Magistrlik dissertatsiya ishining maqsadi: Finlyandiyada ta’limni baholash tizimini tahlil qilish asosida O’zbekistonda maktab ta’limi baholash tizimini rivojlantirish xususiyatlarini aniqlash. O’zbekistonda maktab ta’limini modernizatsiya qilish strategiyalarini ishlab chiqishda Finlyandiyaning ijobiy tajribasidan foydalanish.
Magistrlik dissertatsiya ishining vazifalari:
Finlyandiyada umumta’limda baholashni o’rganishning nazariy va uslubiy asoslarini tahlil qilish;
Finlyandiyada umumiy o’rta ta’limida baholash tiziming xususiyatlarini o’rganish;
Ta’limni baholash tizimini tahlil qilish asosida kerakli tavsiya va ko’rsatmalar ishlab chiqish.
Magistrlik dissertatsiya ishining obyekti: Kogon shahar 4-umumta’lim maktabi
Magistrlik dissertatsiya ishining predmeti:
I.Bob. Finlyandiyada umumta’limda baholashni o’rganishning nazariy va uslubiy asoslari.
1.1. Finlyandiya maktab ta’limi baholash tizimini o’rganish metodologiyasi va konseptual asoslari.
Ta’lim tajribasining eng yaxshi namunalarini o’rganish zamonaviy dunyoda ta’lim tizimini rivojlantirishning eng samarali usuli sifatida tan olingan. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning aksariyati shu yo’ldan boradi. Yangi bilim va ko’nikmalar zamonaviy Yevropa fuqarolari va jamiyati uchun hayotiy ahamiyatga ega bo’lib, bu bir tomondan, ta’lim sifati va ta’lim tizimlarining xilma-xilligini oshirish uchun imkoniyat yartasa, ikkinchi tomondan umumiy yo’llarni izlashga olib keladi. Mamlakatlar orasida Finlyandiya alohida o’rin tutadi. Bu mamlakatning iqtisodiy muvaffaqiyatiga Finlyandiya ijtimoiy-iqtisodiy modelining ba’zi xususiyatlari va milliy xarakterning mehnatsevarlik, qat’iylik, qonunga bo’ysunish, innovatsiyalar va boshqalar kabi xususiyatlari tufayli erishiladi. Finlyandiya ta’lim tizimini tashkil etish va faoliyat ko’rsatish tajribasiga yuzlanib, biz ushbu tadqiqotning zarurligi va foydaliligini aniqlaydigan bir qator obyektiv va subyektiv sabablarga asoslandik.
Obyektiv ravishda so’nggi o’n yillikda Finlyandiya mahalliy ilmiy-pedagogik qiyosiy tadqiqotlar e’tiboridan chetda qoldi. Ikki mamlakat va xalqlarning yaqinligi, madaniyatlarning uzoq muddatli o’zaro kirib borishi ma’naviy ta’sirni boyitdi. Shu bilan birga, Finlyandiyaning pedagogik obro’-e’tibori fundamental va amaliy fanlarning yuqori darajasi, davlat ta’lim siyosati va farovon iqtisodiyotga asoslangan ta’lim tizimining o’zi bilan ta’minlanadi. Mamlakatning ta’lim tizimi ham o’z fuqarolarini ochiq jamiyat hayotiga tayyorlashning kafolati, ham milliy- madaniy o’ziga xoslikni saqlashning kafolati hisoblanadi.
Shular qatorida, Finlyandiya so’nggi yillardagi xalqaro PISA so’rovlarida maktab ta’limi bo’yicha eng yuqori yutuqlarni ko’rsatgan davlat sifatida ta’lim sohasidagi islohotlar samaradorligi va ularning shartlarini o’rganish Yevropa hamjamiyati uchun juda ahamiyatli hisoblanadi.
Jumladan, Finlyandiya ilg’or pedagogik g’oyalar ( ota-onalar maktabi, integratsiya pedagogikasi va boshqalar) sohasidagi asoschilardan va tan olingan hokimiyatlardan biri sifatida, mualliflari ( V.Signeus, E/Lo’nnrot, J.L. Runebrg va J.V. Snellman, O. Mantere, J.Engestrem, J.Hamalainen va boshqalar), Yevropada pedagogik dunyoqarashning shakllanishiga va zamonaviy ta’lim paradigmasining shakllanishiga kata ta’sir ko’rsatdi. Ta’lim sohasi xalqaro hamkorlik va tajriba alamshish uchun keng ochiq imkoniyatlarga egadir. Finlyandiya ta’lim milliy qo’mitasi, mintaqaviy va munitsipal hukumatlar tomonidan tashkil etilgan EduCluster Finland tashkiloti Finlyandiyaning o’zida ham, boshqa mamlakatlarda ham “ eng yaxshi amaliyot” namunalarini translatsiya qilish uchun maxsus yaratilgan.
Finlyandiyada subyektiv ilmiy va professional qiziqishi mamlakatda ancha uzoq vaqt qolish imkoniyati bilan qo’llab-quvvatlanib kelinmoqda. Fin, shved, ingliz va nemis tillarini bilish nafaqat finlyandiya maktablarining ilmiy merosi va zamonaviy rivojlanishining asl manbalarini o’rganishga, finlyandiya maktab ta’lim tizimili va tarixiy ishonchli g’oyasini shakllantirishga, balki uni kuzatishga ham imkon beradi.
Nufuzli Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan uch yilda bir o’tkaziluvchi tadqiqotlarga ko’ra, finlyandiyalik maktab o’quvchilari dunyodagi eng yuqori bilimlar darajasini namoyon etishadi. Shuningdek ular dunyodagi eng ko’p kitob o’quvchi bolalar ham hisoblanadi. Finlyandiyalik maktab o’quvchilari tabiiy fanlar bo’yicha dunyoda ikkinchi, matematikas fani bo’yicha beshinchi o’rinni egallashadi. Dunyo miqiyosida Finlyandiyalik o’quvchilar yuqori ko’rsatkichlar qayd etishlariga qaramasdan, o’quvchilar darslarga u qadar ko’p vaqt ajratmaydilar.
Finlyandiyada ta’limning zamonaviy rivojlanishining asosini tashkil etgan pedagogik tushunchalar o’zlarining kompleks rivojlanishida tenglik, moslashuvchan g’oyalarni amalga oshirishga imkon beradi. Finlyandiya pedagogikasining an’anaviy gumanitar yo’nalishi, bepul ta’lim g’oyalari, ta’limni individuallashtirish komsepsiyasini o’zlashtirishni o’rganish tizimi o’quv dasturlarida o’z ifodasini topgan. Maktab o’quvchilarining alohida ehtiyojlarini individual qo’llab-quvvatlash, alohida ehtiyojli bolalarni to’liq moslashishi ta’minlangan.Finlyandiyada ta’limni tashkil etish va faoliyat yuritishning zamonaviy shartlari quyidagilardan iborat:
Fuqarolarning moddiy farovonligi va ijtimoiy tengligini kafolatlaydigan ijtimoiy davlat konsepsiyasini amalga oshirish;
Iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlari, maktab tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlash;
Ta’lim bo’yicha keng konsepsusni ta’minlovchi siyosiy madaniyat va hukumatga ishonch;
Ta’limni millat suverineteti va madaniy rivojlanishini ta’minlash;
Maktab o’qituvchilarining yuqori ijtimoiy mavqeyini saqlash milliy dasturining eng muhim sifatida belgilash;
Universitet ta’lim tizimida yuqori sifatli kasbiy tayyorgarlikni ta’minlash;
Finlyandiya ta’lim tizimi bugungi kunda biz bilgan shaklda, XX asrning 60 yillarda shakllangan. U haqli ravishda eng yaxshi ta’lim tizimlaridan biri hisoblanadi. Finlyandiyaning asosiy ta’lim to’g’risidagi qonunida Finlyandiya ta’limining uchta asosiy maqsadi belgilab berilgan:
O’quvchilarga hayotda zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni berish;
Jamiyatda rivojlanish va tenglikni targ’ib qilish;
Butun mamlakat bo’ylab ta’lim sohasida tenglikni ta’minlash.
Yuqorida sanab o’tilgan maqsadlar bolaga asosiy narsani- mustaqil kelajakda muvaffaqiyatli hayotni o’rgatishi uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ham Finlyandiya maktablarda o’qituvchi yangi mavzuni aytmaydi- hamma narsa kitoblarda bor. O’rganilgan formulalar uncha ahmiyatga ega emas, muhimi ma’lumotnoma, matn, internet, kalkulyatordan foydalanish qobiliyati- dolzarb muammolarni hal etish uchun zarur resurslarni jalb qilishdir. Shuningdek, maktab o’qituvchilari o’quvchilarning mojarolariga aralashmaydilar, ular hayotiy vaziyatlarga har tomonlama tayyorgarlik ko’rish imkoniyatini beradilar va o’zlariga qarshi turish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Finlyandiya ta’lim tizimi ikki bosqichli ma’muriy tuzilishga ega:
Ta’lim va madaniyat vazirligi ( Ministry of Education and Culture)
Vazirlik huzurida faoliyat yuritadigan, lekin o’z faoliyatida mustaqil Milliy ta’lim agentligi ( Finnish National Agency for Education).
Finlyandiya ta’lim siyosatida uchta muhim tamoyil mavjud bo’lib, bu tamoyillar bilimga asoslangan jamiyat haqidagi qarashlarni qo’llab quvvatlash, ta’lim tengligini ta’minlash hamda mahalliy hokimiyat vakolatlarini kuchaytirishga qaratilgan. Findlandiya ta’lim tizimining asosi yettita tamoyilga: tenglik, bepul ta’lim, individuallik, amaliylik, ishonch va o’qituvchilar salohiyati, ixtiyoriylik va mustaqillik kabi tamoyillarga tayanadi.
Tenglik. Mamlakatda na elita va na “ bo’shroq” maktablar bor. Finlyandiyadagi eng yirik maktabda 960 nafar o’quvchi ta’lim oladi. Eng kichigida esa-11 nafar. Barcha maktablar mutloqo bir xil jihozlangan, birdek imkoniyatlarga ega va bir xil moliyalashtirilgan. Deyarli barcha maktablar- davlat maktablari bo’lib, o’nlab xususiy maktablar bor. Ularning ota-onalari qisman to’lov kiritishlaridan tashqari yana bir farqi- o’quvchilarga bo’lgan talabning yuqoriligidadir. Qoidaga ko’ra, bu o’ziga xos “pedagogik” laboratoriyalar: Montessori, Fren, Morton va Valdorf maktablari. Ingliz, nemis va fransuz tillarida ta’lim beriluvchi o’quv muassasalari ham xususiy hisoblanadi. Finlyandiyada tenglik tamoyiliga rioya qilgan holda shved tilidagi parallel ta’lim tizimi mavjud- bog’chalardan tortib, to universitetlargacha. Yaqin vaqtlargacha finlyandiyaliklarga maktab tanlash taqiqlangan edi, bolalar shunchaki eng yaqin oradagi maktabga chiqishardi. Taqiq bekor qilindi, lekin ota-onalarning aksariyati baribir bolalarni yaqin oradagi ta’lim muassasasiga berishni ma’qul ko’rishdi, zero Finlyandiyada barcha maktablar birdek yaxshi. Barcha fanlar bir fanning boshqalaridan chuqurroq o’rgatilishi maqsadga muvofiq emas. U yerda masalan, matematika san’atdan muhimroq hisoblanmaydi. Aksincha, qobiliyatli bolalar uchun alohida sinflar tashkil qilinishiga yagona sabab ularning tasviriy san’at, musiqa va sportga moyilligi bo’lishi mumkin.
Ota-onalar o’qituvchi o’quvchisining ota-onasi kim bo’lib ishlashini oxirgi navbatda, zarurat tug’ilgandagina biladi. O’qituvchilarga ota-onalarning ish joyiga doir savollar berish taqiqlangan. O’qituvchilar o’quvchilarni xususiyatlari yoki tanlovlariga qarab tavsiflashmaydi. Shuningdek, “ yaxshi” va “ yomon” o’quvchilar ham yo’q. O’quvchilarni bir-biriga taqqoslash taqiqlangan. Daho bolalar ham, aqliy salohiyati bo’shroq boalar ham “ o’ziga xos” hisoblanib, barcha bilan birga o’qishadi. Umuman olganda, jamoada nogironligi bo’lgan bolalar ham ta’lim olishadi. Oddiy maktabda ko’rish va eshitish organlari kasalliklari bo’lgan o’quvcilar uchun sinf tashkil qilingan. Finlyandiyaliklar alohida munosabatga talabgor insonlarni jamiyatga maksimal darajadaintegratsiya qilishga harakat qilishadi. Bilimi kuchli va bo’sh o’quvchilar orasidagi farq- juda kichik.
O’qituvchilar ham bolalarga bor mehrini beradi. “ Sevimlilar” ajratilmaydi. Qoidadan har qanday chetga chiqish bunday o’qituvchi bilan shartnoma buzilishiga olib keladi. Finlyandiya o’qituvchilari faqat ta’lim beruvchi vazifasini bajarishlari kerak. Jamoada barcha o’qituvchilar- fiziklar ham, adabiyotchilar ham, mehnat o’qituvchilari ham birdek teng.
Katta yoshli kishilar va bolalar huquqlari tengligi tamoyilini Finlyandiyaliklar “ o’quvchiga hurmat” deb atashadi. Boallarga 1- sinfdan ularning huquqlari tushuntiriladi. Ijtimoiy xizmatchiga katta yoshlilar ustidan shikoyat qilish ham shular jumlasidandir. Bu finlyandiyalik ota-onalarni ularning farzandi- mustaqil shaxs ekanini, ularga so’z bilan ham, qamchi bilan ham ozor yetkazib bo’lmasligini tushunishga rag’batlantiradi. Finlyandiya mehnat qonunchiligida ko’ra, pedagog o’z kasbidan kelib chiqib o’quvchini yaxqirlashga haqqi yo’q. Barcha o’qituvchilar faqat 1 yilga shartnoma imzolashadi. Bu muddatni uzaytirish ham, to’xtatish ham mumkin. O’qituvchilarga juda yaxshi maosh to’lanadi.
2. Bepul ta’lim. O’qishning o’zidan tashqari quyidagilar bepul:
tushlik;
ekskursiyalar, muzeylar va sinfdan tashqari har qanday faoliyat;
bolani uydan olib ketuvchi va qaytaruvchi transport, agar eng yaqin maktab 2 kilometrdan uzoqda bo’lsa;
o’quv darsliklari, barcha o’quv qurollari, kalkulyator va hatto planshet-noutbuklar.
Har qanday maqsadlar uchun ota-onalardan pul yig’ish taqiqlanadi.
3. Individuallik. Har bir bola uchun individual ta’lim va rivojlanish rejasi tuziladi. Individuallik o’quvchilar tomonidan foydalanilayotgan darsliklar mazmuni, mashg’ulotlar, sinf va uy ishlari soni hamda ularga ajratilayotgan vaqti, shuningdek, ta’lim materialiga ham tegishli. Bir sinfning o’zida darsda bolalar turli murakkablikdagi mashqlarni bajarishadi. Baholash tizimi ham personal darajaga muvofiq. Agar “ odatiy” mashq a’lo bahoga bajarilsa, ertasiga yuqoriroq darajali mashq beriladi, mobodo uddasidan chiqa olmasa, hech qisi yo’q, yana oddiy mashq beriladi. Finlyandiya maktablarida oddiy ta’lim bilan bir qatorda ta’lim jarayonining ikki noyob turi mavjud.
1. “ Bo’shroq” o’quvchilar ta’limini qo’llab-quvvatlovchi- bu boshqa mamlakatlarda repititorlar bajaradigan ish. Finlyandiyada repititorlik keng tarqalgan ta’lim usuli hisoblanmaydi, maktab o’quvchilari dars vaqtida yoki undan keyin kerakli o’quvchilarga qo’shimcha yordam ko’rsatishadi.
2. Korreksion ta’lim- materialni o’zlashtirishdagi umumiy barqaror muammolar bilan bog’liq. Masalan, bu ta’lim olib boriluvchi finlyand tilini tushunmaslik yoki eslab qolish yo matematik qobiliyatining yaxshi emasligi, yoxud ba’zi bolalarning asotsial xatti-xarakatlari bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Korreksion ta’lim kichik guruhlarda yoki individual tarzda o’tkaziladi.
4. Amaliyot. “ Yo hayotga tayyorlaymiz, yoki-imtihonga. Biz birinchisini tanlaymiz”,- deydi finlyandiyaliklar. Shuning uchun Finlyandiyadagi maktablarda imtihonlar yo’q. Nazorat ishlari va oraliq test sinovlari- o’qituvchining qaroriga qarab belgilanadi. Umumta’lim maktabini tugallashda faqat birgina majburiy standart test o’tkaziladi. Shunisi diqqatga sazavorki, o’qituvchilar uning natijalari uchun alohida qayg’urishmaydi, test natijalari uchun birovning oldida javob ham berishmaydi, bolalar ham unga maxsus tayyorgarlik ko’rishmaydi.
Finlyandiya maktablarida hayotda kerak bo’ladigan bilimlar beriladi. Masalan, biror bir qurilmaning tuzilishi ularga kerak bo’lmaydi, uni o’rganishmaydi ham. U yerdagi bolalar bolalikdan portfolio, shartnoma, bank kartasi nima ekanini yaxshi bilishadi. Merosdan soliq foizini yoki kelgusidagi daromadlarini hisoblay olishadi, internetda tashrif- saytini yarata olishadi.
5. Ishonch. Birinchidan, maktab xodimlari va o’qituvchilar uchun turli tekshiruvlar yo’q. O’quvchilarga ta’lim berishga doir turli uslublarni o’rgatuvchilar ham yo’q. Mamlakatda ta’lim dasturi yagona, faqat umumiy tavsiyalar bor, xolos. Har bir pedagog o’zi to’g’ri deb bilgan uslubni qo’llaydi. Ikkinchidan, bolalarga bo’lgan ishonch darslarda o’quvhi o’zini qiziqtirgan ish bilan shug’ullanishi mumkin. Masalan, adabiyot darsida o’quv filmini namoyish etilayotgan bo’lsa-yu, o’quvchiga buning qizig’I bo’lmasa, u kitob o’qib o’tirishi mumkin. O’quvchi o’zi uchun nima foydali ekanini o’zi tanlaydi.
6. Istak va xohish. O’qishni istagan odam o’qiydi. Pedagoglar o’quvchining e’tiboini qaratishga harakat qilishadi,lekin uning o’rganilayotgan fanga qiziqishi yoki qobiliyati bo’lmasa, darrov “ikki” baho bilan “ siylashmaydi”. Bolani kelgusida uncha murakkab bo’lmagan, amaliy jihatdan foydali bo’lgan kasbga yo’naltirishadi. Hamma ham samolyot ixtiro qilishi shart emas, avtobuslarni ham kimdir boshqarishi kerak. Bunga ham o’rta maktabda chora ko’riladi- muayyan o’smir litseyda bilimlarini davom ettirishi kerakmi yoki olgan bilimlari yetarlimi, professional kasb-hunar maktabiga boorish kerakdir. Bu ikki yo’l ham mamlakatda birdek qadrlashadi. Har bir bolaning u yoki bu faoliyatga moyilligini aniqlash “ kelajak o’qituvchisi” tomonidan test va suhbatlar yo’li orqali amalga oshiriladi.
Umuman olganda, Finlyandiya maktabida ta’lim jarayoni yumshoq, biroq bu maktabni jiddiy qabul qilmasa ham bo’ladi, degani emas. Maktab rejimiga rioya qilish majburiy. Barcha o’tkazib yuborilgan darslarda qayta o’tirishga to’g’ri keladi. Masalan, o’qituvchi 6-sinf o’quvchisi uchun o’z jadvalidan “ bo’sh soat”ni belgilaydi yoki 2-sinfning darsiga kirib o’tiradi. Dars qiladimi, zerikib o’tiradimi, o’ziga havola. Kichik yoshlilarga xalaqit bermasa, bu hisobga o’tmaydi, yana boshqa soatda qayta o’tirishga to’g’ri keladi. O’qituvchi bergan vazifani bajarmagan, darsda ishlamagan bolaning ota-onasi maktabga chaqirtirilmaydi, tanbeh ham berilmaydi, aqliy qoloqlikka ayblanmaydi ham. Agar ota-ona ham farzandining bunday xatti-harakatlariga befarq qarasa, bola shunchaki keying sinfga o’tmaydi. Finlyandiyada nir sinfdan ikkinchi yilga qolish uyat hisoblanmaydi, ayniqsa 9-sinfdan keyin. Katta hayotga jiddiy tayyorgarlik ko’rish lozim, shuning uchun finlyandiya maktablarida qo’shimcha 10-sinf bor.
7. Mustaqillik. Finlyandiyada maktab bolani eng asosiysi-mustaqil muvaffaqiyatli hayotga o’rgatish kerak deya hisoblanadi. Shu bois u yerda fikr yuritish va o’z hoxishiga ko’ra bilim olishga o’rgatiladi. O’qituvchi yangi mavzularni so’zlab o’tirmaydi- barchasi kitobda bor. Yod olingan formulalar emas, ma’lumotnomadan, matndan, internetdan, kalkulyatordan foydalanish- joriy muammolar yechimini topish uchun kerakli resurslarni jalb qilishni bilishi muhim.

Finlyandiya maorifi butun dunyoda yuqori obro’ga egadir. Finlyandiya tizimining farq qiluvchi xususiyatlari quyidagilar:
Bepul ta’lim;
Xar bir bola va o’smir ta’lim olish huquqiga ega va maktabga borishga majbur;
O’quv rejasining yagona milliy asoslari;
Ta’lim faoliyatini tashkillashtirish va boshqarish vazifalarini mahalliy darajaga o’tkazib berish;
O’qituvchilarning malakasi va kompetensiyasiga bo’lgan ishonchning yuqori darajasi;
O’quv jarayonini moslashuvchan ravishda tashkillashtirish imkoniyati;
Butun mamlakat o’rta maktablardagi ta’lim o’zlashtirish darajasining yuqoriligi;
Finlyandiyada yashovchi barcha bolalar va yoshlarga, ularning yashash joyi, jinsi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va madaniy qadriyatlaridan qat’iy nazar ta’lim olishni taklif qiluvchi ta’lim berish sifati, ta’lim sohasining poydevor toshi bo’lib xizmat qiladi. Maorifni boshqarish masalalari hukumat tomonidan munisipalitetlar darajasida taqsimlangan, lekin maktablarning o’quv rejalari davlat tomonidan belgilangan asoslar bo’yicha bo’lishi kerak. Bularning barchasi turli hududlarning xususiyatlarini inobatga olgan holda, ham qishloqlarda, ham shaharlarda ta’lim berish sifatining mamlakat bo’yicha yuqori bo’lishiga imkon beradi. O’rta maktablarni bitirayotgan o’quvchilar uchun davlat bitiruv imtihoni o’tkazilmaydi, shuningdek maktablar bo’yicha o’zlashtirish natijalari va baholari ham chop etilmaydi. Maktab va o’quvchilar o’rta maktabni bitirish yakunlariga baho berishning davlat normativ tavsiyalari bo’yicha ish tutadilar. Ta’lim muassasasiga kirish va baholash jarayoni o’z shaffofligi, teng huquqliligi va abitiruyentning qaysi maktabni bitirganligiga bog’liq bo’lmaganligi bilan tavsiflanadi, chunki baholash omillari aniq va batafsil ravishda yozib qoldirilgan va butun mamlakat uchun yagonadir. Finlyandiya maorif tizimida qat’iy ta’lim yo’nalishi bo’lmaganligi kabi ta’lim “ tupik”lari ham yo’qdir. O’rta maktabni bitirgan har bir o’quvchi, o’zi istagan holda har qanday darajasi yuqoriroq ta’lim muassasiga hujjat topshirishi va kirishga harakat qilishi mumkin. Ta’lim olish bepuldir. O’qishga qabul qilish baholar asosida olib boriladi, tanish-bilish, pul yoki ertaroq hujjat topshirish orqali emas.
Finlyandiya ta’lim tizimi bugungi kunda biz bilgan shaklda XX asrning 60 yillarida shakllangan. U haqli ravishda eng yaxshi ta’lim tizimlaridan biri hisoblanadi.Finlyandiya ta’lim tizimi quyidagi bosqichlardan tashkil topgan:
Maktabgacha ta’lim;
Tayyorgarlik ta’limi;
Boshlang’ich ta’lim;
To’liq o’rta ta’lim;
O’rta ta’lim;
Oliy ta’lim;
Maktabgacha ta’lim 9 oylikdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalarni qabul qiladi. Maktab ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi ota-onalarga bolani tarbiyalashda, bolani maktabga tayyorlashda
O’quv yilining boshlanishi avgust oyining o’rtalariga to’g’ri keladi. Finlyandiyada o’quv yili avgustda boshlanadi, yani 8 avgustdan 16 avgustgacha, yagona kun yo’q. O’quv yili may oyi oxiridia yakunlanadi. O’quv yili ikki semestrga bo’linadi- kuz ( avgust oyining oxiri yoki sentyabrning boshidan dekabrning o’rtalariga qadar) va bahor ( yanvardan maygacha). O’quv yilining davomiyligi 190 kunni tashkil etadi. Kuzgi yarim yillikda 3-4 kunlik ta’til bor, Yangi Yil munosabati bilan 2 haftalik tatil beriladi. Bahorgi yarim yillik fevral oyidagi “chang’i” ta’tilini ham o’z ichiga oladi. Ta’lim besh kunlik, faqat kunduzgi smenada. Juma-qisqartirilgan kun hisoblanadi.
1-2 sinflar o’quvchilariga ona tili va o’qish, matematika,tabiat, din, musiqa, tasviriy san’at, mehnat va jismoniy tarbiya darslari o’tiladi.
3-sinfdan boshlab ingliz tili o’rgatila boshlanadi. 4-sinfda tanlov asosida chet tillaridan: fransuz, shved, nemis yoki rus tillari o’rgatila boshlanadi. Qo’shimcha fanlar tanlov asosida har bir maktabda turlicha kiritiladi. Barcha maktablarda musiqiy asboblarda o’ynash o’rgatiladi, bolalar 9 yillik ta’lim davomida barcha musiqiy asboblarda chalishni mashq qilib, o’rganishadi.
5-sinfdan boshlab biologiya, geografiya, fizika, kimyo va tarix fanlari o’rgatiladi boshlanadi. 6-sinfgacha barcha fanlardan bir o’qituvchi kiradi. Jismoniy tarbiya darslari haftada 1-3 marta istalgan sport o’yini shaklida o’tadi. Fan o’qituvchilari 7-sinfdan kira boshlaydilar.
7-9 sinflardan boshlab Fin tili va adabiyoti, shved,ingiz tili, matematika, biologiya, geoghrafiya, fizika, kimyo, salomatlik asoslari kabi fanlar o’qitiladi. 9-sinfda 2-hafta :mehnat hayoti” bilan tanishiladi. Bolalar o’zlari uchun istagan “ishchi o’rni”ni topib, kata ishtiyoq bilan “ishga” boradilar.
Finlyandiyada 10 ballik tizim qabul qilingan, lekin 7-sinfgacha faqat so’zda baho qo’yiladi: o’rtadan pastroq; qoniqarli; yaxshi; a’lo. 1-3 sinflarda umuman hech qanday ko’rinishdagi baholar yo’q, qo’yilmaydi. Finlyandiyada barcha maktablar “Wilma” davlat electron tizimiga ulangan, bu electron maktab kundaligi hisoblanib, har biro ta-ona unga kirishi uchun shaxsiy kodga ega bo’ladi. Pedagoglar baho qo’yib, davomatni belgilab, bolaning maktabdagi faoliyati haqida xabar berib borishadi; shuningdek psixolog, ijtimoiy xizmatchi, “kelajak o’qituvchisi”, feldsher ham u yerda kerakli ma’lumotlarni yozib qoldirib boradi.
Finlyandiya mkatablarida baholar xavotir uyg’otmaydi, ular faqat o’quvchining o’zi uchun kerak, qo’yilgan maqsadga erishishda bolaga motivatsiya berish va o’zini tekshirish uchun qo’llaniladi. Baholar oo’qituvchilar, maktab nufuziga ta’sir ko’rsatmaydi.
O’tgan yillar davomida mamlakatimizda ijtimoiy-madaniy vaziyat o’zgardi. O’zbekiston bozor iqtisodiyoti va qonun ustuvorligini barpo etuvchi ochiq mamlakatga aylandi. Unga tez o’zgaruvchan dunyoda mustaqil mas’uliyatli qarorlar qabul qilishga qodir yuqori malakali mutaxasislar kerak, bu, albatta, ta’lim tizimi va uning sifatiga alohida talablar qo’yadi. O’zbekiston ta’lim tizimi jahon ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich moslashishi uchun keng imkoniyatlarga ega. Xorijiy tajribani tahlil qilish va umumlashtirish mahalliy pedagogik tajribani anglashga, ta’limni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Dunyoda ta’limning rivojlanish yo’nalishlarini tushunish uchun eng muhimi, ta’lim sifatining yuqori darajasi xalqaro tadqiqotlar tomonidan tasdiqlangan mamlakatlarda ta’limni rivojlantirish tajribasini o’rganish hisoblanadi.
O’zbekiston uchun xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimi tajribasini, jumladan, Finlyandiya mamlakatining ta’lim tizimi tajribasini tahlil qilish juda katta qiziqish uyg’otdi. Finlyandiya ta’lim sifati bo’yicha yetakchi davlatlar guruhiga kiradi. Finlyandiya siyosatida umumta’lim va maktab ta’limi ustuvor yo’nalish hisoblanib, Finlyandiya uzoq vaqt davomida maktab ta’limining maqsadi bolaning shaxsiyatini rivojlantirish bo’lgan. Bolaning iste’dodini ochib berish orqali jamiyatga foyda keltirishga intilishlari uchun harakat qilishdan iborat bo’lgan.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston va Finlyandiya ta’lim tizimlarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim yo’nalishlarini demokratlashtirish va insonparvarlashtirishni amalga oshirish bilan bo’lgan jarayonlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, maktabdagi pedagoglar o’quvchilar o’rtasidagi mojaralarga ham aralashishmaydi, ularga hayotiy vaziyatlarga mustqail tayyorlanish va o’zlari uchun javob berish mas’uliyatini rivojlantirish imkoni beriladi. Finlyandiya maktablari bir xil bo’lsa-da, ulardagi o’quv jarayonlari turlicha tashkil qilingan. Finlyandiya ta’limining muhim xususiyatlaridan yana biri shuki, u barcha darajalarda to’liq bepul ta’lim olishni ta’minlaydi. Barcha o’quv materiallari, darsliklar, maktabga qatnash transport xizmatlari ham bepul amalga oshiriladi. Boshlang’ich va o’rta ta’limda barcha o’quvchilarga tushlik bepul beriladi. Finlyandiya ta’lim tizimi va jamiyati o’qituvchilarning malakasiga tayanadi. Ta’limda yaratilgan teng sharoitlar, uzoq muddatli ta’lim siyosati, ishonch madaniyati, mustaqil ta’lim olish va o’rganishga urg’u berish bu ta’lim tizimining muvaffaqiyatidir. Darhaqiqat, maktab tizimi, albatta, soliq to’lovchilar mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi. Finlyandiyada soliqlar juda qiyin. Progressiv daromad so’lig’ini yig’ish ish haqining muhim qismini yutib yuboradi. Finlyandiya maktablarida yuqoridan pastga testlar va testlar mavjud emas. Maktablar yuqori organlarga hisobot berishlari shart emas. Hech kim o’quvchilarni bir-biri bilan taqqoslamaydi, maktablarning reytingini tuzmaydi. U taraqqiyot suratlarini o’tkazmaydi. Bitiruvchilarni nufuzli litsey,institute va universitetlarga qabul qilinishini kuzatmaydi. Bunday tizim byurokratsiyadan xalos bo’lishga imkon beradi, o’qituvchilar va maktablardan ko’plab hujjatlarni olib tashlaydi. Vaqt asosiy narsa- ta’lim jarayoni, bolalar bilan ishlash uchun bo’shatiladi.
Finlyandiya maktab o’qituvchilari professionallardir. Yuqori daraja hech bo’lmaganda magistr darajasiga ega. O’qituvchilarga o’qitish usullarini tanlashda to’liq erkinlik beriladi. Har bir o’qituvchi uni o’rganish uchun mustaqil ravishda o’quv dasturini tuzishi mumkin. O’zi o’tgan material bo’yicha testlarni tuzadi. Sinovlar tez-tez o’tkazib turiladi, ammo ularning maqsadi bolalarni taqqoslash va ularning yutuqlarini baholash emas, balki materialning qay darajada o’rganilganini, bo’shliqlar mavjudligini va qanday fikrlarni qo’shimcha ravishda ishlab chiqish kerakligini tekshirishdir. Nazariy jihatdan bularning barchasi ajoyib ko’rinadi, ammo amalda bu har xil yo’llar bilan sodir bo’ladi. Uzoqda uning barcha o’qituvchilari o’z dasturlarini yozishga intilishadi. O’qituvchiga ko’r-ko’rona ishonch va o’qitishning to’liq erkinligi, shuningdek, o’rta maktab o’qituvchilarining duch kelishiga olib keladi. Bilimdagi bo’shliqlar oldingi yillarda ham tan olingan. Misol o’qituvchi segmentning maydonini qanday hisoblashni tushuntiradi, ammo o’quvchilar aylana qismlari nomini bilishmaydi. Finlyandiya maktablarida katta sport maydonchalari va atrofida ko’plab yashil o’simliklar mavjud.
Finlyandiyada bolalar bo’gchada juda ko’p yurishadi. Ularning jadvaliga har birida uch soatdan ikki marta yurish kiradi. Yurish paytida bolalar ko’pincha jamoat transportiga minishadi, shu jumladan, transferlar bilan shaharning boshqa uchiga borishadi. Kattalar boshchiligida 10-12 bolalardan iborat guruh muzeylarga, parkga olib boriladi. Maktablar, shuningdek, bolalarning ochiq havoda bo’lishiga ishonch hosil qilishadi. Har qanday tanaffus, ob-havodan qat’I nazar, tashqarida, jismoniy tarbiya darslari o’tiladi.
1968 yilda parlament tomonidan qonun qabul qilindi va ushbu qonunga muvofiq har bir bola yoki o’smir, o’z yashash joyi va ota- onasining moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar to’qqiz yillik sifatli ta’lim olish huquqiga ega edi. Ta’lim olish huquqi insonning asosiy huquqlaridan biri bo’lganligi sababli, imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga ta’lim berish va ularni parvarish qilish ham yangi qonunga binoan umumiy ta’limning tarkibiga kirdi. Boshlang’ich o’rta maktab barcha yoshdagi guruhlar uchun chindan ham umumiy maktab bo’lib qoldi.
Finlyandiya o’z mustaqilligining yuz yilligini nishonlayotgan yilda, boshlang’ich o’rta maktab yarim asrdan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Xalq maktablari va pullik o’rta ta’limdan chiqib ketishda qarshiliklar kuzatildi. Islohotlarga qarshi chiqqanlar, yangi tizim ta’lim darajasining pasayib ketishiga olib kelishi va iqtidorli bolalarga o’zlarini ko’rsatishga imkon berolmasligini ta’kidladilar. Biroq, o’tgan yarim asr ularning qarorlari to’g’ri bo’lganligini ko’rsatdi. O’rta maktablar o’quvchilari PISA ( Xalqaro talabalar ta’lim yutuqlari tadqiqotlari) xalqaro tadqiqotlarida qoyilmaqom natijalarga erishdilar.
Bu muvaffaqiyatning siri nimada? Barchasining asosida boshlang’ich o’rta maktabning yagona tuzilmasi va unga biriktirilgan holda, o’quvchilarning farovonligini ta’minlashga yo’naltirilgan turli toifadagi xizmatlar bor. Boshlang’ich o’rta maktab- bu ma’lum ma’nodagi finlyandiya jamiyatining mitti holatidir. Turli xil oilalardan kelgan va turli darajadagi iqtidorga ega bo’lgan o’quvchilar bor guruhda o’qimoqdalar. Turli toifadagi ko’maklashuvchi xizmatlar, o’quv qo’llanmalari va issiq ovqatni o’z ichiga olgan ta’lim jarayoni o’quvchilar uchun tamomila bepuldir. Ikkinchi muhim omil- bu ta’lim vazifalari bilan bir qatorda, bolalarning ijtimoiy, axloqiy va jismoniy rivojlanishi bo’yicha farqlarini ham e’tiborga oluvchi o’quv rejasidir. Tabiiyki, oily ma’lumotga ega va o’z ishiga sodiq bo’lgan malakali o’qituvchi markaziy omil bo’lib xizmat qiladi. O’qituvchilar o’z ishlarida keng miqiyosdagi pedagogic muxtoriyatga va ham o’z o’quvchilarining ota-onalari, xam boshqaruvning ishonchiga egalar. Bu Finlyandiyadagi maktablarda davlat komissiyalarining tekshiruvlar bilan kelmasligini va faoliyat ustidan ta’lim organlari nazoratining ham yo’qligini anglatadi. Kuchli kasaba uyushmasi tashkiloti ham o’qituvchilarga ko’maklashadi. Finlyandiya siyosatining ta’lim sohasidagi barqarorligi hamda an’ana va urf-odatlarni amaliy ravishda birlashtirish muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Islohotlar inqilobiy emas, balki evolutsion jarayonlar orqali amalga oshiriladi. Bu holat ham siyosiy qarorlarni qabul qilish ham pedagogic o’zgarishlarga tegishlidir. Qarorlar avvalo, fuqarolar tomonidan qabul qilinadi. Boshlang’ich o’rta maktab Finlyandiya demokratiyasining muhim bo’lagidir, umumiylik omilining amaliyotda amalga oshirish qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |