II. bob. ,,Yevropada XI-XV asrlarda maorif va fan” mavzusini o’qitishda zamonaviy metodlar va pedagogik texnologiyalardan foydalanish
2.1. ,,Yevropada XI-XV asrlarda maorif va fan” mavzusini o’qitishda zamonaviy metodlar
Ta’lim tizimini ketma-ket va bosqichma-bosqich axborotlashtirishdan asosiy maqsad quyidagilar:
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim tizimiga joriy qilish mexanizmini ishlab chiqish;
о‘qitish jarayonining axborotlashgan tizimini yaratish, uni zamonaviy texnologiyalar asosida boshqarish tizimini tashkil etish.
Ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini tatbiq etish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
yangi axborot texnologiyalarini о‘quv jarayoniga tatbiq etish uchun lozim moddiy-texnik bazasini yaratish;
о‘quv jarayoni uchun yangi axborotlashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va qо‘llash;
talabalarning zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bilim va kо‘nikmalarini shakllantirish;
ta’lim-tarbiya va о‘qitish jarayonining samaradorligini oshirish.
Ta’lim texnologiyalarini tasniflash borasida bir qancha qarashlar mavjud. Mualliflar M. G. Savelyeva, T. A. Novikova, N. M. Kostinalar barcha ta’lim texnologiyalarini talabalarning о‘quv faoliyatidagi faollik darajasiga qarab shartli ravishda an’anaviy klassik va zamonaviy turlarga bо‘ladi. An’anaviy klassik texnologiyalarni, о‘z navbatida, reproduktiv va faol, zamonaviy texnologiyalar guruhini muammoli qidiruv va interfaol guruhlarga bо‘ladi[3]. Talabalarning о‘quv faoliyatidagi faollik darajasiga muvofiq ta’lim texnologiyalarini quyidagicha tasnif qilish mumkin:
Ta’lim texnologiyalar
|
An’anaviy klassik
|
Zamonaviy
|
Reproduktiv
|
Faol
|
Muammoli-qidiruv
|
Interfaol
|
passiv
axborotli
ma’ruza,
so’rov,
nazorat ishi,
darslik bilan ishlash
|
O’quv-tadqiqotchilik:
– referat tayyorlash va himoya qilish;
– kurs ishi tayyorlash va himoya qilish;
– ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish;
– fan olimpiadalarida ishtirok etish;
– axborot resurslari bilan ishlash
|
muammoli ma’ruza,
muammoli seminar,
amaliy mashg’ulot,
laboratoriya ishi,
maslahatlar,
mustaqil ta’lim
|
o’yinli,
munozarali,
treningli,
reytingli,
refleksiv
|
|
|
|
|
|
Faol va interfaol ta’lim texnologiyalari reproduktivdan farqli ravishda о‘qitishni mahsuldor ijodiy faoliyat asosida tashkil etishni talab etadi. Ularning har biri mohiyat jihatdan bilish faoliyatini rivojlantirish jarayonini boshqarish vositasida yuzaga chiqadi. Faol texnologiyalar tizimida muammoli vaziyatlarni о‘qituvchi va talaba hamkorlikda tahlil qiladi va hal etadi. Interfaol texnologiyalarda muammoning yechimini topish vaziyat tahlili va о‘yinli loyihalash jarayonida о‘qituvchi va butun guruh a’zolarining faol ishtirokida jamoaviy hal etadi. Agar muammoli vaziyatni hal etishda butun auditoriya ishtiroki ta’minlansa, faol texnologiya interfaolga aylanadi.
Ma’lumki, interfaollik obyektlar о‘rtasidagi о‘zaro ta’sir xarakteri va darajasini yorituvchi tushuncha bо‘lib, kо‘proq informatika nazariyasi, informatika va dasturlash sohalarida, shuningdek, telekommunikatsiya, sotsiologiya, sanoat dizayni va boshqa tizimlarda qо‘llanadi. Interfaollik tizimlarni tashkil etish prinsipi bо‘lib, bu tizim elementlari orasida axborot almashishga erishish maqsadini kо‘zlaydi.
Interfaol texnologiyalarning asosiy konsepsiyasi:
muammoli vaziyatlardan foydalanib, axborotning faol almashinishi va о‘zlashtirilishiga erishiladi;
interfaol muloqot aqliy rivojlanishga imkoniyat yaratadi;
qaytar aloqaning ta’minlanishi orqali axborotni uzatuvchi va qabul qilib oluvchi о‘rtasida kommunikativ rol almashinadi;
bilimlarni nazorat, qilish olingan bilimlarni amaliyot va aniq sharoitlarda qо‘llash kо‘nikma va malakalarini rivojlantiradi.
Interfaol texnologiyalar о‘quvchilar bilan о‘quv muhitining tо‘g‘ridan tо‘g‘ri ta’sirlashishiga asoslanadi. Ta’lim oluvchi tajribasi bilishning markaziy faollashtiruvchisi bо‘lib xizmat qiladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida qaytar aloqani amalga oshirishda nazorat dasturlaridan foydalanish muammosi borasida A. A. Abduqodirov va A. Pardayevlarning tadqiqotlari alohida ahamiyat kasb etadi[4].
Xalqaro trening markazining (AQSH, Merilend shtati) 80-yillarda о‘tkazgan tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, interfaollik materialni о‘zlashtirish darajasini tez kо‘tarar ekan. Bu tadqiqot natijalari jadvalda yoritilib, “о‘qitish piramidasi” nomini olgan. Unda eng past о‘zlashtirishni passiv metodikalar (ma’ruza 0,5%, о‘qish-10%) ko‘rsatgan bо‘lsa, interfaol (munozarali guruhlar – 50%, harakat orqali amaliyot – 75%, boshqalarni о‘qitish yoki tezkor qо‘llash – 90%) metodikalar yuqori kо‘rsatkichni tashkil etgan[5].
Zamonaviy ta’lim tizimining asosini yuqori sifatli va texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlantirilishi texnik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit ta’lim tizimini takomillashtirishga, ta’limda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga xizmat qiladi.
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari interfaol dasturiy vositalarni yaratish, saqlash, yetkazish, qidirish kabi jarayonlarni optimallashtirish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi. Hozirda ta’lim muassasalarida elektron shaklda turli pedagogik axborot-ta’lim resurslari yaratilgan, ammo ulardan foydalanishning tashkiliy asoslarini yaratish borasidagi tadqiqotlar yetarli deb bо‘lmaydi[6]. Ta’lim oluvchilarning zamonaviy talablarga mos bilim olishini ta’minlash maqsadida barcha о‘quv muassasalari ta’lim muhitida innovatsion texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, biologiyadan interfaol mashg‘ulotlar va laboratoriya mashg‘ulotlari yordamida har qanday murakkab hodisa yoki jarayonni kuzatish imkoni bо‘lmagan tajribalarni kо‘rsatish va о‘quvchilarga tushuntirish mumkin[7].
Interfaol testlar yoki qaytar aloqani ta’minlash orqali ta’lim jarayonida nafaqat ta’lim sifatini orttirish, balki moliyaviy resurslarni iqtisod qilish, xavfsiz va ekologik muhit yaratish imkoni mavjud. Shuningdek, turli fanlardan qiziqarli interaktiv mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlaridan uy sharoitida ham о‘tkazish, virtual laboratoriya ishlarini ma’ruza materiallariga qо‘shimcha material sifatida ham namoyish etish, kompyuter sinflarida talabalar о‘zlashtirishini nazorat qilish, turli tanlovlar о‘tkazish maqsadida ham foydalanish mumkin.
Ta’lim oluvchilarning fan-texnikaning sо‘nggi yutuqlaridan amaliy faoliyatlarida bevosita samarali foydalanishlarini nazarda tutgan holda interfaol dasturiy vositalar yordamida ta’lim jarayonini integratsiyalab о‘qitishning о‘ziga xos shart-sharoitlari va ahamiyatini tahlil qilish zarur.
Biologiya ta’limi jarayonini interfaol dasturiy vositalar yordamida tashkil etishning о‘ziga xos ijobiy tomonlari mavjud. Pedagog interfaol dasturiy vositalar yordamida о‘quv materialiga ishlov berishi natijasida о‘quv materiali bо‘yicha axborotlarni qabul qilish, ularni atroflicha mustahkamlash va sinash yagona tizimga aylanadi. Ta’limda amal qiladigan qaytar aloqa yangicha ahamiyat kasb etdi. Mavzularni tо‘liq о‘zlashtirish uchun psixologik, pedagogik, didaktik, uslubiy jihatdan zamin yaratiladi. Biologiya ta’limi jarayonini interfaol dasturiy vositalar yordamida asosli loyihalash ilm orqali ta’lim va ilmiy tayyorgarlikni muvofiqlashtirish, talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik imkoniyatlarini rivojlantirish darajasini orttirishga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Interfaol dasturiy vositalarni qо‘llash asosida:
ta’lim oluvchilarning axborotlarni qabul qilish va qо‘llash malakalari oshadi;
amaliy faoliyatida axborotlarni о‘ziga xos tushunish va qо‘llash imkoniyatlari kengayadi;
jahon ommaviy axborot vositalari bilan erkin muloqoti ta’minlanadi.
2.2. ,,Yevropada XI-XV asrlarda maorif va fan” mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Innovatsion ta’lim texnologiyalari biologik ta’limni yangicha tashkil qilinishiga asos yaratadi. Bunday ta’limda pedagoglar, kompyuter dasturchilari va mutaxassislari yordamida qalbi pok, mehridaryo o’quvchilar uchun yangi o’qitish kurslarini yaratishlari taqozo etiladi. Hozirda ta’lim muassasalari innovatsion kompyuter, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asosida jihozlanmoqda. Bu o’z navbatida pedagoglarning o’z mehnat faoliyatlariga yangicha yondashuvlarini talab etadi. Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi pedagogni o’quv jarayonida ta’lim vositalari asosida faoliyat doirasining cheklanishiga emas, balki uning vazifalari, rolini o’zgarishiga, pedagogik faoliyatning mukammallashuviga olib keladi”
Innovatsion ta’lim texnologiyalarga asoslangan ta’limning imkoniyatlari
Ta’lim tizimida zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish quyidagi afzalliklarni yaratadi:
o’quvchilarga keng spektrdagi imkoniyatlarni taqdim etadi, ya’ni o’rganilayotgan ob’ekt -predmetni multimediali tizimlar yordamida o’rganish;
o’zlashtirilayotgan o’quv materiallarini qayta - qayta namoyish qilish va imitatsiya qilish imkoniyatini beradi;
S) maxsus kompyuter dasturi yordamida predmetning o’lchami va xajmini, uni mukammalroq o’rganish maqsadida, kattalashtirish yoki kichiklashtirish, yaqiklashtirish yoki uzoqlashtirish imkoniyatini beradi;
D) virtual tasvir yordamida oddiy, tabiiy holatda yaratib bo’lmaydigan sharoitlarni ham kompyuter yordamida tasvirlash va har xil o’lcham hajmga ega bo’lgan eksperiment natijalarni ekranda paydo qilish mumkin.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash mumkinki, ta’limda innovatsion texnologiyalarini qo’llash o’quvchilarning mustaqil fikrlashi va nutq yuritishiga karatilgan" metod ekanligiga amin bo’ldik. Shuni ham ta’kidlab o’tmoq joizki, o’qituvchi darsga tayyorlanayotganida darsning maqsadiga muvofiq keladigan turli xil interaktiv va innovatsion o’yin - topshirikdarni tanlash lozimligini unutmaslik kerak. Darsga tayyorlanishda o’qituvchi o’yin - topshiriqlarning miqdorini, uni bajarishga sarflanadigan vaqtini ham aniq belgilab olishi lozim. Ustma — ust o’quvchilarni o’yin — topshiriqlar bilan band qilib qo’yish ta’lim samaradorligini oshirishga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shuning uchun topshiriqni bajarishga ortiqcha vaqt sarflash ham o’quvchilar faolligini oshirishga putur yetkazib qo’yishi mumkin. Shu sababli o’yin - topshiriqlarni sharti o’quvchilarning yosh xususiyati va real o’quv imkoniyatlariga muvofiq kelishi lozim.
O’qituvchi o’yinda o’quvchilar yo’l qo’yadigan xatolarni bartaraf etishni ham unutmasligi kerak. Ammo o’yin davomida bu ishni amalga oshirish ancha murakkab. Shuning uchun o’qituvchi o’yinning oxirida o’quvchilar kuchi bilan yo’l qo’yilgan xatolarni izohlashi, uni bartaraf etishi choralarini ko’rishi lozim. Shundagina u ta’limda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan to’gri va oqilona foydalangan bo’ladi. Bular esa yana bir bor ta’limda innovatsion ta’lim texnologiyalarining qanchalik muhim ekanligini ko’rsatib beradi.
Biologiya darsligida o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini faollashtiradigan, mustaqil ishlashi va ijodiy fikr yuritish, o’zlashtirgan bilimlarini nazorat qilishi va o’z-o’zini baholash, mantiqiy fikr yuritish operatsiyalarini bajarish natijasida biologik bilimlarni ongli o’zlashtirish ko’nikmalarini egallashlariga zamin tayyorlangan.O’qituvchi biologik ta’lim samaradorligiga erishish va o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishi uchun ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari va ularni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish usullarini bilishi lozim.
Ushbu usullar bilan tanishib chiqamiz:
Ta’lim mazmunining tarkibiy qismi bo’lgan bilimlar o’quvchilar tomonidan o’quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, tasavvur qilish, abstrakt fikr yuritish, o’rganilgan ma’lumotlarni yodda saqlash, bilimlarni tanish odatiy va yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llash bosqichlari yordamida o’zlashtiriladi. O’quvchilarda faoliyat turlari - ko’nikma va malakalarni shakllantirish ko’nikma tarkibiga kiradigan ish usullarni aniqlash va ularni bajarish, ko’rsatmaga binoan shu ish usullarini takror mashq qilish, ko’nikmalarni tanish, odatiy va kutilmagan yangi vaziyatlarda ijodiy qo’llash kabi bosqichlarni o’z ichiga oladi. Ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi bo’lgan ijodiy faoliyat tajribalari o’quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritishiga zamin tayyorlab, uni o’qituvchining tayyor axboroti orqali shakllantirish mumkin emas. O’quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish uchun ular o’quv materialini mustaqil ravishda o’zlashtirishlari, o’quv topshiriqlarini bajarish jarayonida muammolarni idrok etishi, tasavvur qilishi, abstrakt fikr yuritishi, o’rganilayotgan ob’ektlarni tahlil va sintez qilishi, taqqoslashi, o’xshashlik va umumiy tomonlarini aniqlashlari, fikr va goyalarni umumlashtirib, xulosa yasash orqali bilim, ko’nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llashni o’rganishlari lozim.
Ta’lim mazmunining to’rtinchi tarkibiy qismi hisoblangan qadriyatlar tizimi o’qitish jarayonida ta’lim-tarbiyaning uzviyligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlash, o’quvchilarda tabiat va butun borliqqa nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishga xizmat qiladi. O’quvchilar mazkur tarkibiy qismni o’zlashtirishlari uchun avval o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlar ijodiy qo’llashlari, bir so’z bilan aytganda faol o’quv-bilish faoliyati talab etiladi.Ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari davlat ta’lim standartlarining asosini tashkil etadi.Davlat ta’lim standartlari ta’lili uning quyidagi tarkibiy qismlardan iboratligini ko’rsatdi:
Asosiy qism - ta’lim-tarbiya jarayonidan ko’zlangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga imkon beradigan biologik bilim, ko’nikma va malakalarning majmuasi sanaladi. Ta’lim mazmunining asosiy qismi bilimlar, faoliyat turlari - ko’nikma va malakalardan iborat bo’ladi.
Kengaytiruvchi tarkibiy qism - o’kuvchilarning biologik bilimlari va mustaqil hayotga tayyorgarligini orttirishga imkon beradigan, shaxs yoki gurux qiziqishlarini rivojlantirishga yo’nalti-rilgan ta’lim mazmuning bir qismi. Bu qism ta’lim mazmunining ijodiy faoliyat tajribalari va qadriyatlar tizimini o’z ichiga oladi.
Yordamchi qism - biologiya kursining mantiqiy strukturasining yaxlitligini ta’minlovchi ta’lim mazmuninining ma’lum bir bo’limi. O’quvchilarning qiziqishlari, istagi va ehtiyojlari asosida darsdan va sinfdan tashqari tashkil etiladigan mashgulotlarning mazmunini tashkil etadi.
Biologiyani o’qitishda tushunchalarni shakllantirish barobarida ko’nikmalar ham tarkib toptiriladi. Ushbu ko’nikmalarning eng asosiylari amaliy va o’quv mehnati ko’nikmalari jadvalda berilmoqda.
-jadval
Amaliy va o’quv Mehnati ko’nikmalari
|
Ko’nikmalar tarkibiga kiradigan usullar
|
Laboratoriya jihozlari va asboblari bilan ishlash ko’nikmalari
O’simliklardan gerbariy, xasharotlardan majmua tayyorlash ko’nikmalari O’simliklar ustida kuzatish va tajribalar o’tkazish ko’nikmalari
Ob’ ektlarni tanish ko’nikmalari
O’ quv mehnati
|
Kattalashtiruvchi asboblar bilan ishlash, mik- ropreparatlarni tayyorlash, ularni mikroskop yordamida ko’rish, bakteriyalar uchun oziq muhitini tayyorlash, bakteriyalarni klonlash, laboratoriya mashg’uloti uchun kerakli jihozlarni tanlay olish va asrash.
O’simliklar va hasharotlarda yashash uchun kurash, moslashishlar, tabiiy tanlanish va idioadaptatsiyani o’rganish bo’yicha o’tkazilgan kuzatishlar asosida gerbariylar, kollektsiyalar tayyorlash, ularni talab darajasida rasmiy- l ashtirish. Hasharotlarda moslashish, yashash
|
ko’nikmalari
|
uchun kurashga oid majmualar tayyorlash va uni jihozlash.
O’simliklar va hayvonlarda yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish va irsiyat qonunlarini o’rganish bo’yicha kuzatish va tajribalar o’tkazish.
Evolyutsiya dalillari, oziq zanjirini tashkil etuvchi organizmlar, organizmlardagi moslanish turlari, transgen o’simliklar va gibridomalarni ajrata olish.
Darslikda va boshka qo’shimcha o’quv adabiyotlardagi matnni mustaqil o’zlashtirish, asosiy goya va tushunchalarni ajrata olish, rasm, jadval, sxemalarni izoxlash, savollarga javob topish, o’z fikrini qisqa va lo’nda bayon etish, asoslash, misollar yordamida dalilay olish, o’quv materialini qayta ishlash, qisqa matn tuzish, ma’ruza, referat tayyorlash va ularni talab darajasida rasmiylashtirish.
|
|
|
DTS ning ikkinchi kengaytiruvchi tarkibiy qismi o’quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirishga mo’ljallangan bo’lib, mustaqil va ijodiy fikr yuritishga asos bo’lib xizmat qiladi.
O’qituvchi yangi mavzu bo’yicha o’quv topshiriklarini tuzganda o’quvchilarning o’rganilayotgan ob’ektni avval o’rganilgan ob’ektlar bilan taqqoslashi, o’xshashlik va farqlari, o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashi, mazkur ob’ektlar o’rtasidagi umumiylik, o’rganilayotgan ob’ektning o’ziga xos tomonlari, eng muhim jihatlarini topishi buning uchun avval o’zlashtirgan bilimlari va ko’nikmalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llab yangi mavzu mazmunini o’zlashtirish imkoniyatini nazarda tutmogi lozim.
DTS ning uchinchi tarkibiy yordamchi qismi o’kuvchilarning biologiya o’quv faniga bo’lgan qiziqishlari va ehtiyojlari asosida o’qituvchi tomonidan olib boriladigan darsdan va sinfdan tashqari mashg’ulotlar hamda o’quvchilarning mustaqil ta’limini o’z ichiga oladi.
O’quvchilarning mustaqil ta’limi qo’shimcha o’quv adabiyotlari, internet, multimedialar vositasida muayyan mavzularda izlanishlar olib borishi, ma’ruza va referatlar tayyorlashi, o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar ustida kuzatish va tajribalar o’tkazishi, ularning natijalarini izohlash va rasmiylashtirishlari, respublikamizda sog’lom turmush tarzini shakllantirish borasida va ekologik muammolarni hal etishga oid tashkil etiladigan turli tanlovlar uchun materiallar tayyorlash, olimpiadalarga tayyorgarlik ko’rish kabilarni o’z ichiga oladi.
Biologiyani o’qitishda e’tiborni qaratish zarur bo’lgan masalalar o’quvchilarni aqliy, ahloqiy, estetik, mehnat, jinsiy, ekologik, iqtisodiy, gigienik va jismoniy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, shaxs kamolotining tabiat bilan uyg’unligi, tabiatga nisbatan mehr- muhabbat tuyg’usi va ongli munosabatni tarkib toptirishda tabiatning tutgan o’rni;Tabiatni muhofaza qilish bo’yicha ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish, tabiat barcha san’at turlarini rivojlantiruvchi manba ekanligi;
Shaxs kamolotining tabiat bilan uyg’unligi, ishlab chiqarish va agrosanoatni rivojlantirish, xom ashyodan olinadigan tovarlar, ularni ishlab chiqarishda mikrobiologiya usullaridan foydalanish, gen daktiloskopiyasi va genlar spektri yordamida shaxsni aniqlash texnologiyasining yaratilganligi, ekologik muammolar, suv, x,avo, tuproq, qishloq xo’jaligi, odam ekologiyasi, ularni muhofaza qilish bo’yicha olib borilayotgan tadbirlar, tabiiy boyliklar va ulardan unumli foydalanish yo’llari va chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish muammolari.
Do'stlaringiz bilan baham: |