13 066,1 27 752,9 34 412,9 39 689,5 71 028,0 106 022,0
38
Jadval ma’lumotlarini taxlil qiladigan bo’lsak, Jizzax viloyati maxalliy
byudjet daromadlari yildan yilga o’sish tendentsiyasiga ega. 2007 yilda maxalliy
byudjet daromadlari 42741,1 mln so’mni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich
2012 yilga kelib 208244, mln so’mni tashkil etgan.
Jizzax viloyati tumanlari misolida qaraydigan bo’lsak, asosiy maxalliy
byudjet daromadlarining ko’p qismi Jizzax shaxar, tuman va G’allaorol
tumanlariga to’g’ri kelishini ko’rishimiz mumkin. 2012 yilda Jizzax shaxar
maxalliy byudjet daromadlari 19434,3 mln so’mni tashkil etgan.
Byudjetlar o’rtasida daromad va xarajatlarning har qanday ko’rinishdagi
taqsimlanishi vertikal(tik) va gorizontal(bo’ylama) mutanosibsizlikka olib
kelishi mumkin. Byudjetning vertikal mutanosibsizligi(dibalansi) mahalliy
byudjet xarajatlarining o’z manbalaridan oladigan daromadlaridan oshib
ketishidir Byudjetning gorizontal dibalansi esa, turli darajadagi byudjetlarda
daromad va xarajat qoldiqlarining o’zgarib turishidir. Byudjet dibalansining
mavjudligi davlatlarining o’tish davridagi xos xususiyat emas. Xususan
gorizontal dibalans xarajatlar hajmidagi ta’sir ko’rsatadigan iqtisodiy
aktivlik, tabiiy resurslar va demografik omillarning geografik notekis
taqsimlanishi oqibatidir. Malumki, gorizontal va vertikal dibalansni
tenglashtirish, tekislash maqsadida Respublika byudjetidan, mahalliy
byudjetlarga turli shakldagi moliyaviy yordamlardan foydalaniladi. Bular
dotatsiya, subvensiya va maqsadli subsidiyalardir.
Mahalliy byudjetlarning bu daromad turining o’ziga xos tomonlari
mavjud. Yuqori byudjetlardan ajratiladigan subvensiya, dotatsiya va
subsidiyalar boshqa daromad turidan farq qilib, bu daromad turlari yil boshida
tasdiqlangan reja miqdorida olinadi, yani bu daromad turlariga yil davomida
o’zgartirishlar kiritilmaydi.
Dotatsiya (lotincha, dotatio – hadya, xayr-ehson) byudjetni tartibga solish
usuli sifatida o’z daromadlari va byudjetni tartibga solishning boshqa
mablag’lari, xususan, tartibga soluvchi daromadlaridan ajratmalar yetishmagan
39
taqdirda xarajatlar va daromadlar o’rtasidagi farqni
qoplash uchun yuqori
byudjetdan quyi byudjetga qat’iy summada beg’araz va qaytarmaslik sharti bilan
ajratiladigan pul mablag’laridir
1
.
Subvensiya (lotincha, subvenire – yordamga kelish) yuqori byudjetdan
quyi byudjetga muayyan maqsadlarda foydalanish sharti bilan beg’araz
ajratiladigan pul mablag’laridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: