Fanlararo bog‘lanish deganda nimani tushunasiz?
Ma’lumki, fanlararo bog‘lanishni joriy etish, ya’ni uni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish biror predmet materiallarini boshqa predmetni o‘rganishda qullash demakdir.
Maxsus fanlar buyicha ta’lim jarayonini amalga oshirishda o‘qituvchidan aniqlangan o‘quv maqsadiga mos keladigan alohida metodlarni tanlashga, didaktik vositalarni ishlab chiqishga ijodiy yondashishni taqozo etadi.
1.Didaktik vositalar nima?
2. Qanday meodlarni bilasiz?
O‘qituvchi maxsus fanlarni o‘qitishda u yoki bu metod va usullarni, didaktik vositalarni qullash zarurati va samaradorligini farqlay olishi kerak buladi.
Metodlarni tanlashda har bir yangi mavzu buyicha qo‘yidagilar inobatga olinadi: metodlarning tarbiyaviy samara berayotganligi: didaktik maqsadga sifatli erishayotganligi: dunyoqarashni, kasbga bulgan qiziqishni rivojlantirayotganligi, kasb ta’limi, o‘qituvchilarini psihologik- pedagogik jihatdan tayyorlash, psihologiya, pedagogika, kasb ta’limi va kasbga yo‘naltirish kabi fanlarni o‘rganish jarayonida amalga oshiriladi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining hozirgi davrdagi rivojlanishi, yangilanishi, kelajakda qanday bo‘lishi, yosh avlodning har tomonlama etukligiga, ya’ni ularning qay darajada barkamol shaxs sifatida tarkib topishlariga, o‘zlarida ijodiy fazilatlarni mujassamlantirgan shaxs bo‘lib etishishlariga bog‘liq.
Bozor munosabatlari ko‘lami tobora kengayayotgan hozirgi paytda Respublikamizga kirib kelayotgan yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish davr talabi bo‘lib qolmoqda.SHu sababli davr talablaridan kelib chiqqan holda o‘quvchilar oldida o‘rta maxsus kasb-hunar tizimidagi o‘quv muassasalarida xorijiy texnikalar bilan ishlash bo‘yicha kasbiy bilim va malkalarni oshirish hamda shakllantirishda talaygina muammolar turadi.
Pedagogik jarayon –o‘quvchi shaxsini maqsadga yo‘nalgan, har tomonlama shakllanishi, uning malakali ishchilar tayyorlash maqsadida o‘quv—ishlab chiqarish, ijtimoiy faoliyat sharoitida ma’naviy va jismoniy jihatidan kamol topishidir.
O‘qitish-tor ma’noda ta’limga rahbarlik qilish, keng ma’noda esa o‘quv materialini o‘rgatish va o‘zlashtirish, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini anglatadi. O‘qitishda doimo uning ikki tomoni dars berish va o‘rganish yorqin namoyon bo‘ladi.
Ma’lumot – bu kishining tabiat, jamiyat va kishilik tafakkuri haqida muayyan bilimlarini, malaka hamda ko‘nikmalarini o‘zlashtirish jarayonidir. Tayyorgarlik xarakteriga ko‘ra ma’lumot umumiy va maxsus bo‘ladi.
Umumiy ma’lumot deganda bog‘liq bo‘lmagan, har bir kishida dunyoqarash asoslarining shakllanishini ta’minlaydigan va har qanday mutaxassislikni egallashi uchun zamin yaratadigan bilimlar sistemasi tushuniladi.Maxsus ma’lumot mutaxassislarni tayyorlashga mo‘ljallangan. U aqliy va jismoniy tarbiya bilan mustahkam bo‘lib, ta’limning hayot, ijetimoiy foydali mehnat bilan uzviy aloqasini ta’minlaydi, o‘quvchilarni texnika, texnologiya va zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etishning ilmiy asoslari bilan qurollantiradi.Maxsus ma’lumot zamonaviy ishlab chiqarish mehnat qurollari bilan qilinadigan muomalada malaka va ko‘nikmalarni rivojlantiradi.
Kasb ishlab chiqarishning biror sohasida kishi tomonidan bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llashning keng miqyosini qamrab oluvchidoimiy mehnat faoliyatining bir turidir.Kasblar qatorida mehnat taqsimotining natijasi bo‘lmish alohida mutaxassisliklar ajralib turadi.SHunday qilib, mutaxassislik kasbiy mehnatiga nisbatan tor sohadagi ishlarni o‘z ichiga oluvchi kasbiy faoliyatning xilma-xil turidir.
Kasb yoki mutaxassislikni turli xilda egallash mumkin. Ishchining u yoki bu mehnat faoliyatidagi turi va ko‘rinishiga tayyorgarlik darajasi malaka deb ataladi.Malaka o‘z navbatida razryadlar va klasslar bilan belgilanadi.
Xalq xo‘jaligining barcha sohalaridagi texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va texnologiyaning takomillashuvi ishchi mehnatining mazmuni hg‘amda malakasining o‘zgarishiga olib keladi.Aqliy mehnatni qo‘llash imkoniyatlarini kengaytiradi. Aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi farqni bartaraf etishga yordamlashadi.YAngi texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni yangicha tashkil etishni ng paydo bo‘lishi bilan eskilarini qisib chiqarib yangi kasb va mutaxassisliklar vujudga keladi.
Tarkib topgan an’anaviy kasblar mazmuni o‘zgaradi, murakkab mashina va mexanizmlarni boshqaradigan malkali mutaxassislar soni o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |