Maxalliy byudjet – byudjet tizimining muhim bo’g’ini sifatida



Download 472,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/46
Sana28.12.2020
Hajmi472,87 Kb.
#53799
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46
Bog'liq
maqola uchun 8

22

 Karimov I.A. O`zbekistonda demokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyati 

asoslarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari. 2002 yil 30 avgust.  




 

 

42



     Mahalliy byudjet xarajatlarini tahlil qilishdan oldin byudjet xarajatlarining 

byudjet bo'g`inlari o'rtasida taqsimlanishini aniqlab olish lozim. Ko'plab xarajat 

vakolatlari boshqaruv organlarining ikki bo'g`ini - respublika va mahalliy 

boshqaruv organlari orasida bo'linadi.  Bunda xarajatlar uchun aniq 

reglamentlash  va  chegaralangan  javobgarlikning  yo'qligi  yangi  tashkil  

qilinayotgan muassasalar byudjeti manbasini aniqlashda anglashilmovchilikka 

olib keladi,  boshqaruv organlarining  byudjet  mablag`ini  ishlatishdagi 

mas'uliyatini mavhumlashtirib, aholiga xizmat ko'rsatish sifatining pasayishiga 

olib keladi. 

     Byudjet federalizmi nazariyasida qayd qilinishicha, eng yaxshi samaradorlik 

saylanadigan mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari o'z xarajatlari haqida 

o'zlari qaror qabul qilgan va ularni mahalliy soliqlar hisobiga qoplaganida 

yuzaga keladi.  

Boshqacha qilib aytganda, markazlashtirishning barcha afzalliklarini qo'lga 

kiritgan holda mahalliy hokimiyat xarajatlar vakolatlarini kengaytirish, uni 

tegishli moliya resurslari va soliq daromadlari bilan mustaxkamlash hamda 

ulardan foydalanish sohasida vakolatlarini kengaytirish kerak. 

     Davlat byudjetining mablag`lari turli darajadagi byudjetlar o'rtasida quyidagi 

tarzda qayta taqsimlanadi: 

Ø

   umumdavlat soliqlari va boshqa umumdavlat daromadlari bir qismining 



belgilangan  me'yorlarida turli daraja byudjetlariga ajratilishi; 

Ø

   yuqori  byudjetlardan  quyi  byudjetlarga  byudjet  subvensiyalari  va 



dotatsiyalarining ajratilishi; 

Ø

   yuqori byudjet bo'g`inidan quyi byudjet bo'g`inlariga, quyi byudjet 



bo'g`inlaridan yuqori byudjet bo'g`inlariga byudjet ijrosi jarayonida 

yuzaga     keluvchi  o'zaro  hisob-kitoblar  bo'yicha  mablag`larning  

yo'naltirilishi; 

Ø

  byudjet ssudalarining ajratilishi. 




 

 

43



     Ma'lumki, respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga ajratiladigan byudjet 

subvensiyalari va dotatsiyalari davlat byudjeti parametrlarida belgilangan 

tartibda amalga oshiriladi. Bunday ajratmalar miqdori quyidagilarga bog`liq: 

o  hududlar moliyaviy holatiga, jumladan, ularni o'z daromad bazalarining 

yetarligiga; 

o  ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, demografik va boshqa umumdavlat vazifalari 

va dasturlariga; 

o  hududlar bo'yicha tovar (ish, xizmat)lar qiymatidagi farqlarga; 

o  har qaysi hududlar aholisining soniga; 

o  ushbu hududda joylashgan tashkilotlarning byudjet ajratmalariga bo'lgan 

ehtiyojiga; 

o  hududlar o'rtasidagi moliyaviy nomutanosiblik (tafovut)ni bartaraf etish 

uchun hisobga olinadigan boshqa omillarga. 

     Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar mablag`lari 

tasdiqlangan byudjet doirasida xarajat qilinadi. Qoraqalpog`iston Respublikasi 

byudjeti va mahalliy byudjetlar xarajatlari tasdiqlangan byudjetdan mablag`lar 

ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi

23



1.  Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti  va  mahalliy byudjetlardan 

moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining joriy xarajatlari shaklida; 

2.     Joriy byudjet trasfertlari shaklida; 

3.     Kapital xarajatlar shaklida; 

-    asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog`liq ishlar va xizmatlar ham 

shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab 

chiqarishga; 

-    davlat ehtiyojlari uchun yerga bo`lgan huquqni va boshqa nomoddiy 

aktivlarni   olishga; 

4.    Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida. 

                                                             


Download 472,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish