Mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi



Download 300 Kb.
bet1/7
Sana12.03.2022
Hajmi300 Kb.
#492329
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ulugʻbek davri olimlari



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
TARIX (MAMLAKATLAR VA MINTAQALAR BO’YICHA) SIRTQI TA’LIM YO’NALISHI 2-BOSQICH 6-t-s=20 GURUH TALABASI JUMAYEV SOATMURODNING O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN
ULUG’BEK DAVRI OLIMLARI RO’YXATINI TUZISH”
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI

ULUG’BEK DAVRI OLIMLARI RO’YXATINI TUZISH”


REJA:

1. QOZIZODA RUMIY
2. ALI QUSHCHI
3. TAFTAZONIY
4. AL-KOSHIY
5. ABDURAHMON JOMIY
6. DAVLATSHOH SAMARQANDIY
7. FAZLULLOH ABULAYSIY
8. XULOSA


9. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI









1. QOZIZODA RUMIY
XV asr boshlarida Movarounnahrda shuhrat qozongan ulkan matematik va astronomlardan biri Qozizodadir. Olimning toʻliq nomi Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn Mahmud.
Qozizoda aslida hozirgi Turkiyaning shimoli-gʻarbidagi Marmara dengizidan janubroqdagi Bursada tavallud topgan. Uning otasi Muhammad “Xoja Afandi” laqabi bilan maʼlum boʻlib, Salohiddinning bolalik yillarida vafot etgan. Xoja Afandi ancha olim va komil odam boʻlib, koʻp yillar Bursaning qozisi lavozimida xizmat qilgan. Salohiddinning tugʻilgan yili aniq maʼlum emas. Turkcha manbalarda u hijriy 755–765 (milodiy 1354–1364) yillar orasida tugʻilgan, deb taxmin qilinadi.
Qozizoda boshlangʻich maʼlumotlarini Bursadagi madrasada olib, astronomiya va matematika bilimlarini mavlono Shamsiddin Fanoriydan oʻrganadi. Lekin u yoshligidan Movarounnahr va Xurosonda ilm-fanning yuksak darajada ekanligini eshitib, u yerga ketishga taraddud koʻra boshlaydi. Bu haqda XX asr boshlaridagi turk tarixchisi Solih Zakiy bunday yozadi: “Mavlono Fanoriydan Xuroson va Movarounnahr ulamosining ulumi riyoziyadaki ovozai shuhratini eshita-eshita, nihoyat ikmoli tahsil uchun u joniba getmakka qaror vermish”. Oila aʼzolari bu sayohatga monelik qilishlaridan qoʻrqib, buni sir tutadi. Qozizoda XIV asr oxirlarida bir kun toʻsatdan Bursadan gʻoyib boʻladi. Avvaliga u Xurosonga borib, u yerda poytaxt Samarqandning shuhrati haqida eshitadi va oʻsha shahar tarafga intiladi. Bu orada Amir Temurning yetti yillik yurishi boshlanib qoladi. Qozizoda yoʻdda Temurning ulamolari qatoriga qoʻshilib qolib, ular bilan orqaga qaytib, yurishda ishtirok etadi va shu ketishda oʻzining Bursadagi ustozi mullo Fanoriyning “Anmuzaji ulum” asariga sharh bitadi. U Xuroson va Movarounnahrga kelib olimlardan tahsil olib, bilimini kamolotga yetkazadi. Xususan u Temurning saroy astronomi Mavlono Ahmaddan astronomiya va matematika fanlaridan chuqur maʼlumotlar oladi. Amir Temurning yetti yillik yurishi tugagach, 1404 yil yozida Salohiddin birinchi marta Movarounnahr poytaxti Samarqandga keladi. Tez orada Salohiddin Movarounnahr va Xuroson olimlari orasida “Qozizoda Rumiy” (Usmonli turklar mulki boʻlib qolgan Kichik Osiyo, yaʼni qadimgi Rim imperiyasi yerlarini Sharqda Rum deyilar edi) nomi bilan shuhrat qozonadi.
1405 yil boshida yuz bergan Sohibqironning vafotidan keyingi Movarounnahrda hukm surgan notinchlik Qozizodani Ulugʻbek bilan birgaliqda Hirotga ketishga majbur qiladi. Bu yerda u bir necha yil davomida boʻlajak buyuk olimga astronomiya va matematika fanlaridan saboq beradi va unda shu fanlarga nisbatan chuqur va soʻnmas mehr uygʻotadi. Ulugʻbek keyinchalik oʻz “Zij”ida Qozizodani minnatdorchilik bilan “ustozim” deb tilga oladi.
Ulugʻbekning oʻzi aytganidek, uning ustozi Qozizoda Rumiydir.
Ulugʻbek Samarqandda 1417–1420 yillarda madrasa taʼsis etib, Qozizodani u yerda rais ul-muallimin nasabiga tayinlaydi va aksariyat hollarda uning darslarida oʻzi ham ishtirok etadi. Ulugʻbek madrasasi kvadrat shaklida boʻlib, uning toʻrt tarafida darsxonasi va har bir darsxonaning oʻz mudarrisi boʻlgan. Qozizoda madrasada darsga chiqquncha darsxonalarning talabalari oʻz mudarrislari bilan chiqib, uni kutib turganlar.
Bir kuni qandaydir sababga koʻra Ulugʻbek oʻsha toʻrt mudarrisdan birini taʼzil etadi, yaʼni koyib ishdan chetlatadi. Buni eshitgan Qozizoda raddiya sifatida darsga chiqmaydi va bu hol bir necha kun davom etadi. Ulugʻbek bundan ogoh boʻlib, Qozizodaning huzuriga boradi va uning sihat-salomatligini koʻrib, uning darsga chiqmayotganining sababini soʻraydi. Shunda Qozizoda bunday javob beradi: “Biz mudarrislikning hech bir kimsaga aloqasi va munosabati yoʻq bir mansab deb bilamiz. Hamda mudarrislik mansabi taʼzil joriy etilmaydigan mansabdir, deb hisoblardik. Holbuki endi bu mansab ham sultonlik tasarrufida ekanligini koʻrdik. Binobarin biz ham endi oʻzimizni mudarrislik amalidan forigʻ etdik”.
Ulugʻbek buni eshitib, oʻsha mudarrisni darhol oʻz vazifasida tiklaydi va bundan buyon hech bir mudarrisni taʼzil etmasligi haqida vaʼda beradi. Qozizodadan esa darslarga yana chiqishini iltimos qiladi.
Qozizoda Ulugʻbek madrasasida mudarrislik yillarida “sayyid as-sanad” deb tilga olinadigan Sayyid Sharif Jurjoniy nomli bir mudarris bilan muloqotda boʻladi. Qozizoda u kishi bilan koʻp mubohisa va munozara qilardi. Baʼzan shunday boʻlardiki, bu mubohisalarda ikkala shaxs ham bir-biriga nisbatan ovozini koʻtarar va tafovut, muxolifotga borardilar. Shunday hollarda Qozizoda Sayyid Sharifga nisbatan “matematik fanlarda qudratsiz” desa, Sayyid Sharif Qozizodaga “taʼbi matematik fanlarga magʻlub va falsafiyotga mansub” der edi. Lekin ikkisi ham bir-birining asarlarini tahrir kilar va tortishuvga sabab boʻlgan masalalarni talabalar oldiga qoʻyar edilar.
Ulugʻbek Jamshid Koshiydan “Ziji Elxoniy” haqida va Marogʻadagi kuzatishlar daqida koʻp eshitib, oʻzi rasadxona barpo etish va yangidan astronomik kuzatishlarni boshlashga tashabbus koʻrsatadi. Rasadxona qurilishini Qozizoda bilan birga Jamshid Koshiy boshqaradi. Qurilish tugatilib, kuzatishlar boshlanishi bilanoq Koshiy vafot etadi. Bundan soʻng ishlarga ilmiy rahbarlik Qozizodaning zimmasiga yuklanadi. U ham kuzatishlar oxiriga yetkazilmasdan vafot etadi. Endi kuzatishlarni davom ettirish navbati Ali Qushchiga keladi va u bu ishda katta jonbozlik koʻrsatib, ustozi Ulugʻbek bilan ishni nihoyasiga yetkazadi.
Qozizoda bilan Jamshid Koshiylar, shubhasiz XV asr birinchi yarmida Sharq va Gʻarbning eng buyuk olimlaridan edilar. Ular ikkisining oʻzaro munosabatlari doʻstona edi va ular bir-biriga katta hurmat bilan qarar edilar. Xususan Qozizoda Koshiyga “birodari aʼzam” deb murojaat etardi. Qozizoda Samarqanddaligida juda koʻp shogirdlar yetishtirdi. Bularning avvali va eng buyugi Ulugʻbeqdir. Ikkinchi shogirdi Fathulloh Shervoniy boʻlib, u 1449 yili Ulugʻbek oʻldirilishi bilan darhol Kichik Osiyoga ketadi va Kastamonu shahrida mudarrislik bilan shugʻullanadi. Qozizoda Samarqandda uylanib, bu nikohdan boʻlajak yirik olim Miram Chalabiyning otasi Qutbidsin dunyoga keladi.
Qozizodaning vafot etgan yili maʼlum emas. Lekin bu voqea 1426–1436 yillar orasiga toʻgʻri keladi, deb taxmin qilinadi.

Download 300 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish