7. FAZLULLOH ABULAYSIY
Fazlulloh Abulaysiy buyuk Faqeh Abulays avlodidan bulib, temuriylar davrida Samarqandda faoliyat olib borgan mashhur alloma. U o‘sha davrning eng yirik olimlari Sa’duddin Taftazoniy, Sayid Sharif Jurjoniy, Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi bilan birga madrasalarda dars bergan va ilmiy tadqiqotlar olib borgan.
Manbalarda qayd etilishicha, Samarqanddagi hozirgi Faqeh Abulays masjidi hududida u zotning xonoqoh-madrasasi bo‘lgan. Buyuk adib va davlat arbobi Alisher Navoiy 1465-1469 yillarda shu yerda yashab, mavlono Fazlulloh Abulaysiydan tafsir, hadis, fiqh arab tili va sheriyatdan dars olgan. Navoiyning o‘zi “Majolis in-nafois”da, Xondamir va Mirxond asarlarida ushbu malumotlarni keltirgan.Ustoz va shogird o‘rtasida juda yaqin munosabat bo‘lgan. Keyinchalik Navoiy ustoz meni farzandim der edilar, deb faxr bilan eslaydi.
Fazlulloh Abulaysiy mashhur olim Sayid Jurjoniyning shogirdlaridir. Navoiyning xabar berishicha, Jurjoniy ul zotga dars berish uchun ijozatnoma yozib bergan. Akademik Botirxon Valixo‘jayevning tadqiqotlarida keltirilishicha, Mavlona Fazlulloh Abulaysiy Ulug‘bek Mirzoning yaqin kishilaridan bo‘lgan. 1422 yilda u otasi Shohruh Mirzoni Iroq ustidan qilgan g‘alabasi bilan tabriklash uchun Hirotga Fazlulloh Abulaysiy bilan borgan. Shuningdek 1410-yilda Ulug‘bek Mirzo Samarqanddan chiqishga majbur bo‘lganda Fazlulloh Abulaysiy boshchiligida Samarqand ulug‘lari unga sadoqat ko‘rsatib, dushmanlarga shahar darvozalarini ochishmaydi.
XULOSA
Ulugʻbek atrofida toʻplangan Samarqand olimlari katta ahamiyat bergan eng muhim ilmiy yoʻnalishlardan biri astronomiya fani edi. Islomdagi eng avvalgi astronomik asarlar “Zij” deb atalib, ular asosan jadvallardan iborat boʻlgan. Ulugʻbeqdan avval yozilgan eng mukammal “zij”lar Beruniyning “Qonuni Masʼudiy”si va Nasriddin Tusiyning 1256 yili yozib, Xulashxonga taqdim etgan “Ziji Elxoniy” asari edi. XV asr boshlarida yozilib, Shohruxga atalgan Jamshid Koshiyning “Ziji Xoqoniy” asari asosan xitoy va moʻgʻul anʼanalariga asoslangan boʻlib, islom mamlakatlari uchun deyarli ahamiyatta ega emas va ilmiy jihatdan ham ancha sayyoz edi. Movarounnahrda esa moʻgʻul istilosidan keyin birorta “zij” yozilmagan edi. Ana shu sabablarga koʻra Ulugʻbek eng avvalo astronomik izlanishlarni yoʻlga qoʻyishi, buning uchun rasadxona barpo etishi kerak edi. Bu hakda Abu Tohirxoʻja bunday xabar qiladi: “Madrasaga asos solinganidan toʻrt yil keyin Mirzo Ulugʻbek Qozizoda Rumiy, Mavlono Gʻiyosiddin Jamshid va Mavlono Muiniddin Kosho-niylar bilan maslahatlashib, Koʻhak tepaligida Obi Rahmat arigʻining boʻyida rasadxona binosini qurdiradi. Uning atrofida esa baland hujralar barpo etadi”.
Rasadxona qurilishi 1424 yildan 1429 yilgacha davom etadi. Rasadxona bitishi bilan astronomik kuzatishlar boshlanib ketadi. Rasadxona bilan madrasaning birgaliqdagi faoliyati Ulugʻbek ilmiy maktabida astronomiya va matematikani oʻrta asrlar davrida eng yuqori pogʻonaga koʻtarish imkonini berdi.
Davlat ishlari bilan bogʻliq boʻlgan yurish-koʻchishlar, rasadxonadagi kuzatishlar va madrasadagi darslar, undan tashqari ilmiy ishlarga umumiy rahbarlik qilish xam Ulugʻbekning koʻp vaqtini olardi. Shuning uchun boʻlsa kerak, bevosita Ulugʻbekning qalamiga mansubligi maʼlum boʻlgan ilmiy asarlar soni jihatdan koʻp emas – ular toʻrtta.
Ulugʻbek ilmiy merosining eng asosiysi, maʼlum va mashhuri uning “Zij”i boʻlib, bu asar “Ziji Ulugʻbek”, “Ziji jadidi Koʻragoniy” deb ham ataladi. “Zij”dan tashqari uning qalamiga mansub matematik asari “Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola”, astronomiyaga oid “Risolayi Ulugʻbek” (yagona nusxasi Hindiston-da, Aligarh universiteti kutubxonasida saqlanadi) va tarixga doir “Tarixi arbaʼ ulus” (“Toʻrt ulus tarixi”) asaridir.
Ulugʻbek “Zij”i oʻz tarkibiga koʻra VIII – IX asrlarda boshlangan astronomik anʼanani davom ettirsa ham ilmiy darajasi ularga nisbatan beqiyos balanddir. Bu asar ikki qismdan: keng muqaddima va 1018 sobita yulduzning oʻrni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat boʻlib, muqaddimaning oʻzi mustaqil toʻrt qismni tashkil qiladi. Muqaddimaning boshida Qurʼondan yulduzlar va sayyoralarga taalluqli oyatlar keltiriladi. Ulugʻbek bu bilan astronomik kuzatishlarning zarurligini gʻoyaviy asoslamoqchi boʻladi. Muqaddimaning keyingi qismida Ulugʻbek ushbu soʻzlarni bitgan: “Soʻng, parvardigor bandalarining faqiru haqiri, ulardan Allohga eng intiluvchisi Ulugʻbek ibni Shohrux ibni Temur Koʻragon bunday deydi…” Bu soʻzlardan koʻrinadiki, “Zij”ning muallifi Ulugʻbekning oʻzi boʻlgan. Biroq bu ishda unga yordam berganlarni Ulugʻbek quyidagi soʻzlar bilan odilona taqdirlaydi: “Ishning boshlanishi olimlar allomasi, kamolot vahikmat bayrogʻini oʻrnatgan, tahlil va tahqiq maslakida boʻlgan Qozizoda Rumiy deb shuhrat qozonmish janobi hazrat Mavlono Saloh al-milla vaddin musoning, unga rahmat va gʻafronlar boʻlsun, va hazrat Mavlonoi Aʼzam, olamdagi hukamolarning iftixori, qadimga bilimlarda mukammal, masalalar mushkilotlarini hal etuvchi Mavlono Gʻiyos al-milla vaddin Jamshid, Alloh taolo uning qabrini salqin qilsun, ikkisining qoʻllashi va yordamida boʻldi…
Ahvol boshida hazrat Mavlono marhum Gʻiyosiddin Jamshid: “Ajibu doʼi Alloh” chaqirigʻini eshitib, toat bilan ijobat etdi va bu jahon dorulgʻururdan u jahon dorulsururga rixlat etdi. Ish asnosida, hali bu muhim asar bajarilib tugatilmasidan, hazrat ustoz Qozizoda, Alloh taolo uni rahmat qilsin, parvardigor rahmatiga payvasta boʻldi.
Biroq farzandi arjumand Ali ibni Muhammad Qushchi bolalik yillaridan fanlar sohasida ilgʻorlab boradi va uning tarmoqlari bilan mashgʻul. Umid va ishonch komilki, uning shuhrati inshoolloh, yaqin zamon va tez onlarda jahon atroflari va mamlakatlarga tarqaladi. Va bu muhim kitob tamomila yozilib boʻldi. Yulduzlarning sifatlaridan kuzatilgan barcha narsalar imtihon qilinib, bu_ditobga kiritilib sobit etildi”.
Bu keltirilgan katta parchadan koʻrinadiki, Qozizoda Ulugʻbekning ustozi boʻlgan va “Zij”ning ancha qismi uning ishtirokida yozilgan. Bundan yana shu narsa koʻrinadiki, Ulugʻbek Samarqanddagi yana bir yirik olim Jamshid Koshiyni ustoz demaydi, balki uning yoshi Rumiydan katta boʻlgani uchun Mavlonoyi Azam deyish bilan cheklanadi. Haqiqatan ham, u kishi Samarqandga 1416 yili, yaʼni Ulugʻbek 22 yashar navqiron yigit va olim sifatida tanilganda keladi va u rasadxonadagi kuzatishlar boshlanishi bilanoq vafot etadi. Biroq fan tarixidan shu narsa maʼlumki, Koshiy “Zij”ning nazariy qismini arab tiliga tarjima etgan va hozir bu tarjimaning nusxalari mavjud. Demak, bundan koʻrinadiki, Ulugʻbek avval “Zij”ning nazariy qismini yozgan, soʻng jadval qismi uzoq kuzatishlar natijasida tuzilgan. Koshiy esa nazariy qism yozilishi bilan uni arabchaga agʻdargan va jadvallar ustida ishlar boshlanishida vafot etgan.
Yana bir diqqatga sazovor narsa, bu Ulugʻbek Ali Qushchini “farzandi arjumand” deyishidir. Aslida Ali Qushchi uning farzandi zmas, shogirdi boʻlib, ilm sohasida ustoziga Abdullatif va Abdulazizlardan, yaʼni oʻz farzandlaridan ham sodiq va vafodor edi. Shuning uchun ham Ulugʻbek unga oʻz oʻgʻlidek qarar edi va uning yordami bilan “Zij”ni “farzandi arjumand Ali ibn Muhammad Qushchi… ittifoqligida” poyoniga yetkazdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |