1-ILOVA
UMUMTA’LIM MUASSASALARIDAGI «KAMOLOT» YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATINING «KAMALAK» BOLALAR TASHKILOTI TASHKILIY TUZILMASI
-
H arakatning tuman (shahar) bo’limi KENGASHI
|
|
Harakatning tuman (shahar) bo’limi «Kamalak» Bolalar Tashkiloti va Sardorlar Kengashi
|
|
|
|
|
|
-
T a’lim muassasasidagi Harakatning boshlang’ich tashkiloti Kengashi va Yetakchisi
|
-
T a’lim muassasasidagi «Kamalak» Bolalar Tashkiloti va Sardorlar Kengashi
|
|
T a’lim muassasasidagi «Kamalak» Bolalar Tashkiloti va Sardori (Sardorlar Kengashi raisi)
|
|
|
Ta’lim muassasasidagi«Kamalak» Bolalar tashkiloti yo’nalishlar sardorlari
|
|
Ta’lim muassasasidagi sinflardagi «Kamalak» Bolalar tashkilotining sardorlari
|
|
|
Ta’lim muassasasidagi sinflardagi «Kamalak» Bolalar tashkiloti a’zolari
|
I. 3. Muammoga doir tajriba-sinov ishlarining tahlili.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya barkamol shaxs tarbiyasining yetakchi qismlaridan birini egallaydi. Shu o’rinda o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasida bolalar ijtimoiy tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish yechimini kutayotgan muammolardan biri hisoblanadi.
Ilmiy izlanishlarimiz davomida bolalar ijtimoiy tashkilotlarining o’quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini tashkil etishdagi muhim jihatlarini, bolalar tashkilotlari va ularning tashkiliy tuzilmasi kabi muammolarning nazariy asoslarini o’rgandik. Shu bilan birga Nishon tumanidagi №1 umumiy o’rta ta’lim maktabida bolalar tashkiloti faoliyatini ham kuzatdik. Bunda boshlang’ich sinf o’quvchilariga anketa savollari bilan murojaat qildik handa boshlang’ich sinf o’qituvchilari va bolalar yetakchisi bilan suhbat uyushtirdik.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga «Kamalak bolalar tashkiloti haqida ma’lumot bera olasizmi? » degan savol bilan murojaat qildik. Bu savolga barcha o’quvchilar batafsil javob qaytarishdi.
Ammo bu tashkilotning qanday faoliyat yuritayotganligi, qaysi yo’nalishlari mavjudligi haqida so’raganimizda o’quvchilar aniq javob bera olishmadi.
Faqat ayrim 6-7-sinf o’quvchilari tashkilotning yo’nalishlarini aytib o’tdilar («Ekosan», «Sog’lom avlod», «Vatanparvar» kabi).
Sinf o’quvchilari orasidan saylangan yo’nalish sardorlari ham o’zlari amalga oshirishlari lozim bo’lgan vazifalarni anglab yetmaganliklarini aniqladik. Bu esa, «Kamalak» Bolalar tashkiloti yo’nalishlari va ularning sardorlari faoliyati samarali yo’lga qo’yilmaganligidan darak beradi.
Tajriba-sinov ishlari davomida boshlang’ich sinf o’qituvchilari va 5-7-sinf rahbarlariga quyidagi anketa savollari bilan murojaat qildik:
1. «Kamalak» Bolalar tashkiloti haqida to’liq ma’lumotga egamisiz?
2. Bolalar tashkiloti yo’nalishlari haqida to’liq ma’lumot bera olasizmi?
3. Bolalar tashkiloti vakolatiga qanday vazifalar kiradi?
4. Sizningcha tashkiloti faollari kimlar?
5. Sizning maktabingizda «Kamalak» Bolalar tashkiloti faoliyati qanday yo’lga qo’yilgan?
6. Boshlang’ich sinflarda «Kamalak» Bolalar tashkiloti ishini tashkil qilish usullari?
7. Bolalar tashkilotida yetakchining burch va vazifasi nimalardan iborat?
8. «Kamalak» Bolalar tashkiloti faoliyatini rivojlantirish uchun sizning tavsiyalaringiz?
So’rovnomada ishtirok etgan 12 nafar o’qituvchidan 3 nafari «Kamalak» Bolalar tashkiloti faoliyati haqida to’liq ma’lumotga ega ekanliklarini aniqladik.
7 nafar o’qituvchi esa bu tashkilot haqida ma’lumot berishsada faoliyat mazmunini to’liq izohlab bera olishmadi. 2 nafar o’rituvchi deyarli to’liq ma’lumot bera olmadilar.
Shuningdek, «Bolalar tashkiloti yo’nalishlari haqida to’liq ma’lumot bera olasizmi?» degan savol bilan murojaat qilganimizda 6- 7 nafar o’qituvchi faqat «Vatanparvar» va «Sog’lom avlod» yo’nalishlari haqida aytib o’tishdi. 4 nafar o’qituvchi esa «Mehr-shafqat», «Vatanparvar», «Ekologiya» yo’nalishlari haqida ma’lumotga ega ekanligini aytishdi. 2 nafar o’qituvchi esa yo’nalishlardan 1-2 tasini misol keltirishdi xolos.
Vaholanki, «Kamalak» Bolalar tashkilotining yo’nalishlarini jamoa va guruhlar o’z sharoit va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o’zlari belgilab oladilar. Namuna uchun: «Ekologiya», «Oltin meros», «Ma’naviyat va ma’rifat», «Umid», «Vatanparvar», «Mehr-shafqat» kabi yo’nalishlar faoliyati mavjud.
Shuningdek, «Bolalar tashkiloti vakolatoga qanday vazifalar kiradi? » degan savolga o’qituvchilarning olingan javoblar ham yuqoridagidek bo’ldi.
«Sizningcha tashkilot faollari kimlar? » degan savolga o’qituvchilarning 5 nafari ijobiy javob qaytardilar, 6 nafar o’qituvchi esa «qarorlarning bajarilishini ta’minlash, tashkilot faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’yish» deb javob qaytardilar. 1 nafar o’qituvchi bo’lsa javob qaytarishga o’rinib ko’rdi va aniq bir fikrga to’xtalmadi.
O’qituvchilardan quyidagi «Sizningcha tashkilot faollari kimlar? » deb so’raganimizda 3 nafar o’qituvchibular tashkilot Sardorlar kengashi a’zolari, guruh yetakchilari, klub faollari deb to’liq javob qaytardilar. 4 nafar o’qituvchi bo’lsa, «guruh sardorlari» deb taxminiy javob qaytarishdi. 5 nafar o’qituvchi esa aniq bir ma’lumotni bera olmadilar, guruh faollari – tashkilot faollaridir degan javoni qaytarishdi, xolos.Holbuki, o’qituvchilar tashkilot faollari haqida aniq ma’lumotga ega bo’lishlari, ular bilan birgalikda faoliyat yuritishlari lozim edi.
Navbatdagi «Sizning maktabingizda «Kamalak» Bolalar tashkiloti faoliyati qanday yo’lga qo’yilgan? » degan savolga olingan javoblar ham qoniqarli emas. Ya’ni o’qituvchilarning 5 nafari maktabdagi Bolalar tashkiloti faoliyatini ijobiy baholadilar. 5 nafar o’qituvchi esa«qoniqarsiz» deb baholadilar. 2 nafar o’qituvchi bo’lsa aniq javoblarni berishga ikkilanishdi.
Boshlang’ich sinflarda «Kamalak» Bolalar tashkiloti ishini tashkil qilish usullari haqidagi bergan savolimizga 5 nafar o’qituvchi sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar jarayoni orqali degan javobni, 7 nafar o’qituvchi esa o’quvchilarda Bolalar tashkiloti haqida ko’nikmalarni shakllantirish orqali degan javobni ilgari surishdi. Aslida esa sinf burchagi tashkil etish, burchakda ishning mazmuni aniq va to’la aks ettirish orqali yoki didaktik o’yinlar vositasida, topshiriqlar berib borish orqali, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni bolalar qiziqishlarini inobatga olib tashkil etish usullar ham mavjud edi.
Keyingi savolimizga ham xuddi yuqorida bildirilgan kabi javoblarga ega bo’ldik. 7nafar o’qituvchi bu tashkilotda yetakchining vazifasini to’liq izohlab bera olmadilar. Faqat 4 nafar o’qituvchi yetakchining burch va vazifalari haqida o\liq ma’lumotga ega ekanliklarini aniqladik. 1 nafar o’qituvchi esa to’liq va aniq fikr bildira olmadi.
Bolalar yetakchisining burch va vazifalari haqida olingan javoblarda o’quvchilarning faqat darsdan tashqari faoliyatlariga boshchilik qilish, ommaviy tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish hamda o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etish kabi vazifalarni sanab o’tdilar, xolos. Bu javoblar Bolalar yetakchisining faoliyati yaxshi tashkil etilmaganligini ko’rsatadi.
Keyingi bergan savolga o’qituvchilar «Kamalak» Bolalar tashkiloti faoliyatini rivojlantirish uchun qator tavsiyalarni berdilar. Jumladan:
1. «Kamalak» Bolalar tashkiloti faoliyatini qaytadan ko’rib chiqish lozim;
2. Bolalar yetakchisi huquqlarini kengaytirish zarur;
3. Tashkilot yo’nalishlari sardorlari faoliyatini yanada rivojlantirish kerak;
4. Tashkilot faoliyatini rivojlantirish uchun homiylar yordamiga tayanish kerak;
5. «Kamalak» Bolalar tashkilotiga oid tanlovlarga qiziqishni kuchaytirish, ishni rejalashtirishda o’quvchilar qiziqishlaridan kelib chiqishlari lozim.
Tajriba-sinov ishlari davomida Bolalar yetakchisining faoliyatini ham tatqiq qildik. Dastlab Bolalar yetakchisi yuritayotgan hujjatlarni ko’zdan kechirdik.
Bolalar yetakchisining hujjatlar to’lamida «Kamalak» Bolalar tashkiloti va Bolalar yetakchisi to’g’risida Nizom, tashkilot yo’nalishlari va sardorlari o’rtasida ish taqsimoti, Bolalar tashkiloti a’zolari ro’yxati, sardorlar ro’yxati, tashkilot va Sardorlar Kengashi yig’ilishining bayonnomalari va qarorlar, ish rejalari, hisobotlar kabi hujjatlar mavjud va to’g’ri rasmiylashtirilgan.
Ammo Bolalar yetakchisining faoliyati yetarlicha to’g’ri tashkil etilmagan va rejadagi ishlarning bajarilishi talab darajasida emas.
Jumladan, Bolalar tashkilotlarining yo’nalish sardorlari o’z faoliyatlari mazmuni-maqsadini to’laligicha anglab yetmaganliklari sababli samarali faoliyat yuritmaganlar. Shu bilan birga Bolalar yetakchisi turli xil tadbirlarni amalgam oshirishda tarbiyaviy ishlar bo’yicha director muovini, sinf rahbari bilan doimiy hamkorlik o’rnatilmagan. Bu esa o’quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasida «Kamalak» Bolalar tashkiloti va Bolalar yetakchilarining ta’sirini a’lo darajada emasligiga darak beradi.
O’quvchilar ma’naviy-axloqiy tarbiyasida «Kamalak» Bolalar tashkilotining o’rnini oshirish maqsadida tashkilot faoliyatiga doir qarashlarni batafsil tahlil qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |