Mavzumuning dolzarbligi


I.2. Bolalar ijtimoiy tashkilotlari va ularning tashkiliy tuzilmasi



Download 340 Kb.
bet5/14
Sana12.04.2022
Hajmi340 Kb.
#546614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O’quvchilarni ma’n

I.2. Bolalar ijtimoiy tashkilotlari va ularning tashkiliy tuzilmasi.
Har bir bolaning barkamol bo’lib o’sishiga xalq ta’limining barcha bo’g’inlarida ish faoliyati yangicha rivojlantirish, ijodiy ishlar, izlanishlar va tashabbuskorlikni yanada kuchaytirish zarur.
Istiqlol tufayli hayotimizni hamma jabhalaridatubdan o’zgarishlar yuz berayotgan bir davrda umumiy o’rta ta’lim tizimida bolalar tashkilotlari faoliyatini tubdan qayta ko’rishva yangilashni davr taqoza etdi.
Huddu shu maqsadda 2001-yil 24-yanvarda Prezidentimiz Islom Karimov yoshlarning tashabbus guruhi bilan bo’lgan uchrashuvda o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratib shunday deb ta’kidladi: “Ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi biz uchun umummilliy, umumdavlat miqiyosidagi vazifa bo’lib, bu ezgu maqsad yo’lida amalgam oshirayotgan ishlarimizni izchil va qat’iyatlik bilan davom ettirish bugungi siyosatimizning diqat markazida turganini yana birmarta o’qtirib o’tmoqchiman”. Prezidentimiz Islom Karimov yoshlarning boshini qovushtiradigan ularning chinakam suyanchi va tayanchi bo’la oladigan yand\gi tashkilot tuzish g’oyasini ilagari surdi.
Shu maqsadda 2001-yil 25-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining ta’sis qurultoyi bo’lib o’tdi va shu kun “Kamolot” YIH tashkil topgan kun deb e’lon qilindi .
_______________
Islom Karimov “Kamolot”yoshlarimizning chinakam suyanchi va tayanchi bo’lsin.T.”Ma’rifat”, 2001-yil

O’zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati mamalakatimiz yoshlarini ixtiyoriylik, oshkoralik, huquq va majburiyatlar tengligi tamoyili asosida birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotdir.


Harakat va faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlari hamda ushbu ustavga muvofiq amalga oshiriladi.
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining maqsadi-mamlakatimiz yoshlarini ozod va obod Vatan yaratishdek, ulug’ maqsad yo’lida birlashtirish,milliy g’oyamizga tayangan holda Mustaqil O’zbekistonning sog’lom, ma’naviy yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni, bozor iqtisodiyoti asoslarini chuqur egallagan yoshlarni voyaga yetkazishga har tomonlama ko’maklashish, o’sib kelayotgan avlodning inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug’lashga, xalqimizning obro’si va nufuzini, yurtimizning shon-shuxratini oshirishga xizmat qiladigan uzoq muddatli, keng ko’lamli,ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlashdan iboratdir.
Harakatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini belgilashda va amalga oshirishda, fuqarolik jamiyatini barpo etishda qatnashish;
- yoshlar g’ayrat-shijoati, bilimi, iqtidori va salohiyatiga tayangan holda har bir yigit va qizning Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligiga xizmat qiladigan intilish, izlanish va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash orqali «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» tamoyilini ro’yobga chiqarishda faol ishtirok etishiga erishish;
- barcha ta’lim-tarbiya muassasalarida aholi turar joylari, ishlab chiqarish sohalarida ma’naviy-ruhiy muhitning ahvolini hisobga olgan holda ijobiy an’ana va tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash;
- ma’naviy-mafkuraviy targ’ibot ishlarining shaklan va mazmunan uyg’unligini, muntazamligini, samaradorlikka asoslanishini ta’minlash, ya’ni ma’ruza, suhbat, bahs-munozaralar, seminarlar va konferensiyalar, ommaviy-madaniy va sport tadbirlari, ommaviy axborot vositalari orqali mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning, farmonlar, qarorlar va qonunlarning mohiyatini yoshlarga tezkorlik bilan yetkazish va kundalik faoliyat dasturiga aylantirish;
- o’zbek xalqining bebaho ma’naviy merosidan yoshlarimizning muntazam va to’laqonli bahramand bo’lishiga, ularning mana shunday ma’naviy muhitda kamol topishiga erishish;
- yoshlar va bolalar jamoat birlashmalari, nodavlat tijorat tashkilotlarining yoshlar va bolalarni aqliy, ijodiy va jismoniy jihatdan kamol toptirishga qaratilgan faoliyatini qo’llab-quvvatlash;
- yoshlarga jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari uchun shart-sharoit yaratish, harbiy xizmatga tayyorlash yo’nalishlarida ishni tashkil etishning amaliy tizimlarini yaratish;
- ekologik tarbiyani yoshlar tarbiyasi tizimining uzviy va uyg’un tarkibiy qismiga aylantirish;
- ta’lim, fan, texnika, axborot texnologiyalari, madaniyat, sport, san’at, tadbirkorlik sohalarida ko’zga ko’rinarli yutuqqa erishgan iste’dodli va iqtidorli yoshlarni rag’batlantirib borish va boshqa harakat faoliyatining turli yo’nalishlari bo’yicha belgilangan vazifalar.
Harakatning huquqlari quyidagicha:
Harakat vazirlik, qo’mita va idoralarga qarashli barcha o’quv muassasalari, harbiy qismlar, huquqni muhofaza etuvchi idoralar, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha turdagi korxonalar, xo’jaliklar, davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlaridagi yoshlarni o’z safiga ixtiyoriy tarzda birlashtiradi va o’z boshlang’ich tashkilotlarni tuzadi.
Harakat faoliyatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
a) har bir a’zoning manfaatlarini himoya etish, fikrini hisobga olish;
b) jamoa bo’lib faoliyat yuritish;
d) harakatning barcha a’zolari quyidan yuqorigacha saylab qo’yilishi;
e) harakatning saylab qo’yilgan organlarining oldida hisobot berib turishi, Harakatning mahalliy (hududiy) bo’limlari va boshlang’ich tashkilotlari o’z faoliyati to’g’risida yuqori organlarga axborot berib borishi;
f) munozaralar erkinligi, barcha organlar va tashkilotlarning ishida to’la oshkoralik;
g) saylab qo’yiladigan yuqori rahbar organning o’ziga berilgan vakolatlar doirasida qabul qilgan qarorlarining quyi tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiyligi;
h) jamoa tarzidagi a’zolarning o’z ichki faoliyatini va mazkur ustav doirasidagi faoliyatini yo’lga qo’yishdagi mustaqilligi;
i) barcha tuzilmalarda ishlarning «tashabbus-muhokama-loyiha-amalga oshirish», yuqori tuzilmalar tomonidan boshlang’ich tashkilotlarga har tomonlama yordam ko’rsatish tamoyillari asosida tashkil etilishi;
«Kamolot» Yoshlar Ijtimoiy Harakati MK Ijroiya Qo’mitasi vakolatlari quyidagilardan iborat:
- joylarda vujudga kelayotgan muammo va yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarni tezlik bilan yechish, bartaraf qilish, joriy ish rejalarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi, qaror va rejalarning ijrosini o’rganishni tashkil etadi, hisobotlarni eshitadi va baholaydi;
- «Kamolot» Yoshlar Ijtimoiy Harakati yig’ilishlarini chaqiradi, kun tartibini, yig’ilishga taklif etiladiganlarning ro’yxatini belgilaydi;
- harakatning ichki mehnat tartibi qoidalarini, xodimlarning xizmat vazifalari to’g’risidagi;
- harakatning saylab qo’yiladigan rahbar organlari apparati xodimlariga intizomiy jazolarni belgilaydi;
- harakatning ichki faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni tasdiqlaydi;
- muayyan yutuqqa erishgan jamoalar, xodimlar va yoshlarni davlat mukofotlariga tavsiya etadi, ma’naviy va moddiy rag’batlantiradi;
- harakatning quyi organlari Ijroiya qo’mitalari va rahbarlarining qonunga va Ustavga zid qarorlarini bekor qiladi;
- «Kamolot» Yoshlar Ijtimoiy Harakati MK vakolat doirasiga kiruvchi boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
- «Kamolot» Yoshlar Ijtimoiy Harakati MK apparati ishlar boshqaruvchisi, bosh hisobchisi, bo’lim mudirlarini, MK qoshidagi tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari rahbarlari va bosh hisobchilarini lavozimiga tasdiqlaydi, lavozimidan ozod qiladi va boshqalar.
Harakatga a’zolik tartibi yakka va jamoa tarzida bo’ladi.
- O’zbekiston Respublikasining fuqarolari bo’lgan jismoniy shaxslar ixtiyoriylik asosida Harakatning yakka tartibdagi a’zolari bo’lishi mumkin.
- Jinsi, irqi, millati, tili, diniy e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, Harakatning maqsadlarini qo’llab-quvvatlaydigan o’n to’rt yoshdan o’ttiz yoshgacha bo’lgan yigit va qizlar Harakatning yakka tartibdagi a’zolari bo’lishi mumkin.
Harakatga yakka tartibdagi a’zolik shaxs o’ttiz yoshga to’lgandan keyin to’xtaladi, lekin, Harakat a’zosining bergan arizasiga asosan Harakat mahalliy (hududiy) bo’limining saylab qo’yiladigan rahbar organi yoki boshlang’ich tashkilotining qarori bilan uzytirilishi mumkin.
Harakatning saylab qo’yiladigan rahbar organlari tarkibiga saylangan shaxslar Harakatning yakka tartibdagi a’zosi bo’lib hisoblanadi.
Harakatning jamoa tarzidagi a’zolari a’zolikka Harakat mahalliy bo’limlari tomonidan qabul qilinadi. Harakatga jamoa tarzida qabul qilish mahalliy bo’limlar Kengashi yig’ilishi tomonidan amalga oshiriladi. Jamoa tarzida a’zo bo’lib kiruvchilar o’z rahbar organining Harakat a’zoligiga kirish to’g’risida qabul qilgan qarorini taqdim etadi.
A’zolik quyidagi hollarda to’xtaladi:
a) o’z hohishiga ko’ra shaxsiy arizasi asosida;
b) harakat a’zosining a’zolik yoshi o’tganda va harakatning jamoa tarzidagi a’zosi rahbar organining qarorini taqdim etish orqali Harakatdagi a’zoligini to’xtatishi mumkin.
Harakat a’zolarining burchlari quyidagilardan iborat:
- harakatning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda faol ishtirok etish;
- harakatning yoshlar o’rtasida va jamiyatda ta’sir kuchi hamda obro’sini oshirishga o’z hissasini qo’shish;
- harakatning organlari, boshlang’ich tashkiloti yig’ilishlari qarorlarini bajarish;
- harakatning boshlang’ich tashkiloti ishida faol qatnashish.
Harakatning tashkiliy tuzilishi.
Harakatning tashkiliy negizi – boshlang’ich tashkilotdir. Boshlang’ich tashkilotlar yetakchilari Kengashi o’z faoliyatini Markaziy Kengash tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.
Harakatning tuman va shahar bo’limlari Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo’limlariga birlashadilar.
Harakat homiyligida respublika «Kamalak» bolalar tashkiloti faoliyat yuritadi. Harakat o’z ta’sis hujjatlari asosida ish yuritadigan davriy nashrlarga, nashriyot-matbaa korxonalariga, kadrlar malakasini oshirish markazi va boshqa muassasalarga ega bo’ladi.
2001- yil 23-mayda Respublika Bolalar tashkiloti tashkil topdi.
2002 -yil 22-24-mayda Toshkent viloyati “Semurg’” oromgohida Republika bolalar tashkilotining 1-anjumani bo’lib o’tdi va tashkilotga “Kamalak”nomi berildi hamda Respublika Sardorlar Kengashi tuzildi.
Tashkilotning asosiy maqsadi: bolalarning shaxsiy huquqlari va erkinliklarini himoya qilishi. Prezidint va Davlat ramzlariga sadoqatli bo’lishlari, o’z vatanining sadoqatli fuqarolari bo’lib yetishishlari , o’z ishlari va harakatlari bilan jamyatga foyda keltirishlariga yordam berishdir.
Respublika «Kamalak» bolalar tashkiloti 10 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalarni va o’smirlarni o’z safiga birlashtirib, «Kamalak» bolalar tashkilotining raislari lavozimiga ko’ra Harakatning tegishli bo’limlari Kengashi tarkibiga kiradilar. Respublika «Kamalak» bolalar tashkiloti «Kamolot» Yoshlar Ijtimoiy Harakati tomonidan tasdiqlangan Respublika «Kamalak» bolalar tashkiloti to’g’risidagi Nizomga asosan faoliyat yuritadi, o’z ramzi va belgilariga ega.
O’zbekiston Respublikasida «Kamolot» Yoshlar Ijtimoiy Harakati homiyligida «Kamalak» Bolalar tashkiloti faoliyat yuritib kelmoqda. Bu tashkilot yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida yuksak ma’naviyat, sog’lom, bilimdon qilib tarbiyalovchi bolalar tomonidan tuzilgan jamoat tashkiloti hisoblanadi.
«Kamalak» Bolalar tashkiloti bolalarning ixtiyoriy ravishda uyushgan, mustaqil, demokratik qoidalar asosida faoliyat ko’rsatadigan ommaviy tashkilotdir. U o’z ishini mustaqil O’zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati homiyligida amalga oshiradi.
Tashkilot o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy Harakati Nizomi, bolalar huquqlari haqida Xalqaro Konvensiya hamda tashkilot Nizomiga muvofiq Respublikaning barcha hududlarida, umumta’lim maktablarida, mehribonlik uylarida doimiy va yozgi sog’lomlashtirish oromgohlarida mavsumiy amalga oshiradi.
«Kamalak» Bolalar tashkiloti o’z ish jarayonida respublikadagi va xalqaro miqyosdagi jamoat tashkilotlari, bolalar birlashmalari, respublika vazirliklari, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan aloqalar o’rnatish hamda ularning imkoniyatlaridan keng foydalanish huquqiga ega.
«Kamalak» Bolalar tashkiloti o’z a’zolarini jahon andozalariga mos ravishda ilm va ma’rifat sohiblari, barkamol inson qilib yetishishlari uchun ko’maklashadi.
Tashkilotning asosiy maqsadi bolarning huquqlari va erkinlarini himoya qilish, Prezident va davlat ramzlariga sadoqatli bo’lishlari, o’z Vatanining sodiq fuqarolari bo’lib yetishishlari, o’z ishlari va harakatlari bilan jamiyatga foyda keltirishlariga yordam berishdir.
«Kamalak» Bolalar tashkilotining bosh shiori: «Ezgu maqsad sari Vatanni ulug’laymiz, do’stlikni qadrlaymiz».
Tashkilotning asosiy vazifalari:

  • tashkilotga a’zo bo’lgan jamoa va guruhlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • bolalarda tashabbuskorlik, tadbirkorlik va ishbilarmonlik ko’nikmalarini hosil qilish hamda qo’llab-quvvatlash;

  • jismoniy, ma’naviy sog’lom avlodni va ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishga hissa qo’shish

  • tashkilot a’zolarini respublikamizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining urf-odatlari, an’analari marosimlari, madaniyati, san’atini hurmat qilishga o’rgatish;

  • xorijiy bolalar tashkilotlari bilan aloqalar o’rnatish va uni rivojlantirish;

  • milliy g’urur, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik fazilatlarini shakllantirish;

  • «Xizmat-beminnat», «Mehr-shafqat» guruhlarini tashkil etish orqali bolalarda mehnatsevarlik, haqqoniylik, mehribonlik va insoniylik fazilatlarini shakllantirishda ko’maklashish;

  • sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish;

  • jamoa orasida o’z fikrini to’la ifodalashga o’rgatish;

  • iqtidorli bolalarni izlab topish, ularning iqtidorini namoyon etish va uni amalga oshirishga sharoit yaratish;

  • milliy madaniyat va ma’naviyatni o’rganish orqali Vatanga sadoqat, xalqqa muhabbat ruhini yuksaltirish;

  • buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg’ularini singdirish;

  • o’lka tarixini o’rganish, yurtimiz tabiatini avaylab-asrash va uni e’zozlash;

  • o’zi istiqomat qilayotgan ko’cha, mahalla va uylarni obodonlashtirishda bolalar mas’uliyatini oshirish;

  • bolalarda yon atrofda yashayotgan insonlarga bo’lgan g’amxo’rlik hissini tarbiyalash, o’zgalar farovonligi uchun qayg’urishga odatlantirish;

  • bolalarni hayotga tayyorlash, ularning aqliy ongini rivojlantirish, ma’naviy tarbiyasini yuksaltirish, ota-onaga ko’maklashish hissini uyg’otish, uy-ro’zg’or yumushlarini bajarishga jalb etish;

  • tashkilot a’zolarini o’z haq-huquqlarini himoya qilish va tanqidni to’g’ri qabul qilishga o’rgatish;

  • turar joylarda, mahallalarda, tashkilot va muassasalar qoshida to’garak, klublarni tashkil etishda ota-onalarni jalb etish;

  • bolalarning adabiyotga, kitobga bo’lgan qiziqishlarini o’stirish, oilaviy kutubxonalarni tashkil etishga yo’naltirish;

  • tashkilot a’zolarini oila, mahalla, jamiyat va davlat oldidagi mas’uliyatlarini to’la anglaydigan va egallagan bilimlarini hayotga tatbiq eta oladigan shaxs sifatida kamol toptirish;

  • yon atrofda sodir etilayotgan voqealarga befarq bo’lmaslikka o’rgatish;

  • mustaqillik g’oyalariga sadoqatli bo’lish ruhida tarbiyalash;

  • davlat va xalq birligi hamda ravnaqi yo’liga g’ov bo’ladigan barcha oqim, g’oya va qarashlarga nisbatan doim sergak bo’lishga o’rgatish.

«Kamalak» Bolalar tashkiloti a’zolari quyidagi umuminsoniy qadriyatlarga amal qiladilar.

  • so’z va ish birligi;

  • do’stlik va sadoqatlilik;

  • burch va vijdon;

  • o’zaro g’amxo’rlik va mehribonlik;

  • kattalarga hurmat va kichiklarga izzat;

  • milliy an’analarga sadoqat va boshqa xalqlar an’analariga hurmat.

Tashkilot a’zolarining huquqlari quyidagilardan iborat:

  • har bir tashkilot a’zolarining manfaatlarini himoya qilish;

  • boshlang’ich jamoani ixtiyoriy tanlash va undan chiqib ketish;

  • tashkilotning har qanday a’zosi faoliyatini muhokama va tanqid qilish, takliflar kiritish tashkilot faoliyatining barcha masalalari bo’yicha o’z fikrini himoya etish.

Tashkilot a’zolarining burchlari quyidagilardan iborat:

  • tashkilot Nizomiga qat’iy rioya qilish;

  • tashkilot faoliyatida faol qatnashish, yuklatilgan vazifani sidqi dildan bajarish;

  • tashkilot obro’si haqida g’amxo’rlik qilish;

  • tengdoshlari va do’stlari o’rtasida tashkilotning maqsad va varifalarini targ’ibot qilish;

  • tashkilotning yuqori organlariga o’z faoliyati haqida axborot berib turish.

«Kamalak» bolalar tashkilotiga respublika hududida yashovchi tashkilot Nizomini tan olgan, millati, tili, diniy e’tqodidan qat’iy nazar, 10 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar ixtiyoriy, yakka tartibda a’zo bo’lishlari mumkin.
Tashkilotga a’zo bo’lish tartibi bilan bog’liq masalalar Rayosat tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. A’zolikka qabul qilish tadbiri boshlang’ich jamoalarning o’zida hal qilinadi.
Tashkilot a’zoligidan chiqish uchun a’zo o’z ixtiyori bilan boshlang’ich tashkilotga yozma ariza beradi.
Tashkilot a’zosi tashkilot Nizomi va faoliyatiga nomunosib xatti-harakatlar qilganda yoki yoshi 14 ga yetganligi munosabati bilan boshlang’ich tashkilot qarori asosida tashkilot a’zoligidan chiqariladi.
Tashkilotning tuzilishi.
Boshlang’ich tashkilot.
10 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalarni birlashtirgan bolalar jamoalari tashkilotning a’zosi hisoblanadi.
Boshlang’ich tashkilotlar maktablar, gimnaziyalar, litseylar va sog’lomlashtirish oromgohlarida (mavsumiy) umumiy yig’ilish qarori bilan tuziladi va shahar, tuman, bo’limlariga bo’ysunadi hamda hisobot beradi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida har bir sinfda o’quvchilar tomonidan saylangan sinf sardorlari faoliyat ko’rsatadi.
Maktabda barcha sinf sardorlaridan iborat Sardorlar Kengashi tuziladi va unga Sardorlar Kengashi raisi rahbarlik qiladi. Sardorlar Kengashi belgilangan yo’nalishlar bo’yicha ish olib boradi.
Har bir boshlang’ich tashkilotning bir yilda kamida bir marta o’tkaziladigan umumiy hisobot yig’ilishida ko’pchilik ovoz bilan maktab Sardorlar Kengashi raisi saylanadi.
Maktab Sardorlar Kengashi tarkibi kamida 10 nafar a’zodan iborat bo’lishi lozim.
Maktab sardori va uning yo’nalishlar bo’yicha guruh rahbarlari jamoa a’zolari orasidan ochiq ovoz berish yo’li bilan saylanadilar.
Maktab Sardorlar Kengashi faoliyat yo’nalishining mohiyatini ifodalovchi o’z ramzi, nomi va belgisiga ega bo’lishi lozim. Shuningdek, Respublikadagi barcha maktab sardorlari Rayosat tomonidan tasdiqlangan Maktab sardori ko’krak nishoniga ega bo’ladilar.
Tashkilotning Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman va shahar bo’limlari tashkilotning joylardagi bo’limlari hisoblanadi.
Bu bo’limlarning yuqori organi kamida 2,5 yilda bir marta chaqiriladigan Konferensiya hisoblanadi.
Tashkilotning Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman va shahar bo’limlari tashkilotning joylardagi o’z tarkibiga kiruvchi jamoalar, guruhlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularning asosiy yo’nalishlarini belgilaydi.
«Kamalak» Bolalar tashkilotining oliy organi kamida 5yilda bir marta chaqiriladigan Konferensiya hisoblanadi. Konferensiya qatnashchilari tashkilotning joylardagi bo’limlari yig’ilishlarida saylanadi. Konferensiya O’zbekiston «Kamalak» Bolalar tashkiloti Rayosati tashabbusi bilan yoki tashkilot a’zolarining uchdan ikki qismi talabiga ko’ra chaqirilishi mumkin. Konferensiyada tashkilotning vakillari, sardorlari, bosh yetakchilar, tashkilotning faol a’zolari ishtirok etadilar. Konferensiyalar oralig’ida bolalarning uchrashuv va yig’ilishlari bo’lib o’tadi.
Konferensiya tashkilot faoliyatining barcha masalalari bo’yicha qaror qabul qilish huquqiga ega:
Konferensiyaning huquq doirasiga quyidagilar kiradi:
- tashkilot Nizomini qabul qilish, unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;

  • «Kamalak» Bolalar tashkiloti Rayosati a’zolari, uning raisi va o’rinbosarini saylash;

  • saylab qo’yiladigan organlar vakolatini tasdiqlash;

  • nazorat organlarini tasdiqlash.

Qatnashayotgan vakillarining uchdan ikki qismi ovoz bergandagina Konferensiya qarorlari qabul qilinadi.
Konferensiyalar oralig’idagi davrda «Kamalak» Bolalar tashkiloti ishiga uning Rayosati rahbarlik qiladi.
«Kamalak» Bolalar tashkiloti Rayosati quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • tashkilotning kundalik faoliyatini amalga oshiradi;

  • tashkilot loyihalari, dasturlari, aksiyalarini tasdiqlaydi, ularni ro’yobga chiqarilishini ta’minlaydi;

  • viloyat, tuman, shahar bolalar tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va yordam beradi;

  • o’z tarkibida ishchi organlar, seksiyalar, guruhlarni tuzadi:

  • bolalarni huquqlarini himoya etadi;

  • jamoat tashkilotlari bilan aloqalarni amalga oshiradi;

  • xalqaro Bolalar tashkilotlari bilan aloqalarni amalga oshiradi;

  • yetakchilar ishini muvofiqlashtiradi va takomillashtiradi;

  • tashkilotning viloyat bo’limi raislari o’z ish faoliyatlari yuzasidan tashkilotning ijroiya organiga hisobot berib turadilar;

«Kamalak» Bolalar tashkiloti Rayosati yig’ilishi olti oyda kamida bir
marotaba o’tkaziladi.
«Kamalak» Bolalar tashkiloti raisi:

  • «Kamalak» Bolalar tashkiloti Rayosatiga uning tarkibidan saylangan rais rahbarlik qiladi.

Raisning vakolatiga quyidagilar kiradi:

  • tashkilot faoliyati, uning Rayosati, matbuot nashrlari ishini tashkil etish, joylardagi bo’limlar ishini muvofiqlashtirish, tashkilot organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarining bajarilishini ta’minlash, kadrlar bilan ishlash, turli idora va muassasalar, xorijiy bolalar tashkilotlari vakillari bilan tashkilot nomidan ish yuritish.

Tashkilot o’z faoliyatini moddiy jihatdan ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi «Kamolot» Yoshlar Ijtimoiy Harakati taqdim etgan jihozlar va boshqa mulklarga ega bo’lishi mumkin.
Tashkilot mablag’lari O’zbekiston Respublikasi «Kamolot» Yoshlar Ijtimoiy Harakati tomonidan, davlat va jamoat tashkilotlaridan, alohida fuqarolar, korxona va muassasalar, chet el investetsiyalarining umumiy va maqsadli hissalari, shuningdek, boshqa xo’jalik faoliyatidan shakllanadi.
Quyidagi 1- ilovadagi chizmada «Kamalak» Bolalar tashkilotining tuzilmasi aks etgan.

Download 340 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish