72-73-mavzu. Xayriddin Saloh. “Na’matak” dostoni (2 soat) Xayriddin Saloh hayoti va ijodi haqida qisqacha ma'lumot. “Na’matak” dostonining shoir ijodidagi o‘rni. O'zbek adabiyotida na’matak mavzusining badiiy yoritilishiga qisqacha nazar tashlanadi. Oybekning “Na’matak” she’ri va U.Hamdamning “Na’matak” mini romani. X.Saloh dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida so‘z boradi.
74-76-mavzu. Mark Tven. Hikoyalar (3 soat) Mark Tvenning “G‘aroyib o‘g‘rilik” hikoyasida do‘kondor va o‘g‘ri obrazlari. Hikoyada ibrat va yumor hamohangligi. “O‘xshatish” hikoyasida inson qadri mezonlarining badiiy talqini. Mark Tven ijodida folklor an’analari va halollik fazilatining ulug`lanishi .“Hayotning besh tortig‘i” va “Mehmon” rivoyatining qiyosiy tahlili.