Abu Nasr Forobiy oʻrta asrda fanni birinchi boʻlib klassifikatsiya qilib chiqqan. U arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqani muhim tarbiyaviy fanlar deb atadi. Ushbu fanlarni oʻrgatuvchi oʻqituvchini har tomonlama mukammal bilimga va tajribaga ega boʻlishi lozimligini ta’kidlaydi. Chunonchi, oʻz asarlarida “...ustoz shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari koʻngilchanlik ham qilmasligi lozim. Chunki ortiqcha zulm, shogird dilida ustozga nisbatan nafrat uygʻotadi, bordiyu ustoz juda ham yumshoq koʻngilli boʻlsa, shogird uni mensimay qoʻyadi va u beradigan bilimdan sovib qoladi. Shuning uchun oʻqituvchi bolalarning fe’l-atvoriga qarab ta’lim-tarbiyaning “qattiq” yoki “yumshoq” usullaridan foydalanishi mumkin”, deydi. Bunda ustoz mudarrisga quyidagi talablarni qoʻyadi:
tarbiyalanuvchilar oʻqish va oʻrganishga ishtiyoqmand boʻlsalar, ta’lim-tarbiya jarayonida yumshoq usullar qoʻllaniladi;
tarbiyalanuvchilar oʻzboshimcha, itoatsiz boʻlsalar, qattiq, ya’ni majburlovchi usullar qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |