II. Bob. Bolalar ijtimoiy tashkilotlarida o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning yo’l-usullari. 1. «Kamalak» Bolalar tashkiloti yo’nalishlari.
«Kamalak» Bolalar tashkilotinin
uyidagi yo’nalishlari mavjud:
«Oltin meros» yo’nalishi orqali bolalarni ajdodlarimiz merosi, tarixiy va me’moriy obidalar bilan yaqindan tanishtirish ishlari olib boriladi. Bolalar o’zlari yashayotgan o’lka tarixi, urf-odatlari, qadriyatlari hamda an’analarini o’rganadilar, tengdoshlari orasida ularni e’zozlash va asrab-avaylash qadriyatlarini targ’ib qiladilar.
«Ma’naviyat va ma’rifat» yo’nalishi orqali bolalarda milliy g’urur, Vatanga sadoqat, xalqqa muhabbat ruhini yuksaltirish ishlari olib boriladi. Yo’nalishdagi ishlarni tashkil etishda bolalarda insonparvarlik va mehribonlik, erkin fikrlash, tengdoshlari va kattalarga hurmat bilan qarash fazilatlarini shakllantirishga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, bolalar ushbu yo’nalishda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining urf-odatlari, marosimlari, madaniyati, san’ati bilan yaqindan tanishadilar.
«Ekosan» yo’nalishida bolalar O’zbekiston tabiatini va alohida muhofaza qilinuvchi milliy yodgorliklarni o’rganadilar, yurtimiz tabiatini asrab-avaylash, o’zi istiqomat qiladigan ko’cha, mahalla va uylarni obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etadilar.
«Vatanparvar» yo’nalishidagi barcha ishlar bolalarda ona Vatanni sevish, ardoqlash, o’z Vatani bilan g’ururlanish hislarini kuchaytirish, milliy urf-odatlar, qadriyatlar udumlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga qaratiladi. Bolalar ushbu yo’nalishda Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, uning boyliklari, tabiati va hayvonot dunyosini asrab-avaylash ishiga o’z hissasini qo’shadilar.
«Mehr-shafqat» yo’nalishida bolalar mehrga zoriqqan bolalarni qo’llab-quvvatlash, muhtoj bolalarga yordam berish, tengdoshlari uchun qayg’urish kabi insonparvarlik yordami tadbirlarini amalga oshiradilar.
«Umid» yo’nalishida iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvalash, bolalarni bilim olish va kitobga bo’lgan qiziqishlarini oshirish hamda olimlar, ijodkorlar va ustalar bilan hamkorligini yo’lga qo’yish tadbirlari amalga oshiriladi. Bolalar kashfiyotchilik, loyihalashtirish va turli ijodkorlik to’garaklariga qatnashadilar va o’z tengdoshlarini ularga jalb etadilar.
«Sog’lom avlod» yo’nalishida bolalar o’rtasida s’og’lom turmush tarzini targ’ib qilish, shaxsiy gigiyenaga e’tibor berish, badantarbiya bilan shug’ulanish kabi qadriyatlar targ’ib qilinadi. Bolalar turli sport to’garaklariga qatnashadilar., sport turlari bo’yicha o’zaro musobaqalar tashkil etadilar, sog’lom bo’lish sirlarini o’rganadilar, yozgi sog’lomlashtirish oromgohlarida faol ishtirok etadilar.
«Axborot-tahlil va matbuot» yo’nalishida bolalar rasmiy ish yuritish, ijodiy faoliyat bilan shug’ullanishning ilk saboqlarini oladilar va bu sohada o’zlarini sinab ko’radilar maktab radio tarmog’i ishini tashkil etishda ishtirok etadilar, devoriy va fotogazetalar chiqaradilar, bezash ishlari bilan shug’ullanadilar, maqolalar yozadilar. 2-ilovada umumta’lim muassasidagi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati «Kamalak» Bolalar tashkilotining ish maqsadi aks etgan:
Kamalak» Bolalar tashkilotining sardorlari o’z ish faoliyatini tashkilotning Nizomi va faoliyat yo’nalishlari asosida hamda o’quvchilarning talablari va qiziqishlari, milliy an’analar va qadriyatlarni hisobga olgan holda tashkil etadi.
«Kamalak» Bolalar tashkiloti sardorlar kengashi raisining vazifalari quyidagilardan iborat:
Ta’lim muassasasi Bolalar yetakchisi, o’quvchilar bilan birgalikda bolalarni ularning qiziqishlaridan kelib chiqib to’garaklarga jalb etish;
Ta’lim muassasasida o’tkaziladigan ommaviy tadbirlarning tarbiyaviy jihatdan yuqori saviyada o’tishini ta’minlash;
Tuman (shahar) sardorlar Kengashi bilan kelishilgan holda va ta’lim muassasasi Bolalar yetakchisi, o’quvchilar bilan birgalikda sinflar o’rtasida turli ko’rik-tanlovlar, ko’rgazmalar va musobaqalar o’tkazish, ularda o’quvchilarning ishtirokini ta’minlash;
Tuman (shahar) sardorlar Kengashi va ta’lim muassasi Bolalar yetakchisidan uslubiy va amaliy yordam olib borish, malakasini muntazam ravishda oshirish;
Ta’lim muassasasi sardorlar Kengashi ishini muvofiqlashtirish, rejalashtirish, belgilangan ishlarning bajarilishini nazorat qilish;
Ta’lim muassasasi sardorlar Kengashi tomonidan olib boriladigan ishlarni tahlil qilish, hisobotini olib borish va tuman (shahar) «Kamalak» Bolalar tashkilotini ma’lumot bilan ta’minlash;
Sardorlar Kengashi faoliyatiga oid barcha hujjatlarning to’g’ri yuritilishini ta’minlash;
Ta’lim muassasi ma’muriyati bilan doimiy aloqani yo’lga qo’yish, amalga oshirayotgan ishlarini kelishish.
«Oltin meros» yo’nalishi sardorining vazifalari quyidagilardan iborat:
Tadbirlarni yuksak saviyada o’tishida umumta’lim muassasasi sardoriga doimiy yordam berish;
Milliy hunarmandchilik bilan shug’ullanadigan barcha ijodkor bolalarga doimiy amaliy yordam ko’rsatish;
Milliy an’ana va qadriyatlarmizni, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va madaniy merosni o’rganish, targ’ib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
Xalqimiz an’analariga xos bo’lgan bayram tadbirlarini o’tkazish;
Tarixiy obidalar haqida ma’lumot yig’ish, ular to’g’risida burchak, albom va referatlar yaratish, ushbu obidalarga sayohatlar uyushtirish;
Xalqimizning boy tarixiy va madaniy merosini o’rganish maqsadida «Yosh tarixshunos», «Yosh hunarmand», «Yosh folklorshunos» kabi klublarni tashkil etish.
«Ma’naviyat va ma’rifat» yo’nalishi sardorining vazifalari:
Tadbirlarning yuksak saviyada o’tishida umumta’lim muassasasi sardoriga doimiy yordam berish;
Ma’naviyat va ma’rifat yo’nalishida bayram tadbirlarini tashkil etish;
Muzey, teatr, kinoteatr, istirohat bog’i kabi madaniy maskanlar, shuningdek, Respublikamizdagi diqqatga sazovor joylarga sayohatlar uyushtirish;
Vatanimizda ijod qilayotgan ma’naviyatli va ma’rifatli insonlar bilan bilan ijodiy uchrashuvlar uyushtirish;
Kutubxonalar bilan aloqada bo’lib, turli kitobxonlik, mushoira kechalarini o’tkazish;
O’quvchilarning bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanish maqsadida «Yosh ijodkor», «Yosh tadbirkor», «Yosh ma’rifatparvar» kabi klublarni tashkil etish;
«Ekosan» yo’nalishi sardorining vazifalari quyidagicha belgilangan:
Atrof-muhitni asrash va yaxshilashga aniq hissa qo’shish maqsadida «Yashil patrulchilar» guruhlarini tashkil etish;
atrof-muhitni muhofaza qiluvchi tashkilotlar jamg’armalar bilan doimiy aloqa o’rnatib borish;
o’quv muassasasi o’zi istiqomat qiladigan ko’cha, mahalla va uylarni obodonlashtirish ishlariga bolalarni jalb qilish, hasharlar tasgkil etish;
ekologik madaniyatni shakllantirish, uni targ’ib qilish bo’yicha seminar-treninglar, tadbirlar o’kazish;
o’quvchilarning bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanish maqsadida «Yashil tabiat do’stlari», «Yosh ekolog», «Yosh zoolog» kabi klublarni tashkil etish.
«Vatanparvar» yo’nalishi sardorining vazifalari quyidagilardan iborat:
bolalarning ona Vatanimizga bo’lgan muhabbatini yanada oshirishga qaratilgan tadbirlarni o’tkazish;
Vatanimiz taraqqiyoti yo’lida o’z hissalarini qo’shayotgan zamonamiz qahramonlari bilan bolalarni ijodiy uchrashuvlari, davra suhbatlari o’tkazish;
14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni»ni munosib ravishda nishonlash, harbiy qismlarga tashrif buyurish;
9-may «Xotira va qadrlash kuni» va boshqa atoqli kunlar arafasida ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, yurt tinchligini ta’minlash ishiga o’zining munosib hissasini qo’shgan faxriylar bilan bolalarning uchrashuvlarini uyushtirish;
«Ogohlikka da’vat» shiori ostida «Bolalar terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi» aksiyalarini amalgam oshirish;
«Mehr-shafqat» yo’nalishi sardorining vazifalari quyidagi tartibda belgilangan:
Mehrga zoriqqan bolalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida ularga moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatish aksiyalarini uyushtirish;
Mehribonlik uylari shunga o’xshash, muassasalarida turli xil ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish;
Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchi yosh ijodkorlar bilan aloqa o’rnatib, ularning ijod mahsullarini targ’ib qilish maqsadida turli xil ko’rgazmalar, ijodiy kechalar tashkil etish;
bolalar orasida mehrga muhtoj bo’lgan insonlarga qayg’urish hissini yuksaltirish maqsadida «Mehr-shafqat» klubini tashkil etish va ular bilan birgalikda faxriylar, nogironlar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari holidan xabar olish tadbirlarini uyushtirish.
Maktab hududidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan qariyalarning uy sharoitini o’rganish;
mehnat faxriylarining ro’yxatini olish va ularga klub a’zolarini berkitish;
qarovchisi bo’lmagan keksa fuqarolar ro’yxatini tuzish va klub a’zolariga ularni berkitish;
nogironlar va yolg’iz keksalarga uy yumushlariga yordamlar uyushtirish;
ta’lim tizimida ko’p yillar davomida pedagogik faoliyat ko’rsatgan nafaqaxo’r qariyalarning holidan xabardor bo’lish, ular bilan suhbatlar tashkil etish;
«Men mehr va muruvvatni qanday tushunaman » mavzusida insho tanlovini o’tkazish;
Yosh avlodni mehr va muruvvatli ruhda tarbiyalash, boy kasbiy va hayotiy tajribalar, ezgu an’analar, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarning uzviyligini ta’minlashmarsadida o’quvchilar bilan keksa faxriylar o’rtasida «Ikki avlod uchrashuvi», «Hayot saboqlari» mavzusida tadbirlar o’tkazish;
«Xotira va qadrlash» kuniga bag’ishlab maktab radiosidan chiqishlar tayyorlash;
«Xotira va qadrlash» kuniga bag’ishlab gazeta chiqarish;
«Xotira va qadrlash» kuniga bag’ishlab maktab kutubxonasida ko’rgazma tashkil etish;
«Kamalak-mahallada» mavzusida tadbir o’tkazish;
«Umid» yo’nalishi sardorining vazifalari quyidagilardan iborat:
bolalar o’rtasida kashfiyotchilik, loyihalashtirish va turli ijodkorlik harakatini rivojlantirish, fan olimpiyadalari, to’garaklarga qatnashishga targ’ib qilish;
qoloq o’quvchilar bilan ishlash, ularga a’lochi o’quvchilarni biriktirish ishlarida ishtirok etish;
iqtidorli, iste’dodli bolalarning «Yosh ixtirochi», «Yosh loyihachi», «Yosh konstruktor», «Yosh ijodkorlar» kabi klublarni tashkil etish;
Eng yaxshi ijodkor, kashfiyotchi, dasturlovchi, loyiha va hokazo nomlarda viktorina ko’rik tanlovlarini o’tkazish;
Olimlar, xalq ustalari, iste’dodli va ijodkor kishilar bilan doimiy hamkorlik o’rnatish, ular bilan bolalarnina uchrashuvlarini o’tkazish.
«Sog’lom avlod» yo’nalishi sardorining vazifalari quyidagilardan iborat:
bolalar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, badantarbiya bilan shug’ullanish kabi qadriyatlarni targ’ib qilish;
bolalar o’rtasida turli xil sport musobaqalarini o’tkazish;
«Bolalar giyohvandlik, OITS, ichkilikbozlik, kashandalik kabi illatlarga qarshi» mavzusida aksiyalar, rasmlar va ijodiy ishlar tanlovlarini o’tkazish;
taniqli sportchi va murabbiylar, tibbiyot xodimlari, soha mutaxassislari bilan bolalarning uchrashuvlarini o’tkazish ishlarida qatnashish.
o’quvchilarni sport to’garaklariga jalb etish;
sinflararo sport musobaqalarini uyushtirish;
maktablararo sport musobaqalarida ishtirok etishni ta’minlash;
maktabdan chiqqan sport chempionlari bilan uchrashuvlar o’tkazish;
O’zbekiston, viloyat, shahar chempionlari bilan uchrashuvlar o’tkazish;
maktab o’quvchilari o’rtasida milliy sport musobaqalarini tashkil qilish.
«Axborot-tahlil va matbuot» yo’nalishi sardorining vazifalari quyidagilardan iborat:
«Kamalak» Bolalar tashkiloti sardorlar kengashiga oid hujjatlarni yuritish va to’laqonli olib borish;
devoriy va fotogazetalar chiqarish, ta’lim muassasasi radio tarmog’i ishini tashkil etishda qatnashish;
bolalar tashkiloti uchun ajratilgan va ommaviy tadbirlar o’tkaziladigan joylarni bezash, shiorlar, e’lonlar yozish;
bolalarning darslariga qatnashishini kuzatish, davomatni o’rganish va tahlil qilish;
Sardorlar Kengashi yig’lishini tayyorlash va o’tkazishda ishtirok etish;
Sardorlar Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilish;
Sardorlar Kengashi tomonidan olib borilayotgan ishlarni tahlil qilish, hisobotni olib borish va ma’lumotlarni to’plash.
Tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan ishlash klubi sardorining ish vazifalari quyidagilardan iborat:
- tarbiyasi og’ir o’quvchilarni aniqlash va ularga faol o’quvchilarni biriktirish;
- tarbiyasi og’ir o’quvchilarni to’garaklarga jalb etish;
- tarbiyasi og’ir o’quvchilarni «Kamalak» Bolalar tashkilotining jamoatchilik ishlariga jalb etish;
- tarbiyasi og’ir bolalarning ota-onasi, uy sharoit bilan tanishish;
- tarbiyasi og’ir o’quvchilarni sport musobaqalariga jalb etish.
«Radio eshittirish» klubining ish rejasi quyidagi vazifalarni ichiga oladi:
- radio tarmog’ini tashkil etish va muntazam bekamukust ishlab turishini nazorat etish;
- radiostansiyaning o’ziga xos va mos masalan, «Nigoh», «Ko’zgu», «Ma’naviyat», «Kamalak», «Mash’al» kabilar bilan nomlash va ishlash;
- radio tarmog’ yordamida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni targ’ib qilish;
- tashkilot tizimidagi yangiliklarni targ’ibot qilish;
- maktab tizimidagi yangiliklardan xabardor qilib boorish;
- ta’lim tizimidagi yangiliklarni targ’ibot qilish;
- respublika va mahalliy gazetalar sharhi, ayniqsa, bolalar gazeta va jurnallari «Tong Yulduzi», «G’uncha», «Gulxan» jurnallari sharhi;
- maktab va sinflararo o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar haqida ma’lumot berish;
- «Eng odobli o’quvchi», «Eng namunali oila», «Eng a’lochi o’quvchi», «Bizning chempion», «Zulfiya» mukofotiga loyiq deb topilgan o’quvchilar haqida suhbat;
- giyohvandlik va ichkilikbozlikning zararlari haqida suhbat;
- yosh sozanda, xonanda, ertak aytish, she’rxonlik musobaqalarini o’tkazish;
- maktab, mahalla va ota-onalar hamkorligidagi ishlar yuzasidan suhbat;
- buyuk allomalarni tavallud kunlarini nishonlash;
- yirik qadamjoylar, ziyoratgohlar, muzeylar haqida suhbat;
- sinfda, maktabda va maktablararo o’tkazilgan sport musobaqalarining yakuni haqida ma’lumotlar berish.
Yo’nalishlar, klublar bajaradigan muhim ishlar ham tashkilotning ish rejasiga kiritiladi. Shu reja asosida oylik va haftalik ish reja tuziladi. Tashkilotning ish rejasi bir o’quv yiliga mo’ljallab tuziladi. U o’z ichiga tashkilotning maqsad va vazifalarini hamda o’tgan o’quv yilidagi ishlarning tahlilini oladi. Ishni rejalashtirish chog’ida mumkin bo’lgan aniq vazifalar va ishlarni kiritish zarur. Goho shunday bo’ladi bir narsa rejalashtiriladi-da, boshqa turdagi ishlar amalga oshiriladi yoki butunlay hech narsa qilinmaydi. Shuning uchun yo’nalishlar o’z rejasini tuzish chog’ida avvalo, uning o’z imkoniyatlari va maktabning do’stona jamoasi imkoniyati, sharoitlaridan kelib chiqishi lozim.
Umumta’lim muassasasi sinf sardorining vazifalari quyidagilardan iborat:
sinf rahbari, o’qituvchilar bilan birgalikda o’quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib ularni ta’lim muassasasida tashkil etilgan to’garaklar va klublarga jalb etish;
maktabda o’tkaziladigan ommaviy tadbirlarning tarbiyaviy jihatdan yuqori saviyada o’tishida ko’maklashish;
sinf rahbari, o’qituvchilar va ta’lim muassasasi Sardorlar Kengashi bilan birgalikda sinfda viktorinalar, ko’rik-tanlovlar, ko’rgazmalar va musobaqalar tashkil etish, ta’lim muassasasida o’tkaziladigan shunga o’xshash tadbirlarda sinf o’quvchilarining ishtirokini ta’minlash;
ta’lim muassasasi Bolalar yetakchisi, Sardorlar Kengashidan uslubiy va amaliy yordam olib borish malakasini muntazam ravishda oshirish;
o’z ishini puxta rejalashtirish, ta’lim muassasasi Sardorlar Kengashi tomonidan rejalashtirilgan ishlarning sinfda bajarilishini nazorat qilish;
o’zlashtirishi past bo’lgan o’quvchilarga ko’maklashish.
Yo’nalish sardorlari va tashkilot a’zolarining o’z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashishi «Kamalak» Bolalar tashkiloti faoliyati samaradorligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |