1. Давлат функциялари билан унинг мақсад ва вазифалари ўртасида қандай алоқадорлик мавжуд? Фикрингизни мисоллар билан баён этинг



Download 311 Kb.
bet1/3
Sana06.07.2022
Hajmi311 Kb.
#744004
  1   2   3
Bog'liq
dhn javoblar toplami


1. Давлат функциялари билан унинг мақсад ва вазифалари ўртасида қандай алоқадорлик мавжуд? Фикрингизни мисоллар билан баён этинг.
1. Davlat funktsiyalari haqida gapirganda uning maqsadi va vazifalariga ham alohida toʼxtalib oʼtish lozim. Chunki davlat funktsiyalari davlat maqsadi va vazifalari bilan chambarchas bogʼliq boʼlib, davlat oʼz oldiga qoʼygan maqsadga erishishi uchun maʼlum bir vazifalarni hal qilishi lozim, bu esa tegishli funktsiyalarni amalga oshirish bilan bogʼliqdir. Shuni qayd etish lozimki, “maqsad”, “vazifa”, “funktsiya” tushunchalari bir-biridan ajralmas boʼlib, ular davlatning mohiyatiga mos ravishda shakllanadi. Maqsad bu muayyan davlatning taraqqiyotidagi keying bosqichda erishmoqchi boʼlgan holati boʼlsa (masalan: fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy demokratik davlat barpo etish), vazifa esa ushbu maqsadga erishish uchun hal etilishi lozim boʼlgan masalalar, funktsiya – vazifalar yechimiga yoʼnaltirilgan faoliyat yoʼnalishidir. Davlat maqsadining quyidagi xususiyatlarini koʼrsatib oʼtish mumkin: davlat faoliyatini yoʼnaltiruvchi va tartibga soluvchi, uning bajarishi lozim boʼlgan vazifalari ketma-ketligi va xarakterini belgilab beruvchi bevosita motivi boʼlib maydonga chiqadi; muayyan vazifalarni bajargandan keyin kelajakda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan davlatning obrazi va modeli sifatida namoyon boʼladi; davlat faoliyatini rejalashtirish va taraqqiyotning muqobilyoʼnalishlarini tanlash imkonini beradi; davlat faoliyatini mantiqiylik va tizimlilik asosida amalga oshishini taʼminlaydi; maqsadga erishish amaldagi hayotiy vaziyat va maqsad oʼrtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish jarayoni hisoblanadi. Davlatning vazifalari quyidagi xususiyatlarga ega: funktsiyaning mavjud boʼlishi (amalga oshishi)ni taqozo etadi; uning amalga oshishidan oldin yuzaga keladi; funktsiyaga nisbatan obʼektiv xarakterga ega; funktsiyaning mazmunini belgilab beradi; funktsiyaning shakl va metodlariga taʼsir qiladi; funktsiyasiz davlatning birorta ham vazifasi hal etilmaydi; bitta funktsiya orqali davlatning bir qator vazifalari bajarilishi yoki aksincha boʼlishi mumkin. Davlat va jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida ular oldiga maʼlum bir vazifalarning qoʼyilishi tegishli funktsiyalarni amalga oshirish zaruratini keltirib chiqaradi, chunki davlatning funktsiyalari amalga oshirilmagan taqdirda uning vazifalari ham amalga oshmay qoladi. Vazifa bir tomondan maʼlum xususiyatga ega boʼlmagan biror-bir maqsadga erishish zaruratini, ikkinchi tomondan esa maʼlum faoliyat turini amalga oshirish zaruratini taqozo etadi. Vazifa va funktsiyalarning oʼzaro nisbatida funktsiyalar emas, balki vazifalar hal qiluvchi ahamiyatga ega boʼladi. Vazifa bir tomondan biror-bir maqsadga erishish, ikkinchi tomondan esa maʼlum faoliyat turini amalga oshirish zaruratini oʼz ichiga oladi. Davlatning funktsiyalari uning vazifalariga bogʼliq boʼladi, chunki vazifalar funktsiyalarning mavjudligini va ularning mazmunini belgilaydi, ularni amalga oshirish shakl va usullariga taʼsir koʼrsatadi. Funktsiyalar mazmuni davlatning qanday faoliyat olib borayotganligi, shu muhitda boshqaruv harakatlarini qay yoʼsinda yuritayotganligi, uning tegishli organlari nima bilan shugʼullanayotganligini koʼrsatadi.
2. Давлат функцияларини таснифлашга қандай мезонлар асос бўлади? Фикрингизни мисоллар билан асослаб беринг.
2. Davlat funktsiyalari asosan quyidagi toʼrt asosiy guruhga tasniflanishini koʼrsatib oʼtish mumkin: a) faoliyat doirasi boʼyicha; b) amal qilishining davomiyligi boʼyicha; v) ijtimoiy ahamiyati boʼyicha; g) amalga oshirish shakllari boʼyicha. Davlat funktsiyalari faoliyat doirasi boʼyicha ichki va tashqi funktsiyalarga boʼlinadi. Ichki funktsiyalar davlatning ichki vazifalarini yechishga yoʼnaltirilgan boʼlib, davlatning jamiyat hayoti ustidan rahbarligini amalga oshirishga qaratilgan faoliyatining asosiy yoʼnalishlarini namoyon qiladi. Tashqi funktsiyalar esa xalqaro-huquqiy munosabatlarning subʼekti sifatida ishtirok etayotgan davlatning davlatlararo miqyosdagi vazifalarni hal qilishi bilan bogʼliqdir. Davlatning asosiy ichki funktsiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:  iqtisodiy funktsiya;  ijtimoiy funktsiya;  siyosiy funktsiya;  huquq-tartibotni taʼminlash funktsiyasi;  tinchlikni taʼminlash funktsiyasi;  ekologik funktsiya va boshqa funktsiyalar. Iqtisodiy funktsiya – bu davlat tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish borasida asosiy yoʼnalishlarini ishlab chiqish, ushbu sohada boshqaruvni amalga oshirish va tartibga solib turishdan iboratdir. Bundan tashqari, davlat byudjetini shakllantirish, jamiyatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini aniqlash, turli xil mulk shakllarini tenglik sharoitida amal qilinishini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash kabilar ham davlatning iqtisodiy sohadagi funktsiyasi doirasiga kiradi. Ijtimoiy funktsiya – bu aholini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish, insonlarga munosib turmush tarzini yaratish, taʼlim sohasi, sogʼliqni saqlash va madaniyatni rivojlantirish va boshqalar. Siyosiy funktsiya – bu davlat (jamiyat)ning siyosiy hayotini boshqarish, davlat organlarini shakllantirish hamda ularning faoliyatini tashkil etishdan iborat. Huquqiy tartibotni muhofaza qilish funktsiyasi –davlatning jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlash, inson va fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kabilarga qaratilgan. Tinchlikni taʼminlash funktsiyasi – bu davlat tomonidan aholining tinch-totuv yashashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, turli millatlarni va ijtimoiy guruhlarni murosai madorada saqlab turish, ularning orasida kelib chiqishi mumkin boʼlgan nizolarning oldini olish hamda bartaraf etishdan iborat. Davlatning ekologik funktsiyasi – uning jamiyat talab va ehtiyojlarini yanada toʼliqroq taʼminlash va jamiyat aʼzolarining yashash, mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish vazifalarini hal etish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni tiklash va koʼpaytirish borasidagi faoliyatidir. Davlatning ekologik funktsiyasi jamiyatning iqtisodiy va ekologik manfaatlarini taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiiy resurslarni tiklash, koʼpaytirish, fuqarolar uchun qulay tabiiy atrof muhitni yaratish maqsadlariga qaratilgan. Davlatning asosiy tashqi funktsiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:  boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik funktsiyasi;  mudofaa funktsiyasi. Boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik funktsiyasi – bu davlatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlarni oʼrnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatidir. Mudofaa funktsiyasi. Davlatning mamlakatni tashqi tazyiqlardan mudofaa qilish funktsiyasi davlat faoliyatining muhimyoʼnalishi hisoblanadi. Davlatning mudofaa funktsiyasi iqtisodiy, siyosiy, diplomatik va harbiy usullar bilan amalga oshiriladi. Hozirgi zamon davlatlarining aksariyati mudofaa doktrinasini qabul qilgan boʼlib, uning mohiyati boshqa davlat yoki davlatlar guruhi tomonidan uyushtirilishi mumkin boʼlgan agressiyani bartaraf etish uchun maqbul darajada yetarli boʼlgan kuch va vositalarni yaratishdan iborat. Davlat funktsiyalari amal qilish davomiyligi boʼyicha doimiy va muvaqqat (vaqtinchalik)ga boʼlinadi. Doimiy funktsiyalar qatoriga davlat mavjudligining va rivojlanishining barcha bosqichlariga xos boʼlgan funktsiyalar (masalan: iqtisodiy funktsiya) kiritilsa, muvaqqat funktsiyalarga esa davlat oʼz oldiga qoʼygan muayyan maqsad va vazifalarni amalga oshirishi bilan oʼz ahamiyatini yoʼqotadigan funktsiyalar kiritiladi (masalan, tabiiy yoki texnogen halokat va ularning oqibatlarini bartaraf etish va boshqalar). Ijtimoiy ahamiyatiga koʼra davlat funktsiyalari asosiy va asosiy boʼlmagan funktsiyalarga boʼlinadi. Davlatning asosiy va asosiy boʼlmagan funktsiyalari oʼzaro bir-biri bilan bogʼliq boʼlib, davlat taraqqiyotining muayyan bosqichida u yoki bu funktsiyalar ijtimoiy ahamiyati yuzasidan ustuvor ahamiyat kasb etadi. Аlbatta, bunday tasniflash shartli ahamiyat kasb etadi. Muayyan davlatning har bir funktsiyasi shu davlat uchun obʼektiv zaruratdir. Davlat faoliyatining barcha turlari teng darajada muhim, biroq bu fikr, turli bosqichlarda birinchi navbatda eʼtibor qaratilishi lozim boʼlgan ustuvor yoʼnalishlarni belgilab olish imkoniyatini istisno qilmaydi. Mana shu ustuvor yoʼnalishlar davlatning asosiy faoliyat yoʼnalishlari, funktsiyalariga aylanadi. Аmalga oshirishning huquqiy shakllari boʼyicha davlat funktsiyalarini quyidagicha tasniflash mumkin: huquq ijodkorligi; ijro etish; huquqni muhofaza qilish.
3. Давлат шакли, унинг ривожланиши ва ўзгаришига таъсир этувчи омилларни тушунтириб беринг.
3. Davlat shakli – bu oʼz ichiga davlat boshqaruvi, davlat tuzilishi va siyosiy (davlat) rejimni qamrab oluvchi siyosiy hokimiyatni tashkil etish usullari yigʼindisidir. Davlat shakli uning uch tarkibiy qismi – boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy idora usulining birlikdagi siyosiy hokimiyat tashkilotidir. Davlat shaklining tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat: – boshqaruv shakli, yaʼni davlat hokimiyati va boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibi; – davlat tuzilishi shakli, yaʼni davlatning hududiy tuzilishi, markaziy, mintaqaviy va mahalliy hokimiyatlar oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarning muayyan tartibi; – siyosiy (davlat) rejim, yaʼni siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirish usul va uslublari. Davlat shakllarining rivojlanishi va oʼzgarishiga quyidagi omillar taʼsir etadi: – ijtimoiy-iqtisodiy, maʼrifiy-madaniy muhit; – tarixiy, milliy va diniy anʼanalar, urf-odatlar; – tabiiy, geografik va iqlimiy shart-sharoitlar; – siyosiy kuchlarning oʼzaro nisbati; – jamiyatni gʼoyaviylashtirish va siyosiylashtirish darajasi
4. Демократик сиёсий режим турларини кўрсатинг ва уларнинг алоҳида ўзига хос жиҳатларини ёритинг
4. Demokratik rejimning quyidagi turlari mavjud: sotsialdemokratik (tenglik, davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan kam taʼminlangan shaxslarga nisbatan kuchli ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi va boshqalar); liberal-demokratik (erkinlik, birodarlik, tenglik kabi umuminsoniy qadriyatlarning taʼminlanishi bilan birga davlatning iqtisodiyotga taʼsiri minimal darajada boʼlishi va boshqalar)
5. Диспозиция тушунчаси, турлари ва ўзига хос хусусиятларини ёритиб беринг. Турлари бўйича қонунчиликдан мисоллар келтиринг.
5. Dispozitsiya huquq normasining bir qismi boʼlib, unda gipotezada koʼrsatilgan holatlar mavjud boʼlganida huquq subyektlari rioya etishlari lozim boʼlgan xatti-harakat qoidasi (huquq va majburiyatlari) ifodalangan boʼladi. Dispozitsiya lotincha “disposition” soʼzidan olingan boʼlib, “joylashuv”, “joylashgan”; inglizcha “disposition” soʼzidan kelib chiqqan boʼlib, “farmoyish”, “farmoyish berish” maʼnolarini anglatadi1. Bu yuridik normaning oʼzagi, huquqqa muvofiq xulq-atvor namunasi, modelidir. Biroq dispozitsiya tartibga solish xususiyatlarini gipoteza va sanktsiya bilan birgalikdagina namoyon eta oladi, harakatda boʼladi. Yurish-turish qoidasining ifodalanishiga koʼra dispozitsiyalar oddiy, murakkab va muqobil hamda xulq-atvor qoidalarini bayon qilishning toʼlaligi boʼyicha tavsiflovchi, blanket va havola etuvchi dispozitsiyalarga boʼlinadi. Oddiy dispozitsiya xulq-atvor, yurish-turishning konkret variantini, uning mazmunini toʼla ochib bermagan holda koʼrsatib oʼtadi. Masalan, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasi mazmuniga binoan, Oʼzbekiston Respublikasi xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin. Murakkab dispozitsiya huquqiy munosabat subʼektining subʼektiv huquq va yuridik majburiyatlarining keng doirasini oʼz ichiga qamrab oladi, yaʼni bunda huquq subʼektining huquqlari yoki majburiyatlari sanab oʼtiladi. Muqobil dispozitsiyada xulq-atvor, yurish-turishning bir nechta variantlari koʼrsatib oʼtiladi va munosabat ishtirokchilari ulardan biriga amal qilishlari mumkin yoki shart. Masalan, Jinoyat protsessual kodeksining 385-moddasiga binoan, prokuror yoki uning oʼrinbosari ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini koʼpi bilan besh sutkada koʼrib chiqishi va quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi shart: 1) ishni sudga yuborish uchun asoslar mavjud deb topib, ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlash; 2) oʼz qarori bilan ayblov mazmunidan ayrim bandlarni chiqarib tashlash, yengilroq jinoyatni nazarda tutuvchi qonunni qoʼllash va shu oʼzgartirishlar bilan ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlash; 3) qoʼshimcha tergov oʼtkazish uchun ishni oʼz koʼrsatmalari bilan surishtiruvchi yoki tergovchiga qaytarish; 4) surishtiruv oʼtkazilgan jinoyat ishini tergovga tegishlilik qoidalari buzilganligi aniqlanganda dastlabki tergov organiga oʼtkazish; 5) ishni yuritishni toʼxtatish; 6) ishni tugatish; 7) amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish toʼgʼrisida sudga iltimosnoma kiritish. Tavsiflovchi dispozitsiya – huquq subʼektlarining subʼektiv huquq va yuridik majburiyatlari hamda xatti-harakatlarining toʼliq bayonini ifoda etiladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 169-moddasi “Oʼgʼrilik”, yaʼni oʼzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish (qonunda, garchand bu mantiqan oʼrinli boʼlmasada, talon-toroj qilish deb yozilgan). Bunda norma dispozitsiyasi hammaga tushunarli boʼlishi uchun maʼlum bir maʼnoda, qisqa shaklda izoh beriladi. Blanket dispozitsiya huquq normasida koʼrsatilgan huquq subʼektlarining subʼektiv huquq va yuridik majburiyatlarining mazmunini aniqlash uchun boshqa hujjatlarning normalarida belgilangan tegishli qoidalarga havola qiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida yongʼin xavfsizligi, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan (Jinoyat kodeksi, 257-modda). Ushbu qoidalarning mazmuni Jinoyat kodeksida emas, balki normani qoʼllashda murojaat qilish zarur boʼlgan boshqa normativ hujjatlarda ochib beriladi. Havola etuvchi dispozitsiya deganda qoʼllanayotgan huquq normasi mansub boʼlgan normativ-huquqiy hujjatning boshqa normasiga (masalan, Jinoyat kodeksining 110-moddasi – “Qiynash”) yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatga murojaat etishni nazarda tutuvchi dispozitsiya havola etuvchi dispozitsiya sifatida tushuniladi.
6. Ижтимоий нормалар ва ҳуқуқ ўртасидаги ўзаро фарқли ва ўхшаш жиҳатларни таҳлил этинг.
6. Ijtimoiy normalar tizimi - bu jamiyatda kishilar xulq-atvorini, muayyan guruh va jamoalar doirasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy normalar hamda ularning tabiat bilan oʼzaro aloqalarini qatʼiy belgilovchi ijtimoiy-texnik normalar majmuidir.
Ijtimoiy normalarning quyidagi turlari mavjud:
1) axloq normalari;
2) siyosiy normalar;
3) diniy normalar;
4) korporativ normalar;
5) urf-odat normalari;
6) anʼana normalari;
7) huquq normalari va boshqalar.
Ijtimoiy normalarning umimiy va o`ziga xos xususiyatlari haqida gapiradigan bo`lsak, ijtimoiy normalar o`zaro umumiy jihalari bilan bigalikda o`ziga xos xususiyatlarga ham ega. Buni biz huquq va axloq nomalarining o`zaro nisbatida ham ko`rib chiqishimiz mumkin. Huquq va axloqning umumiyligi quyidagilarda namoyon boʼladi:
• ular birgalikda normativ tartibga solish tizimini tashkil etuvchi ijtimoiy normalardan iboratdir;
• falsafiy nuqtai nazardan huquq va axloq – ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va boshqa omillar bilan bir xil darajada bogʼliq boʼlgan ustqurma kategoriyalardir;
• huquq va axloq mavjud ijtimoiy munosabatlardan iborat birdan-bir boshqarish obʼektiga ega hamda ularning har ikkalasi ham shaxslar va jamoalarga yoʼnaltirilgan;
• huquq va axloq normativ hodisalar sifatida shaxslarning zarur va mumkin boʼlgan xatti-harakatlari chegaralarini belgilaydi hamda shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni uygʼunlashtirish vositasi boʼlib xizmat qiladi;
• inson faoliyatini tartibga soluvchi omil sifatida ular kishi irodasining erkinligi, xatti-harakatlarini tanlash imkoniyatlariga asoslanadi;
• huquq va axloq oxir-oqibatda bir xil vazifa – ijtimoiy hayotni tartibga solish va takomillashtirish, unga tashkiliy asoslarni kiritish, adolat va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish vazifalarini koʼzda tutadi va boshqalar. Endi esa huquq va ijtimoiy normalarning farqli tomonlari haqida gapiradigan bolsak:
Huquq va axloq bir-biridan, eng avvalo, belgilanish, shakllanish usullari va manbalari bo'yicha farq qiladi;
Huquq va axloq ularni ta'minlash usullari bo'yicha bir-biridan farq qiladi;
Huquq va axloq ifoda etish shakliga ko'ra farq qiladi;
Axloq va huquq kishilar ongiga ta'sir etish xususiyati va usullariga ko'ra bir-biridan farq qiladi;
Huquq va axloq ularni buzganlik uchun javobgarlik mohiyati va tartibi bo'yicha bir-biridan farq qiladi;
Huquq va axloq amal qilish sohalari bo'yicha farq qiladi.
7. Ижтимоий муносабатлар тушунчаси ва уларни норматив тартибга солишнинг объектив заруриятини тушунтиринг
7. Ijtimoiy munosabatlar – ijtimoiy subyektlar o`rtasidagi hayotiy ne’matlarni taqsimlash, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish yuzasidan kelib chiqadigan aloqalardir. Ijtimoiy munosabalarning asosan quyidagi turlari mavjud: milliy,etnik,guruhiy,shaxsiy va boshqalar. Ijtimoiy munosabatlar faqat ijtimoiy subyektlar ya’ni shaxslar va ularning uyushmalari o`rtasida yuzaga keladi.
Ijtimoiy munosabatlarni normativ tartibga solishning obyektiv zarurati haqida gapiradigan bo`lsak. Har qanday jamiyatda uning a'zolari munosabatlarini tartibga solish jamiyat mavjudligining zaruriy shartidir. Ijtimoiy hayotda tartibga solish – odamlar va ular jamoalari xatti-harakatlarini belgilash, ushbu xatti-harakatlarning doimiyligi va rivoji uchun zarur yo'nalishlar berish, uni muayyan bir qolipga tushirish, aniq maqsadni ko'zlagan holda tartibga solib borish demakdir. Ijtimoiy tartibga solish ikki xil – normativ va individual ko'rinishga ega. Normativ tartibga solish umumiy xususiyatga ega bo'lib, bunda normalar (qoidalar) jamiyatning barcha a'zolariga yohud uning muayyan qismiga tegishli bo'ladi. Shu o'rinda normativ tartibga solishning yuzaga kelishi – ijtimoiy tartibga solishning eng muhim burilish nuqtalaridan biri bo'lib, uning taraqqiyotida yirik sifat o'zgarishlarini, tub burilishlarini boshlab berganligini alohida ta'kidlash joiz.
Individual tartibga solish esa aniq subyektga taalluqli hisoblanadi, ya'ni tegishli tarzda harakat qilish uchun berilgan individual buyruqdan iborat bo'ladi. Bunda normativ tavsifga ega bo`lgan normalar aniq vaziyatlarda ikki yoki undan ortiq shaxslar yohud ularning uyushmalari o`rtasida yuzaga keladigan muayyan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo`ladi. Tartibga solishning har ikki turi bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ular o'zaro bir-biriga ta'sir qiladi, bir-birining mavjudligini taqozo etadi.
8. Унитар, федератив ва конфедератив давлат шакллари ўзига хос хусусиятларини таҳлил қилинг ва амалий мисоллар асосида тавсифланг.
8. Davlatning tuzilish shakli ikkiga bo`linadi: oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ). Unitar tuzilishdagi davlat yagona bo`lib, u tarkibiy qismlari suverenitet belgilariga ega bo`lmagan ma’muriy-hududiy birliklardan iborat bo`ladi. Unitar davlatga xos belgilar:
qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyati organlari yagona tizimining mavjudligi;
yagona konstitutsiya, qonunchilik, soliq, moliya tizimlarining mavjudligi;
yagona fuqarolikning joriy etilganligi;
barcha tashqi munosabatlar markaziy organlar tomonidan amalga oshirilishi. Unitar davlatlarga: Daniya, Norvyegiya, Fransiya,
Italiya, Ukraina kabi oddiy tarkibiy tuzilishga ega davlatlar misol bo`la oladi. Unitar davlatlarning alohida turi bo`lib, avtonom hududli unitar davlatlar hisoblanadi. Ularda yagona hudud tarkibida avtonom tuzilmalar bo`ladi. Avtonom hududli unitary davlatlarga Xitoy (o`z tarkibida bir qator avtonomiyalarga ega –Tibet, Ichki Mo`g`uliston, Gonkong va hokazo), Ispaniya (Basklar viloyati), Ukraina (Qrim avtonom ryespublikasi), Daniya (Faryer orollari va Gryenlandiya) misol bo'ladi.
Federativ tuzilishga ega bo'lgan davlat - bu mustaqil bo`lgan bir neecha davlat tuzilmalarining ixtiyoriy asosda birlashgan yagona ittifoqi. Federativ davlatning milliy (Sobiq Ittifoq, muayyan darajada Rossiya Federatsiyasi) va hududiy (AQSh, Meksika, Hindiston) shakllari mavjud. Federativ davlatning umumiy belgilari:
• federatsiya hududi uning alohida subyektlaridan – shtatlar, kantonlar, respublikalar, o'lkalar va boshqa hududlardan iborat bo'ladi;
• federatsiya va uning sub'yektlari vakolatlari doirasi ittifoq shartnomasida, konstitutsiyasida, o'zaro vakolatlarni chegaralash to'g'risidagi ikki tomonlama shartnomalarda belgilab qo'yilgan bo'ladi;
• fedyeratsiya subyektlari o`zlarining konstitutsiyalari va qonunchilik tizimiga, oliy qonunchilik, ijro, sud hokimiyatlari tizimiga ega bo'ladi;
• federativ davlatda ittifoq fuqaroligi bilan bir qatorda subyektlarning ham fuqaroligi bo'lishi mumkin;
• federativ davlat parlamenti asosan ikki palatali bo'lib, yuqori palata asosan federatsiya subyektlarining manfaatlarini himoya qiladi;
• tashqi siyosat, qurolli kuchlarga yagona qo'mondonlik, mudofaa, moliya, soliq tizimlariga rahbarlikni asosan federal davlat organlari amalga oshiradi.
Federatsiyaning bir-biridan farqlovchi uch turi mavjud: hududiy, milliy va milliy-hududiy federatsiya.
Hududiy federatsiya mamlakatni hududiy belgisi bo'yicha taqsimlash printspiga asoslangan. Bu qoidaga ko'ra, hududi juda katta bo'lgan davlatlarda, boshqaruvni osonlashtirish maqsadida federatsiya tuziladi. Federatsiyaning ushbu turini tashkil etuvchi davlat tuzilmalari suveren bo'lmaydi. AQSh, Braziliya, Meksika hududiy federatsiyalarga misol bo'ladi.
Milliy federatsiyalarda subyektlar, ularda yashovchi millatlar mustaqilligi asosida tuziladi. Qoidaga ko'ra, milliy federatsiya mustahkam tuzilma bo`lib hisoblanadi. Milliy federatsiyaning asosiy xususiyatiga kora, federatsiya subyektlari – milliy davlatlar va milliy davlat tuzilmalaaridan iborat bo'lib, ular asosan subyektlarning ixtiyoriylik printsipiga muvofiq birlashadilar. Mazkur fedyeratsiyaga birlashgan barcha millatlar o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga ega bo'ladilar. Yugoslaviya Ittifoq Respublikasi (Serbiya va Chernogoriyaning ittifoqi edi), Chexoslovakiya (1993 yilda Chexiya va Slovakiyaga ajralib ketgan)ittifoqlari milliy federatsiyalarga misol bo`la oladi.
Milliy-hududiy federatsiyalar federatsiyalarning alohida turi hisoblanib, ittifoqni shakllantirish asosida ham milliy, ham hududiy printsip yotadi. Milliy-hududiy federatsiyalarga: Rossiya Federatsiyasi, Germaniya kiradi.
Konfederatsiya – bu siyosiy, harbiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda muayyan maqsadlarga erishish uchun tashkil qilinadigan davlatlarning muvaqqat ittifoqi. Konfederatsiyaning belgilari:
• konfederatsiya suvyeryenityetga ega bo'lmaydi, chunki ushbu tuzilma to'la ichki va tashqi suvyeryenityetga ega bo'lgan mustaqil davlatlarning ittifoqidir;
• konfederatsiyada markaziy davlat apparati va yagona qonunchilik tizimi mavjud bo'lmaydi;
• konfederatsiya doirasida u yoki bu muammolarni hal qilish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida ittifoq organlari tashkil etilishi mumkin;
• konfederatsiyaga birlashgan davlatlarning o'z fuqaroligi saqlanib qolinadi, lekin bu davlatlarning fuqarolari konfederatsiya hududida erkin harakatlanish (viza va boshqa rasmiyatchiliklarsiz) huquqiga ega bo'ladilar;
• konfederatsiyada yagona soliq tizimi, byudjet va armiya mavjud bo'lmaydi, lekin konfederatsiya subyektlari muayyan muddatga yagona pul tizimi, bojxona qoidalari, davlatlararo kredit siyosati, konfederatsiya maqsadlari uchun byudjet tizimini tashkil qilishlari mumkin;
• konfederativ davlatlar uzoq muddatga saqlanib qolmaydi, bunda ular keyinchalik federatsiyaga aylanishi yoki umuman tarqalib ketishi mumkin. Konfederatsiyaga misl tariqasida biz Yevropa ittifoqini aytolamiz.
9. Давлат бошқарувининг шакли сифатида монархиянинг ўзига хос хусусиятлари ва турларини таҳлил қилинг ҳамда мисоллар келтиринг.
9. Davlat boshqaruv shakliga koʼra ikkiga boʼlinadi: monarxiya va respublika.
Monarxiya (lotincha monos – yakka, arxe – hokimiyat maʼnosini anglatadi) – bunda, qoida tariqasida, oliy davlat hokimiyati yakka shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Odatda hokimiyat meros orqali oʼtadi. Monarxiyaning quyidagi belgilari mavjud:
monarx davlatni shaxsiylashtiradi;
monarx tashqi va ichki siyosatda davlat boshligʼi hisoblanadi;
monarx davlatni oʼzi yakka boshqaradi;
monarx hokimiyati muqaddas va daxlsiz deb eʼlon qilinadi;
hokimiyatni oʼrnatish va qabul qilishning alohida tartibi mavjud;
monarx oʼz boshqaruv faoliyati natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar boʼlmaydi.
Monarxiya boshqaruvining koʼrinishlari: mutlaq (absolyut), cheklangan, dualistik (aralash), teokratik.
1. Mutlaq (absolyut) monarxiya. Bunda, davlat suverenitetining birdan-bir egasi monarx boʼlib, u oʼz qoʼlida butun hokimiyat (qonunchilik, ijro va sud)ni toʼplagan boʼladi va uning hokimiyati aholi yoki birorta organ tomonidan cheklanmagan boʼladi (bugungi kunda Baxrayn, Bruney, Qatar va boshqalarda mavjud).
2. Cheklangan monarxiya (parlamentar, konstitutsion). Bunda monarx hokimiyati vakillik organi tomonidan muayyan darajada cheklangan va monarxning huquqiy maqomi konstitutsiya bilan chegaralab qoʼyilgan boʼladi. Uning quyidagi turlari mavjud: Parlamentar monarxiya mamlakatlari (hozirgi Buyuk Britaniya)da qirol davlat boshligʼi vazifasini oʼtasada, amalda mamlakatni toʼla maʼnoda boshqara olmaydi. Parlamentar monarxiyaning quyidagi belgilari mavjud: a) monarx hokimiyati deyarli barcha sohalar boʼyicha cheklangan boʼladi; b) ijro hokimiyati hukumat tomonidan amalga oshiriladi, hukumat oʼz navbatida konstitutsiyaga koʼra monarx oldida emas, balki parlament oldida javobgar boʼladi; v) hukumat parlamentga boʼlgan saylovlarda gʼolib chiqqan partiyalar vakillari orasidan shakllantiriladi; g) hukumat boshligʼi lavozimiga parlamentda koʼpchilik deputatlik oʼrniga ega boʼlgan partiya rahbari tayinlanadi; d) qonunlarni parlament qabul qiladi, monarxning qonunlarni imzolashi esa asosan formal xarakterga ega boʼladi.
Konstitutsiyaviy monarxiya davlat boshqaruvining shunda shakliki, bunda monarxning hokimiyati konstitutsiya boʼyicha vakillik organi tomonidan chegaralangan boʼladi. Konstitutsiyaviy monarxiya oʼrta asrlarda Yevropada roʼy bergan burjua inqiloblari natijasida yuzaga kelgan. Hozirgi kunda Daniya, Belgiya, Ispaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Yaponiya kabi mamlakatlarda davlat boshqaruvi konstitutsiyaviy monarxiya shaklida tashkil etilgan. Davlat boshqaruvining bunday shaklida demokratik siyosiy rejim mavjud boʼlishi mumkin.
3. Dualistik (aralash) monarxiya. Dualistik monarxiyada davlat hokimiyatini tashkil etish ikki tomonlama xarakterga ega, yaʼni monarx
ijro hokimiyatiga boshchilik qiladi, oʼzi oldida javobgar boʼlgan hukumatni tashkil etadi, qonunchilik hokimiyati esa parlamentga tegishli boʼladi (Iordaniya, Marokash, Malayziya kabi davlatlarda mavjud). Shu bilan birga, monarx parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarga mutlaq veto qoʼyish huquqiga ega.
4. Teokratik monarxiya. Bunday boshqaruv shakli mavjud boʼlgan davlatlarda monarx ham dunyoviy, ham diniy hokimiyatga ega boʼladi (Vatikan, Saudiya Аrabistoni).
10. Давлат бошқаруви шакли сифатида парламентар республиканинг ўзига хос хусусиятларини ёритиб беринг ва фикрингизни мисоллар билан асослантиринг.
10. Parlamentar respublikaning mohiyati shundan iboratki, parlament oliy davlat hokimiyat organlari orasida muhim mavqega ega bo`lib, hukumatni tuzishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Hukumat parlament oldida hisobdordir. Hukumatni parlament saylovlarida eng koʼp oʼrin egallagan partiya tuzadi. Davlatning amaldagi rahbari hukumat boshligʼi – bosh vazir boʼlib, u qoidaga koʼra saylovlarda gʼolib chiqqan partiya yoʼlboshchisi hisoblanadi. Parlament davlat hokimiyati organlari tizimida eng muhimidir. Hukumat oʼz vazifalarini qonun chiqaruvchilarning aksariyati qoʼllab-quvvatlasagina bajarishi mumkin, bunday ishonchdan mahrum boʼlgan taqdirda, u isteʼfoga chiqadi. Parlamentar respublikalarda prezidentlik lavozimi koʼzda tutilgan boʼlsa-da, odatda, u katta mavqega ega boʼlmaydi. Ushbu boshqaruv shaklida «kuchli parlament» qoidasi amalda boʼlib, parlament keng doiradagi vakolatlarga ega boʼladi. Germaniya, Аvstriya, Italiya, Hindiston, Turkiya kabi davlatlar parlamentar respublika shaklidagi davlatlar qatoriga kiradi.
11. Президентлик республикаси, унинг тушунчаси ва ўзига хос жиҳатларини кўрсатиб беринг. Фикрингизни аниқ мисоллар билан асосланг.
11. Prezidentlik boshqaruv shaklida «kuchli prezident» qoidasiga asoslaniladi. Prezident hukumat boshlig‘i hisoblanib, uni tuzadi va hukumat prezident oldida hisobot beradi. Prezident ham rasman, ham amalda davlat boshlig‘i hisoblanib, maxsus tartibda xalq yoki saylovchilar hay’ati tomonidan saylanadi, shu bois u parlamentdan mustaqil holda faoliyat yuritadi. Prezident mustaqil
holda normativ va normativ bo‘lmagan hujjatlar qabul qilish hamda parlament qabul qilgan qonunlarga veto qo‘yish huquqiga ega. Davlat boshlig‘i keng vakolatlarga va mamlakatda hokimiyatni amalga oshirishda muhim nufuzga ega bo‘lib, shaxsan o‘zi yoxud parlament roziligi bilan hukumat a’zolarini tayinlaydi hamda vazifasidan ozod qiladi, shuningdek ba’zi hollarda parlamentni ham tarqatib yuborish huquqiga ega. Prezident ijroiya hokimiyat rahbari bo‘lsada, ayni vaqtning o‘zida millatning yaxlitligi ramzi hisoblanadi. Prezident mamlakatda oliy bosh qo‘mondon vazifasini ham amalga oshiradi. Masalan, Rossiya, Fransiya, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa qator davlatlarda prezident bevosita xalq tomonidan saylanadi. Saylovlar tegishli qonunlar asosida amalga oshiriladi. 74-bet.saydullayev
12. Аралаш республика бошқаруви шаклининг ўзига хос хусусиятларини изоҳланг.
12. Aralash (prezidentlik-parlamentar) respublika boshqaruv shakli noan’anaviy monarxiya shakli singari boshqaruv amaliyotida kam uchraydigan turlardan biri bo‘lib, yuridik adabiyotlar va huquqshunoslik manbalarida batafsil o‘rganilmagan. Aralash respublika shakli mamlakatda bir vaqtning o‘zida «kuchli parlament» va «kuchli prezident» mavjudligi bilan boshqaruvning boshqa shakllaridan keskin farq qilib, prezident va parlament vakolatlari o‘rtasidagi muvozanatning mavjudligida namoyon bo‘ladi.74-bet odilqoriyev-90
Prezident umumxalq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. U keng vakolatlarga ega bo‘lsa-da, lekin hukumat boshlig‘i bo‘lmaydi. Prezidentlik lavozimi bilan bir qatorda, keng vakolatlarga ega bo‘lgan Bosh vazir mansabi nazarda tutiladi. Hukumatni tuzishda prezident ham, parlament ham faol ishtirok etadi. Hukumat ham parlament oldida (ishonchsizlik votumi), ham prezident oldida
mas’uldir. Aralash respublika shakliga hozir Fransiya va Armaniston davlatlaridagi mavjud boshqaruv shaklini misol sifatida ko‘rsatish mumkin.
13. Санкция тушунчаси, турлари ва ўзига хос хусусиятларини ёритиб беринг. Турлари бўйича қонунчиликдан мисоллар келтиринг. Saydullayev-130 odilqoriyev-260
13. Sanktsiya – dispozitsiyada koʼrsatilgan talablarni bajarmaganlik uchun berilishi mumkin boʼlgan taʼsir chorasi yoki tavsiya etilgan harakatni sodir etganlik uchun ragʼbatlantirishning turi va oʼlchovi hisoblanadi. Sanktsiyalarda ifodalangan salbiy oqibatlarning aniqligiga qarab mutlaq aniq, nisbatan aniq va kumulyativ sanktsiyali normalar ajratiladi. Mutlaq aniq sanktsiyali huquq normalarida davlatning aniq bitta majburlov chorasi koʼrsatiladi. Masalan, transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi (Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksi, 1281-modda). Nisbatan aniq sanktsiyali huquq normalari esa turli xil jazo turlaridan birini yoki huquqiy taʼsir choralaridan birini qoʼllashni nazarda tutadi. Masalan, haydovchilarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishi eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi (Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksi, 141-modda). Kumulyativ sanktsiyali huquq normalari oʼzida asosiy jazodan tashqari qoʼshimcha jazo berilishini ham nazarda tutadi. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasida “Jazo tizimi” belgilangan boʼlib, unga koʼra jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qoʼshimcha jazo tariqasida ham qoʼllanilishi mumkin. Masalan, transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam oʼlishiga sabab boʼlsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qoʼyilgan (Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 266-modda).
14. Сиёсий режим (тартиб) тушунчаси ва турларини таҳлил этинг. Демократик ва нодемократик режимларнинг хусусиятларини ёритиб беринг.saydullayev-77 odilqoriyev-82 96
14. Siyosiy (davlat) rejim(i) – bu siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirishda qoʼllaniladigan usul, uslub va vositalar yigʼindisidir. Siyosiy rejim davlat hokimiyatining aholi bilan oʼzaro munosabatlari qanday usullar yordamida amalga oshiriladi, ijtimoiy qatlamlarning siyosiy sohadagi haqiqiy nisbati qanday namoyon boʼladi, turli jamoat tashkilotlarining siyosiy maqomi qanday, davlat organlari oʼz hududlarida yashovchi aholini boshqarish boʼyicha amalda qanday rolь oʼynaydi degan savollarga javob beradi. Davlat va huquq nazariyasi davlatchilikning koʼp asrlik tarixida maʼlum boʼlgan siyosiy rejimlarning bir qator turlarini ajratib koʼrsatadi. Barcha siyosiy rejimlar birinchi navbatda ikki xil koʼrinishdagi, yaʼni demokratik va nodemokratik turlarga boʼlinadi. Demokratik rejim. Davlat hokimiyatini amalga oshirishning mazkur turiga quyidagi belgilar xos: -iqtisodiy faoliyat sohasida shaxsning erkinligi; -davlat hokimiyati faoliyatiga xalq tomonidan toʼgʼridan-toʼgʼri taʼsir qilishning samarali mexanizmlarining mavjudligi; -jamiyat hayotiga oid boʼlgan eng muhim masalalar yuzasidan qarorlarning koʼpchilik tomonidan ozchilikning manfaatlari maksimal darajada eʼtiborga olingan holda qabul qilinishi; -shaxsiy huquq va erkinliklarning kafolatlanganligi; -shaxsning qonunsizlik va hokimiyatning har xil suiisteʼmol qilishliklaridan himoyalanganligi; -oshkoralik, ommaviy axborot vositalarining erkinligi va senzuradan xoli ekanligi; -barcha davlat organlari faoliyatining qonuniylik tamoyiliga
asoslanishi; -hokimiyat vakolatlarining taqsimlanganligi va boshqalar. Demokratik rejimning quyidagi turlari mavjud: sotsialdemokratik (tenglik, davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan kam taʼminlangan shaxslarga nisbatan kuchli ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi va boshqalar); liberal-demokratik (erkinlik, birodarlik, tenglik kabi umuminsoniy qadriyatlarning taʼminlanishi bilan birga davlatning iqtisodiyotga taʼsiri minimal darajada boʼlishi va boshqalar). Nodemokratik siyosiy rejim. Davlat hokimiyatini amalga oshirishning mazkur turiga quyidagi belgilar xos: -ijtimoiy hayotning barcha sohalari ustidan davlatning toʼla nazorati oʼrnatilganligi; -fuqarolar huquq va erkinliklarining amalda tatbiq etilmasligi va yetarli darajada kafolatlanmaganligi; -yagona partiya diktaturasining oʼrnatilganligi; -hokimiyatning qatʼiy markazlashganligi hamda davlat boshligʼi shaxsining haddan tashqari ulugʼlanishi; -jamoat tashkilotlari faoliyatining davlat tomonidan qatʼiy nazorat ostiga olinishi; -fuqarolar va ijtimoiy-siyosiy kuchlarning rasmiy mafkuraga mos kelmaydigan diniy, siyosiy va boshqa qarashlar uchun taʼqib ostiga olinishi; -ommaviy axborot vositalari ustidan toʼla nazoratning oʼrnatilishi, senzuraning mavjudligi va boshqalar. Nodemokratik rejimning totalitar, fashistik va avtokratik kabi turlari mavjud. Аvtokratik rejimga jamoa avtokratiyasi va yagona shaxs avtokratiyasi kiradi. Jamoa avtokratiyasi, oʼz navbatida, aristokratiya va oligarxiya deb nom olgan boshqaruv shakllariga boʼlinadi. Yagona shaxs avtokratiyasi despotiya, mustabidlik, shaxsiy hokimiyat shakllariga ega. Yuqoridagilar bilan birga tegishli adabiyotlarda nodemokratik rejimning harbiy xunta va irqchilik shakllari ham koʼrsatib oʼtiladi.
15. Ўзбекистон Республикаси давлат ҳокимияти тизимида суд органларининг ўрнини изоҳланг ҳамда уларнинг ҳуқуқий асосларини кўрсатиб беринг? Ahmedshayeva
15. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yildagi Konstitutsiyasi hamda 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining xo‘jalik sudidan, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo‘jalik sudlaridan iborat deb belgilandi. Mazkur tizim chorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz mobaynida faoliyat yuritdi, shakllandi va takomillashib bordi. 2000-yil 14-dekabrda «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda qabul
qilindi. Bunda sudlarning ixtisoslashtirilishi o‘z qonuniy ifodasini topdi. Ushbu qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining oliy sud tuzilmalarining institutsional qiyofasi saqlangani holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo va tuman, shahar sudlari, harbiy va xo‘jalik sudlari faoliyat yuritadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinib2, unda sud tizimini tubdan isloh etish vazifasi kun tartibiga qo‘yildi. Bundan maqsad sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va
xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash.
Ushbu maqsadga erishishni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda quyidagilar ta’kidlandi: Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va shtat birligi xizmat vazifalarini oqilona taqsimlash imkonini bermayapti, bu esa ularni zamon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirish va maqbullashtirishni talab etadi. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ishonchli sud himoyasini ta’minlash, ma’muriy sud ish yurituvini amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy normani, shuningdek aholining
huquqiy madaniyatini oshirish zarurati ma’muriy sudlar tizimini tashkil etishni taqozo etmoqda. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va nufuzini oshirish, sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida: 1. Sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (keyingi o‘rinlarda – Kengash) tashkil etilsin Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi. Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi Qonun loyihasini tayyorlab, parlamentga kiritilishi belgilandi. Bu Qonun 2017-yil 28-martda qabul qilindi, ya’ni Senat tomonidan ma’qullandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi «Sudhuquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish to‘g‘risida»gi va yuqorida qayd etilgan 2017-yil 21-fevraldagi farmonga muvofiq, 2017-yil 28-martda «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinib, Asosiy qonunning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 112-moddalariga tegishli tuzatishlar kiritildi. Mazkur konstitutsiyaviy tuzatishlarga muvofiq, sud tizimida iqtisodiy va ma’muriy sudlar tuzilishi belgilandi. Konstitutsiya 111-moddasining yangi tahririda Sudyalar oliy kengashining konstitutsiyaviy maqomi aniq mustahkamlab qo‘yildi. U sudyalar hamjamiyatining oliy organi hisoblanadi. Konstitutsiya 93-moddasi birinchi qismi 14-bandining yangi tahririga muvofiq, Prezident Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudyalari raislari va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini lavozimga tayinlaydi va ozod qiladi. O‘z navbatida, Kengash Prezident bilan kelishilgan holda harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislarini hamda sudyalarini mustaqil ravishda lavozimga tayinlaydi hamda lavozimdan ozod qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi (2017-yil 28–29-mart) «Sudlar to‘g‘risida»Qonun, Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini ma’qulladi. Bu bilan yangi tuzilayotgan ma’muriy va iqtisodiy sudlar faoliyatining tegishli huquqiy bazasi yaratildi. Iqtisodiy sudlar tashkil etilishi munosabati bilan «Sudlar to‘g‘risida»gi qonundan xo‘jalik sudlarining faoliyatini tartibga soluvchi normalar chiqarib tashlandi. Okrug harbiy sudlari va Harbiy hay’atlar tugatildi. Oliy sud tuzilmasiga ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha
hay’atlar kiritildi. Qonun sudya lavozimiga birinchi marta saylanganda besh yillik muddatni, navbatdagi marta saylanganda o‘n yillik muddatni va sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davrini belgilash, ayni bir sudda sudyalik (raislik) lavozimini
surunkasiga ikki muddatdan ortiq egallash mumkin emasligini nazarda tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi – barcha normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qiladi. U siyosat va huquq sohalaridagi mutaxassislar orasidan Konstitutsiyaviy sud raisi, rais o‘rinbosari va sudyalaridan, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakilidan iborat
tarkibda saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudlari, viloyat, shahar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning faoliyati ustidan nazorat olib boradi. Oliy sud tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va bajarilishi barcha uchun majburiydir.
16. Давлат тузилиши шакллари тушунчаси ва турларини муҳокама қилинг. Saydullayev-74 odilqoriyev-91 bett
16. Davlatning tuzilish shakli deganda, muayyan davlatning siyosiy, ma’muriy, hududiy tuzilishi va uning oliy organlari bilan mahalliy organlari o‘rtasidagi aloqalar e’tirof etiladi. Davlatning tuzilish shakli ikkiga bo‘linadi: oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ). Oddiy (unitar) davlat tuzilishida mamlakat ma’muriy-hududiy qismlarga (viloyatlar, shtatlar, okruglar, grafliklar, tumanlarga) bo‘linib, u yagona oliy organ, yagona boshqaruv organlari tizimiga, faqat bitta umumdavlat konstitutsiyasiga, yagona fuqarolikka, muayyan yaxlit hudud, davlat chegarasi, yagona armiya, yagona pul birligi va qonunchilik tizimiga ega bo‘ladi. Bunda har bir ma’muriy-hududiy birlik davlat tuzilmasi maqomiga ega bo‘ladi. Unitar davlatlar (lotincha «unitas» so‘zidan olingan bo‘lib – «yagona», «bir butun» degan ma’noni anglatadi) oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat bo‘lib, to‘la
siyosiy birlik ekanligi bilan farqlanib turadi. Unitar davlatlar hududida boshqa mustaqil davlatlar, mamlakat tarkibida
davlat belgilariga ega alohida hududiy tuzilmalar, ya’ni, «davlat ichidagi davlatlar» bo‘lmaydi. Unitar davlatlar tarkibidagi ma’muriy-hududiy bo‘linmalar faqat mahalliy masalalarni hal etish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyati mamlakatning butun hududiga o‘z ta’sirini, yurisdiksiyasini tanho o‘tkazadi. Barcha ma’muriy hududlar uchun yagona qonunchilik tizimi, moliyDavlatning tuzilish kredit va soliq siyosati amal qiladi. Unitar davlatlarga Daniya, Norvegiya,
Shvetsiya, Fransiya, Italiya, Ukraina kabi oddiy tarkibiy tuzilishga ega davlatlar misol bo‘la oladi. Unitar davlatlarning alohida turi bo‘lib, avtonom hududli unitar davlatlar hisoblanadi. Ularda yagona hudud tarkibida avtonom tuzilmalar bo‘ladi. Avtonom hududli unitar davlatlarga Xitoy (o‘z tarkibida bir qator avtonomiyalarga ega – Tibet, Ichki Mo‘g‘uliston, Gonkong va hokazo), Ispaniya (Basklar viloyati), Daniya (Farer orollari va Grenlandiya) misol bo‘ladi. Federativ davlat (lotincha «foederare» so‘zidan olinib, «ittifoq bilan mustahkamlash» ma’nosini anglatadi) murakkab davlat demakdir. Federativ davlat – teng huquqli respublikalar, shtatlar, kontonlar va boshqa davlat tuzilmalarining ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil topadi. Konfederatsiya bir necha davlatlarning ayrim muhim sohalar, ya’ni iqtisodiy, siyosiy, mudofaa masalalari bo‘yicha tuzgan ittifoqidir. Konfederatsiyada yagona davlat hududi, yagona fuqarolik bo‘lmaydi. Konfederatsiya bu to‘la mustaqil davlatlarning ayrim sohalar bo‘yicha tuzadigan ko‘ngilli ittifoqidir. Konfederatsiya davlat tuzilish shakli hisoblanib, u shartnoma yoki bitim asosida tuziladi hamda muvaqqat xarakterga ega bo‘ladi. Ular keyinchalik asosiy maqsadga erishganidan so‘ng tarqalib ketishi yoki tuzilgan ittifoqni mustahkamlab federatsiyaga o‘tishi, yoxud qo‘shilib unitar davlat bo‘lib ketishi ham mumkin
17. Давлат ҳокимиятининг бўлиниши принципида ижро ҳокимиятининг тутган ўрнини кўрсатиб беринг. Odilqoriyev-132
17. Vazirlar Mahkamasi – iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va Oliy Majlisning hamda uning palatalarining qarorlari ijro etilishini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan farmon, farmoyish va qarorlar bajarilishini ta’minlovchi ijro organi. Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida Vazirlar Mahkamasining maqomi quyidagicha belgilangan: «O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n kun muddat ichida uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif
etadi. Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Bunda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi. Yangi Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha
siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi. Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi». Ijro etuvchi organlar vazirliklar va davlat qo‘mitalaridan, mahalliy darajadagi hokimliklardan iborat tarzda tarkib topadi.
18. Ҳокимиятлар тақсимланиши принципининг ўзига хос хусусиятларини тавсифлаш орқали унинг мазмун-моҳиятини тушунтириб беринг. Saydullayev-83bet Odilqoriyev-125bet
18. Hokimiyatlar boʼlinishi printsipi – bu davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlariga taqsimlanishidir. Davlat hokimiyati vakolatlarining taqsimlanishi (mohiyati) – bu hokimiyat har uchala tarmogʼining muvozanatini, tengligini hamda ularning oʼzaro bir-birini tiyib turishini va qarama-qarshi taʼsir etishini taʼminlovchi tizimdir. Аyni paytda ushbu organlar vakolatlari shundayki, ular bir-biridan xoli harakat qila olmaydi va davlat hokimiyati uch mustaqil tarmoq kooperatsiyasi jarayonida amalga oshiriladi. Hokimiyat vakolatlari taqsimlanishi printsipi mazmunini tavsiflochi quyidagi jihatlarni koʼrsatib oʼtish mumkin: -demokratik davlatlarda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlari oʼzaro yagona davlat mexanizmi bilan chambarchas bogʼlanibgina qolmay, balki ular nisbatan mustaqil hamdir; -qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud funktsiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari oʼrtasida hokimiyatlarning muayyan nisbati mavjud boʼladi hamda cheklovlar va muvozanat tizimi amal qiladi. Hokimiyat vakolatlari taqsimlanishi printsipi davlat va huquq nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri boʼlib, unga koʼra yagona davlat hokimiyati mustaqil va bir-biriga boʼysunmaydigan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʼlinadi (ular bilan bir qatorda baʼzan taʼsis etuvchi, saylovchi va nazorat hokimiyati ham ajratiladi). Ushbu printsipning vazifasi davlat hokimiyati toʼlaligicha bir shaxs yoki organ qoʼlida jamlanishiga yoʼl qoʼymaslikdan iborat. Zero, hokimiyatning toʼliq bir shaxs yoki organ qoʼlida jamlanishi demokratiya va inson huquq hamda erkinliklariga bevosita xavf tugʼdiradi, avtoritar tuzum oʼrnatilishiga olib keladi. Hokimiyat vakolatlarini taqsimlash nazariyasi fransuz mutafakkiri Sh.L.Monteskьening “Qonunlar ruhi haqida” asarida bayon etilgan. Uning fikricha, adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki aksincha bir-biriga tobe boʼlmagan uchta hokimiyat: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mavjud boʼlishi shart. Ularning har qanday koʼrinishda biron-bir organ yoki shaxs qoʼlida mujassamlanishi umumiy manfaatlarga putur yetkazadi, suiisteʼmolliklarga olib keladi va shaxsning siyosiy erkinligi bilan aslo kelishmaydi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning bir qoʼlda birlashtirilishi qonunning ustun boʼlishiga zarar yetkazadi, agar, sudьyalar faqat sudlov bilan mashgʼul boʼlmay, qonun yaratish ishi bilan shugʼullansa, u holda insonlar hayoti nohaqlik qurboniga aylanishi mumkin. Hokimiyat vakolatlari taqsimlanishi printsipi ilk bor 1787 yilgi АQSh Konstitutsiyasida oʼz ifodasini topgan. Ushbu printsipga koʼra hokimiyat vakolatlari nafaqat uning turli tarmoqlari oʼrtasida taqsimlanadi, balki “oʼzaro muvozanat va cheklovlar tizimi” orqali ular bir-birini nazorat qiladi. Hokimiyat vakolatlari taqsimlanishi tamoyili Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida konstitutsiyaviy tuzumning asoslaridan biri sifatida mustahkamlab qoʼyilgan. Unga koʼra “Oʼzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʼlinishi printsipiga asoslanadi”. Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi printsipini Oʼzbekiston Respublikasida joriy qilishdan maqsad mamlakatda demokratiyalashtirish jarayonini tezlashtirish, davlat mexanizmini takomillashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni qayta tiklash, inson huquqlari va erkinlarining ustuvorligini tan olish va pirovardida huquqiy davlat barpo etishdir. Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi printsipi hokimiyatning suiisteʼmol qilinishidan, byurokratizmdan va siyosiy hayotdagi bosh-boshdoqlikdan qutulish, hokimiyat organlarining muvozanati va tengligini taʼminlash, ularning oʼzaro munosabatlarini tartibga solish imkoniyatini beradi.
19. Ҳуқуқ принципи тушунчаси ва турларини изоҳланг. Мазкур принципларнинг ҳуқуқнинг шаклланишидаги таъсирини мисоллар ёрдамида изоҳланг. Saydullayev-98-bet Odilqoriyev-184
19. Huquq printsiplari – bu huquqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita sifatidagi mohiyatini ifodalovchi boshlangʼich
normativ asoslar, eng asosiy qarashlar, gʼoyalar va qoidalardir. Huquq prinsiplari, avvalambor, huquq qonuniyatlarini ifodalaydi,
qolaversa, butun huquqiy tartibga solish sohasida amal qiladigan va barcha subʼektlarga nisbatan qoʼllanadigan eng umumiy normalardan iborat boʼladi. Huquq printsiplari huquq ijodkori uchun dasturiy gʼoyalar sifatida maydonga chiqarkan, huquq normalarini takomillashtirish yoʼllarini belgilab beradi. Huquq printsiplari, qoida tariqasida, Konstitutsiyada, qonunlar va kodekslarning muqaddima yoki umumiy qoidalar qismida maxsus tartibda belgilab qoʼyiladi. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmunidan quyidagi huquqiy printsiplarni, yaʼni huquq ustunligi, demokratizm, inson huquqlari va erkinliklarining oliy qadriyat ekanligi, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qoidalari va normalarining amal qilishi, Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi, teng huquqlilik, barcha mulk shakllarining tengligi, odil sudlov printsiplarini anglash mumkin. Huquq printsiplari taʼsir etish doirasiga koʼra umumhuquqiy, sohalararo va sohaviy tamoyillarga boʼlinadi. Umumhuquqiy printsiplar huquq tizimining barcha sohalariga tegishli boʼlib, jumladan adolatlilik, fuqarolarning qonun oldida85
huquqiy jihatdan tengligi, insonparvarlik, qonuniylik, demokratizm, huquq va majburiyatlar birligi kabilarni koʼrsatib oʼtish mumkin; Sohalararo printsiplar huquq tizimining ikki yoki undan ortiq sohalariga oid boʼlib, ular quyidagilar: javobgarlikning muqarrarligi, oshkoralik, fuqarolik protsessual va jinoiyprotsessual huquqdagi tortishuvlilik tamoyili va boshqalar; Sohaviy printsiplar huquq tizimining muayyan bir sohasi mazmun-mohiyatining rahbariy qoidasi sifatida namoyon boʼladi. Masalan, mulkiy munosabatlarda tomonlarning tengligi (fuqarolik huquqi); jinoyat jarayoni huquqida aybsizlik prezumptsiyasi va boshqalar.
20. Ҳуқуқ функцияларини таҳлил қилиш орқали унинг давлат ва жамият ҳаётидаги аҳамиятини ёритиб беринг.
Download 311 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish