Mavzu:,,Yevropada XI-XV asrlarda maorif va fan” mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish Mundarija Kirish I bob. Yevropada XI-XV asrlarda maorif va fan haqida umumiy ma’lumotlar va asosiy omillar



Download 90,72 Kb.
bet2/6
Sana16.03.2022
Hajmi90,72 Kb.
#492811
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
,,Yevropada XI-XV asrlarda maorif va fan” mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishi ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.

I bob. Yevropada XI-XV asrlarda maorif va fan haqida umumiy ma’lumotlar va asosiy omillar
1.1. Yevropada XI-XV asrlarda maorif va fan haqida umumiy ma’lumotlar
Franklar imperiyasida madaniyat. Buyuk Karl o‘z davlatida yangi maorif tizimini yaratadi. Qirol farmoniga ko‘ra xalq maktablari joriy etiladi. Unga binoan, maktablar ibodatxonalar qo shida tashkil etilib, ruhoniylarga oddiy xalq far zandlarini bepul o‘qitish buyurilgan. Saroyda ham maktab tashkil etilib, unda Karlning yaqin do‘st lari, olimlar – saroy akademiyasi a’zolari saboq berishgan. Saroy akademiyasiantik davr mualliflari asarlarini o‘r ganish, she’rlar bitish bilan shug‘ullangan. Ulardan biri tarixchi-rohib Eyngard asaridan biz Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqidagi ma’lu motlarni olamiz. Eyngardni zamondoshlari ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi tufayli «mehnatsevar chumoli» deb ataganlar. Saroy aka demiyasining yana bir a’zosi Alkuinva u nin g shogirdlari maorifni yo yishda katta xizmat qilgan.
Vizantiya madaniyati. O‘rta asrlar davrida Vizantiya o‘ziga xos yuksak madaniyati bilan Yevropa ning eng ilg‘or mamlakati bo‘lib qoladi. Sababi, german qabi lalari istilosi natijasida inqirozga uchragan G‘arbiy Rimdan farqliroq, Vizantiyada antik madaniyat an’analari saqlanib, vizantiyaliklar ha yotida yunon hamda Sharq madaniyat lariqorishmasi elli nizmmuhim o‘rin tutgan.
Ilm-fan eng rivojlangan shahar, «fanlar onasi» – Afina edi. Platon(mil. av. IV asrda) Afina akademiyasiga asos solgan. «... Platon asos solgan bu ilmiy maskan ming yildan ziyod davr davomida nafaqat yunon, balki butun Sharq-u G‘arb olamining rivojiga kuchli ta’sir o‘tkazadi, insoniyat taraqqiyotining istiqbolini belgilab beradi. Shu bois ham Platon Sharq ilm-fanida «ustodi avval», ya’ni birinchi muallim degan sharafli nom bilan shuhrat qozonadi»
Vizantiyaning iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlari yangi o‘quv va ilmiy arkazlarni vujudga keltiradi. Konstantinopolda IX asrda Magnavr oliy maktabi, XI asr o‘rtalarida huquqshunoslik va falsafa fakultetlaridan iborat universitet ochiladi. Poytaxtda oliy tibbiyot maktabi ham faoliyat yuritar edi.
Vizantiyada tarix, geo grafiya va tabiiy fanlar ham ri vojlangan. O‘r ta asrda Vizantiya ga shuh rat keltir gan shi shasozlik, kulol chilik, bo‘ yoqlar tayyorlash sir lari antik davrdan saqla nib ke lgan. VII asr da ixtiro qilingan «grek olovi» Vizan tiya ning dengiz janglaridagi muvaffaqiyatlarini ta’ minlagan.Tarixchilar o‘zlari ishtirok etgan voqealarni batafsil bayon etardilar. Geograflar esa xarita va shahar chizmasini chizardilar. O‘sha vaqtlarda Yevropaning boshqa qismida bunday ishlar qilinmagan edi.
«Grek olovi»uloqtiriladigan yonuvchi modda bo‘lib, uni neft, oltingugurt, selitra, turli qatronlar aralashmasidan tayyorlashgan. Vizantiya harbiy kemalarida foydalanilgan.
Tasviriy san’at va me’morchilik. Vizantiya madaniyatining eng mashhur sohasi tasviriy san’at: mozaika, freska va ikonalaryasash bo‘lgan.1
Mozaika (fransuzcha,mosaique – muzalarga bag‘ishlangan) – bir xil yoki turli xomashyo (ko shin, tosh, yog‘och, marmar va metall) bo‘ lak laridan ishlangan tasvir, naq shinkor mahobatli (mo nu mental) bezak san’atining aso siy turlaridan.
Tasvirning Vizantiyaga xos uslubi: suratlar uyg‘unligi, bo‘yoqlar serjiloligi bilan ajralib turadi. Rassomlar cherkov qonunlari, talablari doirasidan kelib chiqib, mavhum emas, jonli ki shilarni tasvirlashga intilganlar. Xori mo nastiri(hozirgi Istanbuldagi Qahriya masjidi) mo zaika va freskalari bilan o‘z davrining ajoyib me’ morchilik yodgorliklaridan hisob lanadi.
Yustinian I davrida Kons tantinopolda barpo etilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasini, hech shubhasiz, ilk o‘rta asrlarning eng mahobatli me’morchilik inshooti deb atash mum kin. Uning ulkan gumbazi 40 ta deraza gulchambari bilan qurshalgan. Turli xil toshlar va oyna parchalaridan yasalgan juda ajoyib mozaikalar ibodatxona devorlarini bezagan.
X–XI asrlarda to‘g‘ri burchakli ibodatxonalar o‘rniga ko‘rinishidan xochsifat, o‘rtasi xoch gumbazli ibodat xonalar barpo qilingan. Ibodatxonalar bir vaqtda osoyishtalik va xudoning dargohi hisoblangan. Ibodatxonalarni bezatishda cherkov qonunlariga qat’iy rioya qilingan. Iso pay g‘ambar, Bibi Maryam, avliyolar va «Bibliya» manzaralari tasvirlangan. Xristian diniga oid san’atning maqsadi o‘lgandan keyin jannatning rohat-farog‘atiga qanday eri shish yo‘l-yo‘ri g‘ini dindorlarga targ‘ib qilishdan iborat edi.
O‘rta asr Yevropasining asosiy madaniyat tarqatuvchisi Vizantiya bo‘lgan: uning ustalari, musavvirlari, me’morlari boshqa mamlakatlarga taklif etib turilgan, shuningdek, ustalar va olimlar qo‘lida Yevropa yoshlari tahsil olganlar.G‘arbiy Yevropada ham ilk o‘rta asrlarda ibodatxonalar, monastirlar qurilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Me’morchilikda roman uslubi,ayniqsa, yuksalib, unda ibodatxonalar ulkan, salobatli devorlari, gumbazlari, qalin ustunlari, katta bo‘lmagan derazalari, darvoza va eshiklari arkali qilib qurilganligi bilan ajralib turadi.
Roman uslubida qurilgan eng mashhur binolar: Fransiyadagi Puate, Klyuni, Arlibodatxonalari; Germaniyadagi Shpeyer, Vorms, Maynts, Axendagi cherkovlar hisoblanadi.
Cherkov va maorif. G‘arbiy Yevropada ilk o‘rta asrlar madaniyati xristian cherkovi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Cherkov ilm, maorif, adabiyot va san’atga bevosita ta’sir o‘tkazgan. Shuning uchun kishilarning dunyo haqidagi tasavvurlari cherkov hamda din ta’limotiga asoslangan edi. Boshqa mamlakatlar haqidagi ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganidan, aholi orasida turli uydirmalar ko‘p bo‘lardi. Fantexnika taraqqiyoti ning pastligi insonlarning qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va yuqumli kasalliklardan jabrlanishiga olib kelgan. Zarurat bo‘lma ganidan faqat deh qonlar emas, hatto feodallar ora sida ham savodli kishilar kam bo‘l gan. Ritsarlar imzo o‘rniga ko‘pincha ikki chiziq tortib qo‘ yishgan.
Ibodatxona va monastirlar qo shi da gi boshlang‘ich maktablar quyi mar tabali ruhoniylarni tayyorlagan. Bu kabi maktablarda lotin tilidan tashqari, ibodat qilish va duolar o‘qish tar tiblari ham o‘r gatilgan.
Katta ibodatxonalar qoshida tashkil etilgan o‘rta maktablarda esa dunyoviy ilmlar ham o‘qitilgan. Buyuk Karl davlatida keng tarqalgan shu turdagi mak tablar asrlar o‘tib universitetlar ochilishi uchun asos bo‘ lgan.
Ibodatxona maktablarida bolalar yoshiga qarab sinflarga bo‘linmasdan, aralash holda o‘qitilgan. Aksari maktablardabittagina kitob bo‘lgan va o‘qi tuvchi uni navbat bilan bolalarga berib, parchalar o‘qit gan. Darslar lotin tilida olib borilgan. O‘quv chilarning qiziqi shi deyarli hisobga olinmagan. Intizomsiz o‘quvchilar qat tiq jazolangan.
Maktablarda antik davrdan mavjud «yetti erkin san’at» deb nomlangan fanlar o‘rgatilgan. O‘quvchilar dastlab trivi um – grammatika, dialektika va ritorikani o‘zlashtirganlar.

Download 90,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish