Maxmudov umidjon maxmud o’G’li “achitqi zamburug’larini o’stirish uchun oziqa muhitlarini tanlash”


Kartoshka tuganagining kimyoviy tarkibi



Download 4,28 Mb.
bet11/29
Sana17.07.2022
Hajmi4,28 Mb.
#815160
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
himoyaa

Kartoshka tuganagining kimyoviy tarkibi



Moddalar

Miqdori

1

Suv

75,0 ± 1,2

2

Kraxmal

15,0 ± 7,0

3

Mono va oligosaxaridlar

4,0 ± 2,0

4

Kletchatka

2,5 ± 1,0

5

Oqsillar

1,6 ± 0,5

6

Lipidlar

1,2 ± 0,5

7

Organik kislotalar

0,8 ± 0,3

8

Mineral elementlar

1,2 ± 0,5


Kartoshka tugunagida 2% gacha oqsillar borligi aniqlangan. Navi va yetishtirish sharoitiga qarab tuganaklarning tarkibi keskin o’zgarishi mumkin. Masalan, oqsillardan tuganaklari tarkibida globulinlar 50-65%, albuminlar esa 20-60% bo’lishi mumkin.Tuganaklarda zaruriy aminokislotalar sintezlanadi va kartoshka ozuqa qiymatini orttiradi. Tuganaklar tarkibidagi aminokislotalardan valin 4,0 – 4,3%, leysin va izoleysin 12,9 – 13,2%, lizin va gistidin 9,7 – 9,9%, metionin 2,0 – 2,1%, treonin 4,4 – 4,7%, triptofan 1,7 – 1,8%, fenilalanin 4,6 – 4,7% bo’ladi [20].
Tuganaklar tarkibida har xil organik kislotalar, xususan limon, olma, oksalat, pirouzum, yantar va boshqa kislotalar borligi topilgan. Olma va limon kislotalar miqdori 0,4 – 0,6% va 0,6 – 0,8% quruq modda hisobida aniqlangan.
Kartoshka tuganaklari vitaminlarga boy bo’lib, 100 gr tarkibida mg kuzatilgan. Vitamin С – 10-25mg%, PP – 0,4-2,0 mg%, B1– 0,05-­0,2 mg%, B2– 0,2-0,3%, B6- 0,9- 1,2%, H - 0,004-0,002 mg%, A – 0,3-0,8 mg%, E – 0,05-0,40 mg% tashkil etadi.
Tarkibidagi vitaminlar miqdori hosil yig’ishtirish va saqlash muddatiga bog’liq. Vitaminlar miqdori yosh, yangi terilgan tuganaklar tarkibida ko’proq, saqlash davomida 8 – 10 oy muddatda askorbin kislotasi miqdori 2-3 marta kamayib ketishi kuzatilgan. Har kuni 200-300 gr kartoshka iste’mol qilinsa, uning tarkibida 10­15 mg% vitamin C bolsa, inson bu vitaminga ehtiyoji qondiriladi.
Tuganaklarda lipidlar miqdori juda oz bo’lib 0,1-0,15% og’irligiga to’g’ri keladi. Lipidlar tarkibida asosan to’yinmagan yog’ kislotalardan olein, linol va linolen kislotalar tashkil qiladi. Tuganaklarini mollarga ozuqa sifatida berilganda, ularning to’yinmagan yog’ kislotalarga bo’lgan ehtiyoji to’la qondiriladi [33].
Kartoshka tuganaklari kaliy va fosfor tuzlariga boy, undan tashqari Na, Ca, Mg, Fe, C, Cl, Zn, Br,Si, Ci, Co, B, Mn, J, S va boshqalar ham uchraydi. Tuganaklilar tarkibida kul 1% bo’lib, ularda kaliy 61 mg%, fosfor 60 mg% temir 21 mg%, magniy 23 mg%, kalsiy 10 mg%ni tashkil etadi. Tuganaklar tarkibidagi mineral elementlar yengil o’zlashtiriladigan shaklda bo’lib, asosan ishqoriy tuz vakillaridir, ular qondagi ishqoriy muvozanatni saqlaydilar. Undan tashqari tuganaklarda karotinoidlar 0,02 – 0,14 mg% miqdorida bo’lishi aniqlangan. Qobig’ida flavonlar va antotsianlar topilgan [27].
Kraxmal kartoshka tuganaklarida notekis tarqaladi. Po’stida kraxmal kam bo’lib, asosiy qismi kambiy va ichki qismi o’rtasida to’planadi. Bir xil tuganaklar tarkibida tutgan kraxmal miqdori bilan farqlanadilar, po’stida 0,05 – 0,1% erigan pektin bo’lsa, erimagan pektinlar 0,06 – 0,45% miqdorda bo’ladi. Eng ko’p С vitamini tuganakning kambiy qavatida bo’lib, uning miqdori 40 mg % gacha yetadi.
Tuganakning po’stloq va yuqori qavatida 2 ta asosiy glyukoalkaloid po’stlog’ida salonin va chakonin aniqlangan. Glyukoalkaloidlarning asosiy qismi tuproqda va kam miqdorda tuganaklarda to’planadi. Bu moddalar 200 – 400 mg miqdorda juda zaharli bo’lib, hayvon va inson organizmiga tushsa, kuchli zaharlaydi. Tuganaklarning zaharliligi o’sish davomida va uni qaynatilganda kuchayishi mumkin. Yosh tuganaklarda solanin to’planishi 1 dan 10 mg % gacha bo’lishi mumkin. Po’sti tarkibida ko’p to’planib, ular ko’kargan va o’zgargan tuganaklarda ko’rish mumkin [45].
Mineral moddalar tuganaklarida notekis tarqalgan, asosan po’stida, ozroq o’rtaqismida, yuqori qismida asosiga ko’ra ko’proq bo’ladi. Masalan, po’stida kaliy miqdori 417 mg% bo’lsa, fosfor 51,5 mg%, magniy 23,2 mg%.
Kartoshka – parrandalar uchun yaxshi oziq hisoblanadi. U ayniqsa, kraxmal (uglevod) moddasiga boy. Tarkibida 77,2% suv, quruq modda bo’lib, shundan 20% kraxmaldir. Quruq moddasining 9% protein, 1% yog’, 3% kletchatka, 82% azotsiz ekstraktiv moddalar, 5% kul qolidig’idan iborat. Kartoshkaning tarkibida to’liq to’yimli aminokislotalardan lizin, metionin va triptofin; azotsiz ekstraktiv birikmalardan shakar, kraxmal, pentozalar, sellyuloza, lignin; mineral moddalardan kalsiy, fosfor va mikroelementlardan marganes, mis, rux, kobalt; vitaminlardan karotin, tiamin, riboflavin, holin, nikotin va pantoten kislotalari bor. Uning to’yimliligi ham yuqori. Har 100 kg kartoshkada 30 oziq birligi, 1, 6 kg oziq proteini, 2 kg kalsiy, 7 kg fosfor borligi aniqlangan. Kartoshkaning to’yimli oziq ekanligini hisobga olib, uni parranda va cho’chqalar uchun oziq rasioniga konsentrat yemga nisbatan 15-20% miqdorida qo’shib berish mumkin. Parrandalarga va mollarga kartoshkani albatta pishirib berish kerak. Chunki uning tarkibida organizmni zaharlaydigan glyukoalkoloidlardan biri solanin bo’lib, qaynatilganda solaninning ko’p qismi suvga o’tadi va kartoshka zaharsizlanadi. Ammo kartoshka qaynatilgan suvni parrandalarga va mollarga berish yaramaydi.
Ildizmevalar o’z tarkibida 75 – 88% suv va 9 – 24% uglevodlar saqlaydi. Uning ozuqa qimmatini tarkibidagi uglevodlar belgilaydi. Ildizmevalardagi uglevodlar ularning navi, turi, yetishtirish sharoiti va joyiga bog’liq bo’ladi. Qand lavlagi tarkibida uglevodlar ko’proq 12 – 24% to’planadi, eng kam miqdorda sabzi mevasida 5 – 8% kuzatiladi.

Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish