MAVZU:
KALIY LI BIRIKMALAR
Maqsad: Kaliy elementini organizmdagi ahamiyatini o’rganish va amaliyotga tatbiq etish.Kaliy (lat.Kalium)—Mendeleyev davriy sistemasining I guruhidagi kimyoviy element, atom nomeri 19, atom massasi 39,098, ishqoriy metallar qatoriga kiradi. Kaliyni birinchi marta ingliz kimyogari G. Devi 1807 yilda suyuqlangan o’yuvchi kaliy KOH ni elektroliz qilib olgan. Kaliy yer qobig’i massasining 2,5%ini tashkil etadi.Tarkibida kaliy tutuvchi yuzlab minerallar ma’lim ; silvin KCL, karnallit KCL-MgCL2-6H2O va boshqalar shular jumlasidandir. Uning keng tarqalgan minerali ortoklazdir( silikat kislotaning kaliy alyuminiy tuzi K2O-Al2O3-6SiO2). Bu mineral Yer qobig’i massasining 18%ini tashkil qiladi. Ortoklaz suv bilan kuchsiz reaksiyaga kirishsa ham, kaliyning ko’p qismi tuproqqa ortoklazdan o’tadi.Kaliy juda yumshoq ,uni pichoq bilan oson kesish mumkin; u juda yengil- suv sathida bemalol tura oladi( zichligi 0,862 g sm3), issiqlik va tokni yahshi o’tkazadi,63,55C da suyuqlanadi.Kaliy kimyoviy jihatdan juda faol.Suv bilan oksidlanib yonadi,hatto suv bilan ta’surlashganda portlashi mumkin.Natijada eng kuchli ishqorlardan biri—KOH hosil bo’ladi.Odatda kaliy tuz shaklida ishlatiladi.Kaliy selitrasi KNO3 ikkilamchi o’g’it va yahshi oksidlovchi, tutun poroxining komponentidir, kaliy ftorid KF metallurgiyada muhim flyusdir, ” margansofka” KMnO4—oksidlovchi va antiseptik modda, kaliy xlorat KClO3 pirotexnikada, gugurt ishlab chiqarishda kerak, potash K2CO3 esa shisha ishlab chiqarishda zarur.Metall holidagi kaliy juda kam qo’llaniladi. Asosan metal holidagi titanni olishda qaytaruvchi sifatida va atom reaktorlarida issiqlik tashuvchi sifatida qo’llaniladi. Lekin bunda toza kaliy emas,balki uning natriy bilan qotishmasi va hatto toza natriydan foydalaniladi.Kaliy qattiq yer qobigida 100dan ortiq mineral hosil qiladi va oz miqdorda yana yuzlarcha minerallar tarkibiga kiradi.
Yer tagida suyuq magmalar qotar ekan ,magmalarda ayrim elementlarning taqsimlanishi o’sha elementlarning harakatchanligiga, ya’ni sayohat uchun intilishiga va ularning uchuvcha gazlar yoki,aksincha harakatchan ,oson suyuqlanadigan zarrachalar hosil qilish qobiliyatlariga bog’liq bo’ladi, kaliy harakatchan oson suyuqlandaigan birikmalar hosil qiluvchi elementlar qatoriga kiradi.
U yer tagida eng avval hosil bo’ladigan dastlabki kristallar tarkibiga kirmaydi, u yer bag’rida yirik qatlamlar hosil qiluvchi basalt kabi yashil olivin jinslarda ham deyarli uchramaydi.Hatto okeanlar tubini hosil qiluvchi basalt massalarda kaliyning miqdori 0,3% dan ortmaydi.Granitlar yer qobig’ining chuqur qismlarida qotadi,granitlarda 2% ga yaqin kaliy bo’ladi, kaliy asosan ortoklaz tarkibiga kiradi.Bundan tashqari kaliy bizga ma’lum bo’lgan qora va oq slyudalar tarkibiga ham kiradi, ba’zi joylarda kaliy 2%dan ham ortiq bo’ladi. Bunday hollarda leysit deb ataladigan minerallarning oq tusli yurik kristallari hosil bo’ladi. Masalan ,Italiya lavalari kaliyga ayniqsa boydir.Shunday qilib granitlar va tog’ jinslaridan otilib chiqqan kislotali lavalar kaliy atomlarining yer qobig’idagi manbaidir. Granitlarning Yer yuzida havo, suv va ular tarkibidagi karbonat kislota ta’siridan yemirilishi, granitlar ichiga kirib borgan o’simlik ildizlari chiqaradigan kislotalar granitdagi ba’zi minerallarni yemirishi bizga ma’lum.
Dengiz suvida kaliy tuzi juda oz uchraydi. Tog’ jinslari tarkibidagi natriy va kaliyning miqdorlari bir-birinikiga yaqin bo’ladi ,lekin 1000 ta kaliy atomidan atiga 2 tasi dengiz suviga kelib tushadi, qolga 998 tasi tuproqda, balchiqlarda ,dengiz havzasi qirg’oqlaridagi cho’kindilarda, botqoqlik va daryo tublarida yutilib qoladi. Tuproq kaliyni yutadi.Bu tuproqning ajoyib xossasidir.Kaliy faqat o’simliklar uchungina zarur bo’lmasada,u tirik organizmining muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi.Masalan,odam muskullarida kaliy natriydan ko’p bo’ladi.Ayniqsa,kaliy miya,jigar,yurak va buyrakda ko’p bo’ladi.Kaliy ayniqsa organizmning o’sib rivojlanishida muhim ro’l o’ynaydi,katta odam organizmi kaliyni ancha kam talab qiladi.Kaliy natriyga qaraganda harakatchang ekanligi ma’lum bo’ldi.Radiloglarimizning xisoblashlariga ko’ra yerda atomlarning yemirilishidan hosil bo’ladigan barcha issiqlikning kamida 20% ini kaliy birikmalaridagi radioktiv o’zgarishlar beradi. Bu ma’lumotga asoslanib yerning issiqqa bo’lgan ehtiyojini qoplashda kaliy atomlarining yemirilishi naqadar katta ro’l o’ynashi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Inson organizmida kaliy moddasining ahamiyati kattadir. Kaliy mineral element bo’lib, insonning har bir hujayrasida uni uchratish mumkin. Sog’lom inson organizmida 220-250 g kaliy moddasi bolishi kerak. O’sayotgan bolada xar bir tana og’irligiga 16- 30 mg kaliy bo’lishi talab etiladi. Jismoniy harakatlarning ko’p bo’lishida , yurak faoliyatining meyorda ishlashiga kaliy elementining ahamiyati katta.
Kaliy elementining yetishmasligi yurak qisqarishini tezlashtiradi va yurak yetishmovchiligini keltirib chiqaradi.
Kaliy yetishmasligining salbiy oqibatlari
*Terining qurishi
*Sochlarning siyraklashishi
*Tirnoqlarning mo’rtlashishi
*Umumiy xolsizlanish
*Ko’ngil aynishi, siydik tuta olmaslik
*Asab buzilishi
Tanadagi holsizlanish, qon aylanishi faoliyatining buzilishi, tanadagi ko’k dog’larning paydo bo’lishi, tutqanoq tutishi organizmida kaliy yetishmasligidan dalolat beradi. Kaliy elementi asosan olma, nok, o’rik,,uzum, sitrus mevalarda , tarvuz , qovun ,baqlajon , savzi, bodring, kabi poliz ekinlarida, sut mahsulotlarida, dukkakli mahsulotlarida uchraydi.
Biz kaliyning tarihini , foydali xususiyatlarini bilibgina qolmasdan , balki kaliy konlarini qidirish , undan foydalanish texnologiyalariga egamiz.
Kaliy (arab, al-kali — potash; lot. Kalium),Kaliy — Mendeleyev davriy sistemasiningI guruhiga mansub kimyoviy element.Ishqoriy metall, tartib raqami 19, atom
massasi 39,0983. Ikkita barqaror izotop -3"K(93,259%), 4|K(6,729%), shuningdek,radioaktiv izotop 40K(T|/2= 1,32- 10"yil)dan iborat. Ingliz fizigi va kimyogari Kaliy Devi 1807 yilda Kaliy gidroksi (KON)ni elektroliz qilib, Kaliy metalini oldi va uni potassiy deb atadi. 1809 yildan u "kaliy" deb atala boshladi. Kaliy kimyoviy jihatdan faol metall, tabiatda sof holda uchramaydi. Minerallar (mas, dala shpati, slyuda, silvinit, karnallit, kainit, alunit va
boshqalar) tarkibida uchraydi. Kaliy inson va hayvon organizmi uchun muhim biogen elementlardan hisoblanadi. Kaliy tabiatda keng tapqalgan, Yer poʻstidagi miqdori ogʻirlik jihatidan 2,41%. Suyuqlanish temperaturasi 63,51°C, qaynash temperaturasi 760C zichligi 862,9 kg/m3. Birikmalarda bir valentli, atom radiusi 0,2313 nm, ion radiusi (qavsda
koordinatsion son keltirilgan) K+ Káliy / Kalium (K)
Atom raqami 19 Koʻrinishi Oqish-kumush rang yumshoq metal Atom xossasi Atom massasi (molyar massasi)
39,0983 m. a. b. (g/mol) Atom radiusi 235 pm Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) 418,5(4,34) kJ/mol (eV)
Elektron [Ar] 1s 2 2s 2 2p 6 3s 2 3p 6 4s1 konfiguratsiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |