Magistrlik dissertatsiya ishining o’rganilganlik darajasi. 2020-yilning 6-noyabr sanasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi farmoni qabul qilindi. Farmonga binoan maktab ta’limi bo’yicha rivojlangan davlatlar tajribasini, jumladan, Finlyandiya ta’lim tizimi tajribasini va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish vazifasi yuklatildi. Prezident tomonidan aynan Finlyandiya tajribasining tanlanishiga sabab, ushbu davlat ta’lim sifatini baholash bo’yicha o’tkazilgan xalqaro tadqiqotlarda o’zining erishgan yutuqlari bilan ajralib turadi. Finlyandiyalik o’quvchilar PISA tadqiqotidagi hamma yo’nalishlarda savodxonlik hamda ta’lim tengligi ko’rsatkichlari bo’yicha eng yuqori natijalarni ko’rsatgan.
Xalqaro o’quvchilar bilimini baholash dasturi ( PISA- The Programme for International Student Assessment) tadqiqot dasturlarining keng tarqalgani hisoblanadi. PISA ning o’ziga xos jihati shundaki, u sof bilimni emas, balki turli sohalardagi savodxovlikni baholaydi. PISA dasturi doirasida har 3 yilda o’quvchilarning matematik, tabiiy fanlar va o’qish fanlari savodxonligi baholaniladi.
Mamlakat ta’lim tizimini rivojlantirish, o’quvchilar bilimini baholashda Finlyandiya ta’lim tajribasini joriy qilish borasida Rossiyada B.M.Olegovich, J.M. Mixaylovna, V.D.Alekseyevich va boshqalar samarali tadqiqot olib borganlar.
B.M.Olegovich “ Finlyandiya maktablarining baholash tizimi” mavzusida samarali ilmiy tadqiqot olib borgan. Tadqiqot davomida Finlyandiya maktab ta’limini tashkil etishning milliy va madaniy xususiyatlari aniqlangan:
Maktab ta’limi tizimini markazsizlashtirish sharoitida davlat boshqaruvi;
Maktab ta’limida tenglik tamoyilini amalga oshirish va mamlakatning va mamlakatning turli mintaqalarida barcha o’quvchilar uchun o’rta ta’limning yuqori sifatini ta’minlash;
Ta’lim sifatini rivojlantirish loyihasini ishlab chiqishda maktabning mustaqilligi va uning sifatini oshirish maqsadida uning faoliyatini doimiy ravishda o’z-o’zini baholashni tashkil etishi kerak degan xulosaga kelindi.[1]
V.D.Alekseyevich o’zining “ Finlyandiya zamonaviy maktab ta’limi: Yevropa kontekstida milliy islohotlar” ilmiy tadqiqot ishida Finlyandiya maktab ta’limining zamonaviy rivojlanishining asosini tashkil etuvchi pedagogik tushunchalar hamda maktab ta’limini tashkil etish va faoliyat yuritishning zamonaviy shartlarini sanab o’tgan. Ular quyidagilardan iborat:
- fuqarolarning moddiy faravonligi va ijtimoiy tengligini kafolatlaydigan ijtimoiy davlat konsepsiyasini amalga oshirish;
- Iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlari, maktab tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlash;
Ta’lim bo’yicha keng konsensusni ta’minlovchi siyosiy madaniyat va hukumatga ishonch;
Ta’limni xalq suvereniteti va madaniy rivojlanishini, maktab o’qituvchilarining yuqori ijtimoiy mavqeini saqlash milliy dasturining eng muhim qismi sifatida belgilash, universitet ta’lim tizimida yuqori sifatli kasbiy tayyorgarlikni ta’minlash.
Shu bilan birgalikda Rossiya maktablari uchun islohotlarning istiqbollari maktab o’quvchilarining ta’lim sifatini nazorat qilish, o’quv dasturlarini tuzish, o’qituvchilar malakasini oshirish, maktab ichida va tashqarisida mikroijtimoiy munosabatlarni o’rnatish bo’yicha Finlyandiya tajribasidan foydalanish, Finlyandiya talabalarining imkoniyatlarini tenglashtirish, ularning ma’naviy- axloqiy tarbiyasi, maktabdagi muvaffaqiyatsizlikka qarshi kurash, kasb-hunar ta’limi nufuzini saqlab qolish bo’yicha Yevropaning aksariyat mamlakatlari, xususan Rossiya tajribasi ham ko’rsatilgan.[2]