1.7-jadval
Turli ildizmevali o’simliklarning biokimyoviy tarkibi
№
|
Ildiz-mevalar
|
Monosa-xaridlar
|
Oligosa-xaridlar
|
Kletchatka
|
Pektin
moddalar
|
Kul
|
1
|
Qand lavlagi
|
1,2
|
18
|
1,2
|
2,0
|
0,6
|
2
|
Xashaki lavlagi
|
1,4
|
8
|
1,5
|
0,6
|
1,0
|
3
|
Xo’raki lavlagi
|
1,5
|
10
|
0,8
|
1,2
|
1,0
|
4
|
Sabzi
|
2,0
|
7
|
1,5
|
0,6
|
1,0
|
Sabzi mevasida 89,1% suv, oqsillar – 0,8%, mono va oligosaxaridlar – 8,0%, sellyuloza – 1,1%. 100 g sabzi tarkibida kaliy 240 mg %, natriy 70,1 mg%, kalsiy 46,5 mg%, magniy 19,0 mg%,fosfor mg %, yod 3,8 mg%, temir 1,0 mg% bo’ladi.Sabzi tarkibida ko’proq karotin to’planadi va unga olov-qizil rang beradi (1.7-jadval).
Selder ildizmevasi ozuqa moddalarga boy bo’lib, tarkibida suv - 86,1%, saxaroza - 4,5%, sellyuloza - 1,8%, mono va oligosaxaridlar - 3,2%, kul elementlari - 1,1, kaliy - 321 mg %, kalsiy – 66 mg%, fosfor - 115 mg%, temir - 0,5 mg% boladi. Selder bargida esa 9,7-17,3% gacha quruq modda bo’lib, saxaroza - 0,61,4%, oqsillar - 2,0-2,8%, kul elementlari 1,4% tashkil qiladi. Selderey ildizmevasida vitamin C miqdori – 30,0 mg%, karotin – 7,0 mg% atrofida bo’ladi.
Xashaki lavlagi tarkibida saxaroza miqdori 6-14% bo’lsa, xo’raki lavlagida – 5-13%, sabzida 5-12% atrofida bo’ladi. Ular tarkibidagi monosaxaridlar miqdori 0,3-1,3 gayaqin bo’ladi. Sholg’om tarkibida7% monosaxaridlar va 1-2% saxaroza mavjud. Pishgan lavlagi tarkibida kraxmal miqdori oz, 0,06-0,1%, sabzida – 0,2-0,8% tashkil etadi. Ildizmevalarda azotli birikmalar juda oz miqdorda – 0,05-0,25% uchraydi. Azotli birikmalardan asosiylari oqsillar va aminokislotalardir. Shundanoqsillarulushiga 40-60% umumiyazothisobidan, aminokislotalaresa 20-30%nitashkiletadi.
Ildizmevalar vitaminlarga boy bo’lib, asosan sabzida karotinoidlar miqdori 10-12% ga yetadi. Ildizmevalar askorbin kislotaga boy bo’lib, sabzida 10 mg%, xashaki lavlagida 3-6 mg%, xo’raki lavlagida 5-10 mg%, rediska, sholg’om va turpda vitamin C miqdori 20-30 mg%ni tashkil etadi.
Ildizmevalarda kul elementlari juda oz bo’lib, sabzi, xashaki va xo’raki lavlagilarda 0,9-1,3 % ni tashkil esa qand lavlagida 0,5-1,8 % ga etadi. Yetishtirish sharoitiga qarab bu elementlaming tarkibi o’zgaradi. Ildizmevalar kuli tarkibida ko’proq natriy borligi topilgan. Sholg’om va turpda mineral tuzlardan kaliy, kalsiy, magniy, fosfor va temir tuzlari to’planadi. Sholg’om va rediska ildizmeva efir moylari tutadi [62].
Ildizmevalarda uglevodlar nomutanosib tarqalgan. Masalan, qand lavlagi ildizmevasida maksimum miqdorda ildizning keng qismi – bo’ynida to’planadi, bosh qismida esa uning miqdori minimumni tashkil etadi. Qand lavlagida saxaroza mono – oligosaxaridlarning asosini tashkil etib, 80 – 90% ga etadi. Saxarozadan tashqari ildizmevalarda oz miqdorda maltoza va raffinoza uchraydi. Glyukoza va fruktozaning umumiy miqdori 1 % dan oshmaydi. Biogen birikmalar aminokislotalar, oqsillar, nuklein kislotalar ildizmevalarning zaxira to’qimalarida to’planib ildizning old va o’rta qismida maksimumga yetadi. Ildizmevaning bosh qismida minimal miqdorda uglevodlar to’planadi. Sabzida uglevodlar asosan tashqi to’qimalarda floemalarda to’planadi, kamroq o’rta qismida bo’ladi [48].
Pektin moddalar ildizmevalar hujayra devorlarida yig’ilib, ularning miqdori ildizmassasiga nisbatan 0,2-2,0 % ni tashkil qiladi. Ildizmevalar pektin moddalari asosan propektin holida berilgan va uning borligi ozuqa qiymatini orttiradi. Lavlagida kletchatka miqdori 1%, sabzida 1,5-2 %, lavlagining bosh qismida ko’proq kletchatka to’planadi, sabzida esa ildizmevaning o’rta qismida to’planadi. Qizil lavlagining bargi va mevasi ozuqa moddalarga boy bo’lib, lavlagida suv 87,6%, oqsillar 1,2%, uglevodlar 9,3%, mono- va oligosaxaridlar 6,3%, kul elementlari 0,9% atrofida bo’ladi. Lavlagidagi qizil rang bo’yoq moddalar betanin va antotsian hisobidan chiqadi. Antotsianlar lavlagida 50-145 mg% bo’lsa, bargida vitamin C miqdori 39 mg% va karotin miqdori 2,4 mg% ga yetadi [21].
Qand lavlagi o’z tarkibida mono- va oligosaxaridlar to’plab, eng ko’p xarajat bilan o’stiriladigan qishloq xo’jaligi ekini hisoblanadi. Lavlagining hosildorligi tuproq iqlim va agrotexnik sharoitlarga bog’liqdir. Qand lavlagini yetishtirishda ekiladigan sharoiti moslashgan turlarni ekishni yo’lga qo’yiladi. Undan tashqari hosildorlikka va sifat ko’rsatkichlari bolgan qand lavlagining gibrid genotipi, mineral ozuqalarni muvozanatini va vegetatsiya davrida kasallikka chidamli navlarini ekish tavsiya etiladi. Shuning uchun yuqori hosildor gibridlarni tanlab, yetarli mineral o’g’itlar bilan oziqlantirib, sug’orish va zarakunandalardan o’simliklarni himoya qilish tizimini yo’lga solish kerak. Ushbu talablarga javob berilganda qurg’oqchil va mo’tadil mintaqalarda qand lavlagining hosildorligi 23-30t/ga, o’g’itlarni N-90, P-90, K-150 berilganda maksimal hosildorlik 51,5-57,5 t/ga ga yetadi va ularda qandning miqdori 17,6-18,8 % gacha boradi. Lavlagining qandliligi qand ishlab chiqarishda birlamchi ahamiyatga ega bo’ladi. Saqlash va qayta ishlash davomida uning miqdori anchagina o’zgarishi mumkin.Assimilyat tarkibi xloroplastlarning fotosintetik faolligiga bog’liqdir. Bunda barg assimilyatsion apparatining quvvati bargdan ildizmevaga uglevodlarning o’tishini belgilaydi. Shuning uchun uglevodlar to’planishiga o’simliklarning vegetatsiya davri, kun rejimi, ijobiy ta’sirko’rsatadi. Vegetatsiya davri uzunligining 10 sutkaga orttirilsa, ildizmevalarning qandliligi 0,5 – 0,8 % ga ko’payadi, qand lavlagining gibridlari bilan ishlash natijasida hosildorlik 6,8-7,0 % ga ortadi [40].
O’sish jarayonida qand lavlagidagi uglevodlar miqdori 2-3 marta ko’payadi. Bu jarayon saxaroza biosintezini katalizlovchi fermentlar hisobiga amalga oshadi.
Saxarozasintetaza UDF-Glyukoza + fruktoza ~~ ^ UDF + saxoroza Saxarozafosfatsintetaza
UDF-Glyukoza + fruktoza 6 f ~ UDF + saxoroza 6 fosfat
Qand lavlagida bu disaxaridni to’planishi uning oziqaviy va texnologik qiymatini belgilaydi. Shuning uchun, qand lavlagining tezpisharlik darajasini hisobga olish kerak. Pishmagan ildizmevalar yig’ib olinsa ularda saxaroza miqdori past bo’ladi. Undan tashqari ozuqa qiymati ildizmevalardagi yuqori molekulyar uglevodlar miqdori va tarkibiga bog’liq bo’lib, ularning miqdori pishmagan ildizmevalarda ortadi va pishish davriga kelib ularning konsentratsiyasi pasayadi. Ildizmevalarda qurg’oqchilik va tuproqda elementlar yetishmaganda gullash davrida ko’proq kletchatka hosil bo’ladi. Ildizmeva pishish davrida uning yer ustki qismidan assimilyatlar ildizmevaga tushib to’qimalarda azotli moddalar va uglevodlar sintezlanadi. Qurg’oqchilik davrida azotli birikmalar sintezi ortadi, shuning uchun tuproqda namgarchilik pasayishi bilan ildizmevalarda azotli birikmalar to’planadi. Tuproq va havo namligi o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatib, ildizmevalarning shakllanishida ishtirok etadi. Namlikyetishmasligi hosil sifatiga ta’sir etadi. Shuning uchun darhol sug’orish kerak bo’ladi, ortiqcha namlik ham salbiy ta’sir etadi [26].
Ildizmevalarda uglevodlar to’planishi barglarning fotosintetik apparatiga bog’liq bo’lib, ularning shakllanishida tuproqqa beriladigan elementlarning roli beqiyosdir. Shuning uchun tuproqda elementlarning yetishmasligi natijasida o’sish va rivojlanish susayib, ildizmevalarda saxaroza miqdori kamayishiga olib keladi.Tuproqqa fosfatli va kaliyli o’g’itlar berilishi bilan ildizmevalarda uglevodlar miqdori ortib, bir vaqtda oqsil bo’lmagan azotli birikmalar kamayishi kuzatiladi. Azotli o’g’itlar bilan ortiqcha ta’minlanishi natijasida ildizmevalarda azot tutuvchi birikmalar ko’payib uglevodlar mono- va oligosaxaridlar kamayishi mumkin. Shunday qilib, tuproqdan olinadigan elementlar uglevodlar muvozanatiga ta’sir ko’rsatadi. Hosildorlik ortadi, ammo qandlilik ildizmevalarda kamayadi. Buning sababi, azotli o’g’itlarga javoban ildizmevalarda saxarozasintetaza fermentining aktivligi ortadi. Bunda fermentativ reaksiya muvozanati saxaroza parchalanishi tarafga suriladi. Hosil bo’lgan monosaxaridlar hujayraning energetik jarayonlariga sarflanadi, natijada hujayrada ATF miqdori ortadi. Hujayra bo’linishi jarayonlari kuchayib, ildizmevalarning massasi ortishi kuzatiladi. Tuproqda B (bor) miqdori yetishmasa qand lavlagi hosildorligi pasayadi, ildizmevalar esa oz miqdorda uglevodlar, xususan saxaroza to’playdilar. Borli o’g’itlar tuproqqa solinsa, qand lavlagining hosildorligi 3-4 t/ga ortadi. Qand lavlagining nordon tuproq sharoitida yetishtirilganda ohak qo’shish yo’li bilan ildizmevalarning qandliligini oshirish mumkin. Gerbitsidlarni qo’llash yordamida qand lavlaigini hosildorligi 20-30% ga ortib, 10-15 ts/ga qo’shimcha hosil yetishtiriladi. Ba’zi protravitel-changsimon torf organik va mineral o’g’itlar, mikroelementlar, o’sish stimulyatorlari va kleylovchi moddalar bilan ho’llangan tuproqqa ekiladi [30].
Do'stlaringiz bilan baham: |