlantirishning takomillashgan usullarini qamrab olishi kerak.
Kasb-hunar o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan maxsus fanlar buyicha nazariy darslar predmetlari va vositalari, shuningdek, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan mehnat faoliyati sharoitlari to‘g‘risida bilimlar tizimini shakllantirish bilan bir qatorda, o‘qituvchilarning umumiy dunyoqarashini shakllantirishga ham qaratilishi zarur. Bulajak kasb ta’limi o‘qituvchilari politexnik ta’limning yaxlit pedagogik nazariyasini qanchalik tuliq, egallasalar maktab ham yuqoridagi maqsadga shunchalik muvaffaqiyatliroq erishadi.
SHu sababli yuqorida eslatib o‘tilgan mutaxasisliklar bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlash mazmuniga umumiy ta’lim, umumtexnik, maxsus fanlarni universitet, institut ilm ustaxonalari va laboratoriyalarida amaliy mashg‘ulotlar, ishlab chiqarish hamda pedagogik amaliyotlar o‘tkazish kiradi.
Ushbu kurs mazmuniga qo‘yidagi bilimlar kiradi:
a) kasb ta’limi metodikasining umumiy masalalari;
b) amaliy mashg‘ulotlar;
v) kasb ta’limi bo‘yicha sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazish hamda talabalar bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish xususiyatlari.
Leksiyalarda o‘quv materialini mustahkam o‘zlashtirish, kasbiy ta’lim-tarbiya, keng politexnik asosida qurilgan kasbga yo‘naltirish metodikasi ishlarining maqsadi, vazifalari va mazmuni ochib beriladi. Kasb ta’limi tarbiyasi va kasbga yo‘naltirish metodikasi yuzasidan mashg‘ulotlar o‘tkazishning tashkiliy shakllarini bilib olish:
-didaktik prinsiplar, ta’lim-tarbiya asosini o‘zlashtirish;
-kasb ta’limi tarbiyasi va kasbga yo‘naltirishni rejalashtirish, o‘qituvchining tayyor mahsulotini realizatsiya qilish, sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish nazarda tutiladi.
Leksiya kursi kasb ta’limi bo‘yicha pedagogika va
psihologiya fanlari qulga kiritgan eng yangi yutuqlar asosida qurilgan, bunda texnika va ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanish darajasi, maktabning ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalari hisobga olinadi. SHuningdek, kasb ta’limi tizimida maxsus fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan labaratoriya-amaliyot mashg‘ulotlar ham alohida o‘rin egallaydi. Zero, uquvchilarning kelajakdagi amaliy faoliyati bilan bog‘liq bulgan ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish va boshqarishda kerakli kunikma va malakalarini shakllantirish aynan darsning ana shu shakllari yordamida amalga oshiriladi. Ular kasb-hunar kollejlarining maxsus jihozlangan labaratoriya xonalarida yoki bevosita ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkaziladi.
Maxsus fanlar bo‘yicha labaratoriya amaliy mashg‘ulotlar nazariy darslar mavzulariga mos tushishi va ishlab chiqarish jarayonlariga o‘ta yaqinlashgan sharoitlarda o‘tkazilishi kerak. Maxsus fanlar yordamida talabalarda bilim va kunikmalarni shakllantirish mahsuldorligi, bu fanlarning u yoki bu ilmiy bilimlar doirasiga tegishli ekanligini tug‘ri belgilashga, uquv rejasiga bevosita bog‘liqdir. Maxsus fanlar mavzulari buyicha talabalar uzlashtirishi lozim bulgan materiallar tarkibini tanlashda ilmiylik, oddiydan murakkablik tomon o‘tish, fanlararo bog‘lanishning qullanilishi va boshqa umumdidaktik prinsiplar bilan birgalikda ishlab chiqarish jarayonlarini tahlili kabi maxsus mezondan foydalaniladi.

Amaliy mashg‘ulotlarda bulajak kasb ta’limi o‘qituvchi qo‘yidagi vazifalarni bajarish imkoniyati yaratib beriladi:
-kasb ta’limiga doir o‘quv dasturi materialning mazmunini har tomonlama sinchiklab o‘rganish;
-rejalashtiruvchi quyidagi hujjatlarni ishlab chiqishda, kalendar, mavzuli rejani, o‘quv ishlab chiqarish ishlarining ruyhatini va yarim yillik uchun tabiiy-ilmiy turmushdagi fanlarning yig‘ma mavzli rejasini ishlab chiqishni o‘rganish;
-talabalarning ish o‘rinlari bo‘yicha grafiklar tuzish asbob uskunalar, jihozlar, moslamalar qul bilan, mexanik stanoklarda ishlov berish b¢yicha etishmaydigan mavzular asosida grafiklar tuzishni o‘rganish;
-ishlayotgan materiallarga quyi sinflarning o‘quvchilari uchun ham, shuningdek, yuqori sinf o‘quvchilari uchun ham to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmagan instruksion- texnologik xaritalarda ishlashni o‘rganish.
Kuzatishlardan ma’lum bulishicha, kasb-hunar ta’limi tizimida o‘rganilayotgan jarayonlar va hodisalarning ilmiy asoslarini ochishga yordam bera oladigan fanlararo bog‘lanishlar maxsus fanlar bilan umumta’lim predmetlari urtasida yuqori saviyada amalga oshirilmoqda. Bu esa uz navbatida talabalarga politexnik bilish va kunikmalarni egallashlari, ishlab chiqarish asosida yotuvchi fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarni mohiyatini anglab etishlari uchun yordam beradi. SHu bilan birgalikda fanlararo bog‘lanishlar kasblar buyicha malakali ishchi kadrlar tayorlash uchun muljallangan o‘quv rejasida barcha predmetlar buyicha emas, balki ikki yoki bir nechta predmetlar doirasida o‘rnatilishi mumkin.

Download 33,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish