XULOSA………………………………………………………………………….
ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………………………………..
ILOVALAR………………………………………………………………………
|
“ Umumiy o’rta ta’limni takomillashtirish va o’quvchilar bilimini baholashda xorijiy tajribalardan foydalanish”
(Finlyandiya ta’lim tizimi misolida)
KIRISH.
I.Bob. Finlyandiyada umumta’limda baholashni o’rganishning nazariy va uslubiy asoslari.
1.1. Finlyandiya maktab ta’limi baholash tizimini o’rganish metodologiyasi va konseptual asoslari.
1.2. Finlyandiya zamonaviy maktab ta’lim tizimining milliy va madaniy xususiyatlari.
1.3. PISA xalqaro talabalarni baholash dasturi va Finlyandiya natijalari.
II. Bob. Finlyandiyada umumiy o’rta ta’limida baholash tiziming xususiyatlari.
2.1. Finlyandiyada umumta’limini baholash tizimining rivojlanishi.
2.2. O’zbekiston ta’limini modernizatsiya qilish jarayonida Finlyandiya tajribasidan foydalanish istiqbollari
2.3. Finlyandiya tajribasi asosida O’zbekiston maktab tizimida o’quvchilarning yutuqlarini baholash.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Magistrlik dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. Dunyoda ta’lim tizimini rivojlantirishning eng samarali usuli sifatida ta’lim tajribasining eng yaxshi namunalarini o’rganish hamda moslashtirish tanlab olingan. Rivojlangan mamlakatlarning ko’pchiligi shu usulni tanlagan. Yangi bilimlar va ko’nikmalar yevropa mamlakatlari fuqarolari va jamiyati uchun juda ahamiyatli bo’lib, bu ta’lim sifatini oshirish, ta’lim tizimining xilma-xilligi uchun imkoniyatlar yaratadi.
Jumladan, Rossiyada butun maktab ta’lim tizimini qayta qurish zarurati yangi ta’lim standartlarini joriy etish sharoitida, bulardan keyinchalik foydalanish uchun jahon tajribasining eng yaxshi andazalarini tahlil qilish, shuningdek, muvaffaqiyatli amalga oshirishning zarur shartlaridan biri sifatida muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini modernizatsiyalash, ta’lim sohasini tubdan isloh qilishga doir bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston ta’lim sifatini baholash bo’yicha tashkil etilayotgan xalqaro PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS dasturlari taqdiqotlarida ishtirok etmoqda. Bu xalqaro reytinglarda yuqori o’rinlarga ega davlatlar tajribasini o’rganish uchun imkoniyat yaratadi. O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 5-sentyabrdagi “ Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PF-5538- sonli; 2020-yil 6- noyabrdagi “ Ta’lim –tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida” gi PQ-4884-sonli; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8-dekabrdagi “ Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-997-sonli; 2021-yil 30-iyundagi “ Samarqand davlat universitetining O’zbekiston-Finlyandiya pedagogika institute faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 408-sonli qarorlar ushbu mavzuning dolzarbligini ochishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |