RASMLARGA QARAB GAP TUZISH O’YINI
O’yinning maqsadi: Bolalarning hayvonlar haqidagi tushunchalarini mustahkamlash. Rasmlarga qarab gap tuzish yo’li bilan ularning tushunchalarini kengaytirish. O’yin uchun jihozlar: turli uy hayvonlari, mevalar, o’simliklarning rasmi aks ettirilgan kartochkalar. O’yinni o’tkazish: O’quvchilarning hammasiga bittadan kartochka tarqatilib chiqiladi. Yetakchi bolalarga qarab gap tuzishni taklif qiladi. (Masalan, bolaning qo’lidagi quyon sakrab ketayapti, quyon o’t yeyapti kabi). Bolalar bu vazifani qanday bajarganliklarini aniqlash maqsadida har biridan so’raydi.
Harakatli o’yinlar bolalarni jismoniy kamol topishiga yordam beradi. Bolani harakatga keltiradigan, birga uyushqoqlik bilan o’ynaydigan o’yinlar, bolalarni sog’lom qiladi, ularda bolalar bilan do’stona aloqada bo’lish, tashkilotchi, chaqqon, mard, talabchan, tashabbuschi bo’lish kabi xislatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Musobaqalar bolalarni baquvvat odatlari ajoyib an’analari bo’lgan. Bolalarni barkamol shakllanishi uchun xalqimiz qadim-qadimdan jiddiy e’tibor berib kelgan. O’sha zamondayoq milliy xalq o’yinlari bo’lib, «Navro’z» sayllarida, milliy-ommaviy yig’inlarda, butun ommabop o’yinlarni o’ynashgan va zavq olishgan.
AYLANA DARRA O’YINI
O’yinda ko’zda tutilgan maqsad: bolalarni xushyor, chaqqon bo’lishga odatlantirish. O’yin mazmuni: bu o’yin keng maydonda o’ynaladi. O’yinda bir guruh bolalar qatnashadilar. O’yinda boshlovchi bo’ladi. U qo’lida ro’molcha ushlab turadi. O’yindagi bolalar doira hosil qilib turadilar. O’yinni boshlovchi qo’lidagi ro’molchani birorta bolaning orqasiga sekin qo’yib ketadi. Buni sezgan o’ynovchi darrov ro’molchani olib uni quvlab ketadi. U boshlovchidan oldin o’z joyiga yetib kelsa o’yinni davom ettirishi boshlovchining o’zida qoladi. Agarda yetib kela olmasa ro’molchali o’yinni bola davom ettiradi. O’yin qoidasi: o’yinda aylana o’rtasiga kirish mumkin emas.
KES-KES O’YINI
Bu o’yinda 4 qadam kattaligida doira chiziladi. Doira markazida o’yin boshchisi turadi. Doira chetida esa barcha o’yinchilar turadi. Ular doirani kesib o’tib doiraning narigi chetida chiqishga harakat qiladilar. O’yinboshchi esa yugurib o’quvchilarga qo’l tegizadi. Qo’l tekkan o’yinchi o’yindan chiqadi. Doiraning eng ko’p kesib o’tgan va tegizmagan o’yinchi g’olib chiqadi. Bu o’yin o’quvchilarni chaqqon bo’lishga, tez yugurishga o’rgatadi va o’z kuchiga ishonchli bo’lish ruhida tarbiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |