muallif tomonidan tayyorlandi.
34
O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan tartibga soluvchi
soliqlardan ajratmalar me’yorlari viloyatlar va soliqlar bo’yicha
differensiyalashgan bo’lib, xap yili qayta ko’rib chiqiladi. Bu me’yorlar
moliyaviy yil boshlangunga qadar, umumdavlat ehtiyojlarini ta’minlash uchun
zarur bo’lgan xarajatlarning umumiy hajmi bo’yicha qabul qilingandan so’ng
o’rnatiladi
Respublikamiz soliq tizimida mavjud mahalliy soliq va yig’imlarga xos
bo’lgan umumiy xususiyatlarning ayrimlari sifatida quyidagilarni qayt etish
mumkin:
mahalliy soliqlar va yig’imlar mahalliy davlat hokimiyati idoralari
tasarrufida bo’lgan hududlar ehtiyoji uchun ishlatiladi.
ularning asosiy qismi mahalliy byudjetlarning bevosita o’zlari tomonidan
joriy etiladi;
ularning huquqiy jixatdan tartibga solishda mahalliy byudjetlaga bir
qadar vakolatlar berilgan bo’lsada, respublika qonunchiligi bilan ham
hisoblashishini talab etadi va boshqalar.
Shuningdek mahalliy soliq va yig’imlarning muxim xususiyatlaridan
biri, ularni belgilash usuliga ko’ra ikki guruxga, yani respublika qonunchiligi
bilan joriy etiladigan va mahalliy davlat hokimiyati idoralari qonunchiligi bilan
joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yig’imlarga bo’linishidir.
Byudjetlar o’rtasida daromadlarni qayta taqsimlash nuqtai nazaridan
soliqlarning bo’linishi va ularni byudjetning ma’lum bo’g’iniga biriktirilishi
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Prezidentimiz quyidagi fikrni
bildirganlar: «Muayyan byudjetlarni shakllantirish manbalari bo’lgan respublika
soliqlari bilan mahalliy soliqlar o’rtasida aniq chegara o’tkazish soliq tizimini
takomillashtirishning eng muhim yo’nalishidir».
18
18
1
Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.-T.: «O’zbekiston», 1995. 208-b
35
Mahalliy byudjetlarning xarajatlarini daromadlari bilan taqqoslash hamda
uning dotatsiya yoki subvensiyadan foydalanish natijalariga qarab “o’z daromad
bazasi bilan ta’minlanganlik” ko’rsatkichini aniqlash mumkin. Byudjet tizimida
mahalliy byudjetlar bo’g’inining va ayniqsa, bir bo’g’indagi mahalliy
byudjetlarning yuqori byudjet bo’g’ini bilan munosabatlarini tashkil etishda
mahalliy byudjetlarning donor turini (o’z mablag’ini hisobiga boshqalarni
ta’minlaydigan) yoki retsipient turini (o’z daromad bazasi yetishmasdan boshqa
byudjetlar) farqlash lozim.
Ayni vaqtda mahalliy byudjet daromadlarining shakllanish mexanizmi
quyidagicha:
1) Mahalliy soliqlar.
2) Umumdavlat soliqlaridan ajratmalar.
3) Mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi tafovvutni
qoplashga qaratilgan byudjet dotatsiyasi.
4) Mahalliy byudjetda ko’zda tutilgan maqsadli xarajatlarni amalga
oshirishga qaratilgan subvensiya.
Umumdavlat soliqlaridan yuridik shaxslarning daromad (foyda)lariga
soliq, jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq, qo’shilgan qiymat
solig’i va aktsiz solig’i tartibga soluvchi umumdavlat soliqlari deb atalib, har yili
qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo’yicha tegishli byudjetlar
o’rtasida taqsimlanadigan soliqlardir.
“Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonunga muvofiq byudjet munosabatlarida
turli byudjetlar o’rtasida taqsimlanadigan quyidagi mablag’lar qaysi
byudjetlardan yo’naltirilayotgan bo’lsa, shu byudjetlar xarajatlari tarkibiga,
qaysi byudjetga borib tushayotgan bo’lsa, shu byudjetlar daromadlari tarkibiga
kiritiladi:
1. tasdiqlangan miqdorlar doirasida byudjet subvensiyalari va dotasiyalari.
2. byudjet ssudalari va ularning qaytarilishi.
36
3. yuqorida ta’kidlangan qonunga va tegishli yilning
Davlat byudjetiga muvofiq
amalga oshiriladigan boshqa o’zaro hisob kitoblar.
Do'stlaringiz bilan baham: