Mavzumuning dolzarbligi


Mo’tadillik – tan uchun zaruriy oziq va xulq me’yorlariga to’g’ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik; Saxiylik



Download 340 Kb.
bet4/14
Sana12.04.2022
Hajmi340 Kb.
#546614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O’quvchilarni ma’n

Mo’tadillik – tan uchun zaruriy oziq va xulq me’yorlariga to’g’ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik;
Saxiylik – yordamga muhtoj kishilarga ko’maklashuvchi insoniy quvvat;
G’azab – biror ishni bajarishda jasurlik; chidamlilik – inson o’z boshiga tushgan yomonliklarga bardosh beruvchi quvvat; aqlllilik – biror ishni bajarishda shoshma-shosharlikdan saqlovchi quvvat deydi. Ziyraklikni narsalar va hatto harakatlarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushunishga beruvchi quvvat, achinish, kishilar baxtsizlik, azob-uqubatga duchor bo’lganda, ular bilan xushmuomalada bo’luvchi insoniy quvvat, kamtarlikka xudbin ishlar bilan shug’ullanishdan to’xtatuvchi kuch sifatida ta’rif beradi.
Ibn Sino insonning kamolga yetishida to’sqinlik qiluvchi nuqsonlar sifatida johillik, nodonlik, shafqatsizlik, takabburlik, nafratni ko’rsatib o’tadi. Johillikni – ilmga, nodonlikni – zehni o’tkirlikka, shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni – sevgi-muhabbatga qarama-qarshi illat sifatida ta’riflaydi.
Ibn Sino yuksak axloqiy sifatlarga yana kishilarning bir-birlariga do’st bo’lib yashashi, hamkorlik qilinishini ham kiritadi. Chunki har bir kishi jamiyatda, odamlar bilan birga yashar ekan, ular bilan do’stona yashashga intiladi.
Ahmad Yugnakiy bilimli kishilarni mukammal kishi sanaydi. Chunki bilimlilik barcha yaxshi ishar, ezguliklar manbai bo’lsa, bilimsizlik johillik yoki yomon ishlarga asos bo’ladi.
Ahmad Yugnakiyning «Hibat-ul-haqoyiq» asarida ham boshqa ta’limiy axloqiy asarlar kabi insonni barkamol etishning ikkinchi belgisi bu uning xushxulqligidir, deyiladi. Shuning uchun, mutafakkir asarda axloqlilikning tarkibiy qismi sanalgan tilni tiyish, mol-dunyoga hirs qo’yishning oqibatlari, saxovat va baxillik, kamtarlik va kibru havo va ochko’zlik haqida, zulm va jinoyat yo’lidan saqlanish haqida, harom va halolni farqlay olish, e’tiqod va sadoqat kabi muhim masalalar ustida fikr yuritadi.
Ahmad Yugnakiy inson axloqliligini ko’rsatuvchi muhim belgilardan birinchisi til odobi deb biladi.
Insonda ikki narsa bo’lsa, unga muruvvat yo’li yopiladi, deydi mutafakkir – biri behuda so’zlarni ko’p gapirsa, ikkinchisi, uning so’zlari yolg’on bo’lsa. Shunga ko’ra mutafakkir yolg’on va ko’p so’zlashning oldini olish yo’llarini bayon etadi.
Yolg’onchi kishidan o’zingni uzoqroq tut, sen umringni to’g’rilik bilan kechir, og’iz va tilning bezagi to’g’ri so’zdir, so’zni to’g’ri so’ zla, dilingni beza, deb, to’g’ri so’zni asalga, insonni davolovchi shifoga o’xshatadi.
Navoiy insonning axloqiy xislatlari, yaxshi fe’l-atvorlari xususida to’xtab o’tar ekan, avvalo har bir insoniy fazilatning ta’rifini beradi.
U yaxshi fe’llarga qanoat, sabr, tavoze’ va adab, ishq va vafo, saxovat, himmat, karam, muruvvat, yumshoq ko’ngillilik (hilm) kabi hislatlarni kiritib, har birining ta’rifidan so’ng tanbeh va hikoyatlar vositasida o’z fikrini to’ldiradi. Navoiy yuqorida zikr qilib o’tilgan xislatlarga ta’rif berish bilan birga ularga qarama-qarshi bo’lgan yomon illatlar to’g’risida fikr yuritadi va ulardan qutilish yo’llarini ham bayon qiladi.
Axloqlilikning eng muhim mezoni sanalgan odob haqida fikr yuritar ekan: «Adab kichik yoshdagilarni ulug’lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod bahramand bo’ladi. Adab, kichkinalar mehrini ulug’lar ko’ngliga soladi va u muhabbat ko’ngilda abadiy qoladi. Yoshlarni ko’zga ulug’ ko’rsatadi. Ularning yurish-turishini xalq ulug’vor biladi» deydi.
Shu bois Alisher Navoiy umr bo’yi to’plagan tajribasi asosida «Mahbub ul-qulub» («Ko’ngillarning sevgani») asarini yozdi va ana shu asarida o’zining axloqiy qarashlarini bayon qildi.
Demak, Alisher Navoiy o’zining badiiy asarlari bilan bir qatorda ta’limiy-axloqiy asarlarida o’zi orzu etgan komil insonga xos axloqiy fazilatlar deb qanoat, adolat, saxovat, himmat, muruvvat, vafo, to’g’rilik, hilm, rostgo’ylik, tavozu’, adab va boshqalarni tushungan, ana shu xislatlar tarkib topgan insonda yomonlik, razillik bo’masligi, bunday insonlar yashagan jamiyat ham ravnaq topishi, barcha xalq baxt-saodatga erishish mumkin, deb hisoblagan.
Abdurauf Fitrat kishining har tomonlama barkamol inson bo’lib yetishishida axloqiy tarbiyaning o’rni juda katta ekanligini har bir asarida va tadqiqot ishlarida takror-takror o’qtirdi. Shuning uchun u o’zining qarashlarida fikriy va jismoniy tarbiyalar bilan birga axloqiy tarbiyaga ham juda katta e’tibor bilan qaradi. U o’zining «Rahbari najot» asarida axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifasi «insonni axloqiy barkamollikka yetkazish va uni jamiyatga foydali inson qilib tarbiyalashdan iboratdir» 1-deydi.
Abdulla Avloniy axloqiy xislatlar haqida «Turkiy guliston yoxud axloq» asari jamiyat taraqqiyotida muhim rol o’ynaydi. Uning qoldirgan ijodiy merosi ma’naviyat taraqqiyotiga munosib hissa qo’shgan.
Demak, yuqorida ta’kidlanganidek ma’naviy-axloqiy tarbiya insoniy sifatlarni yaratuvchi, shakllantiruvchi, mukammallikka yetishtiruvchi vositadir.

Download 340 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish