Mavzular: Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning oʻqituvchi faoliyatidagi oʻrni va ahamiyati. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida


O‘qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘rni



Download 4,46 Mb.
bet20/38
Sana03.02.2022
Hajmi4,46 Mb.
#426887
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
Bog'liq
12-maruza (2)

O‘qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘rni.
XV asrda yashab, ijod etgan mutafakkir Kamoliddin Husayn Voiz al-Koshifiy (taxminan 1440-1505-yillar) bola tarbiyasida maktab va muallimning alohida o‘rni borligi haqida gapirib, muallimlar dono, bilimli, shirinsuxan, adolatli boʻlishi zarur, deb hisoblaydi. Alloma murabbiylar to‘g‘risida “Axloqi Muhsiniy” asarida shunday yozadi; “Murabbiy (bolaga) nasihat va ta’lim berishda lutf va odob qoidalariga rioya qilishi darkor. Jamoatchilik joylarida oʻquvchiga pand berish yaramaydi, balki xilvat joyda bolaga nasihat qilish zarur. Agar (murabbiy) nasihat berishning fursati kelganini bilsa, unga muloyimlik bilan murojaat qilishi lozim, chunki bizning zamonamizda muloyim va xushfe’l bo‘lish maqsadga muvofiqdir”.
Buyuk allomalardan Abdurahmon Jomiy o‘z asarlarida tarbiyachi-muallim foaliyatiga quyidagicha ta’rif beradi: “muallim bilimli, aqlli, adolatli, o‘zida butun yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. О‘zini nomunosib tutgan odam hech vaqt bolalarga bilim va odob bera olmaydi”.
O‘qituvchi odobli, adolatli hamda «bola qalbining injeneri»dir. Bolaning ijobiy va salbiy xususiyatlari ba’zan murabbiydan o‘tishini psixolog olimlar ta’kidlab o‘tishgan. Chunki o‘quvchilar o‘qituvchilarning yurish-turishi, kiyinishiga, gapirishiga taqlid qiladilar. Bola garchi yosh boʻlsada, uning inson ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak, uni ko‘pchilik oldida obro‘sizlantirmaslik, g‘ururini toptamaslik kerak.
Pedagog olim Komil Zaripov o‘qituvchining kasbiy mahorati mazmun va mohiyatini “llg‘or o‘qituvchi”, “Ijodkor o‘qituvchi”, “Novator o‘qituvchi” timsolida asoslaydi.
Pedagogik mahoratning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri, uning o‘qituvchi shaxsi va kasbi to‘g‘risida mukammal ma’lumot va tushunchalarga ega ekanligidadir. O‘qituvchi inson sifatida shaxsiy fazilatlarga ega boʻlishi bilan birga, kasbiy, ya’ni ixtisoslik fazilatlariga ham ega boʻlishi lozimligini tajriba koʻrsatmoqda.
Shaxsiy sifatlar tizimida: milliy mafkuraviy onglilik, milliy odoblilik, farosat, nozik didlik, o‘z kasbiga sadoqat va vijdoniylik, tashabbuskorlik, bolajonlik, talabchanlik, adolatparvarlik, pedagogik odob, tadbirkorlik, qat’iylik, har qanday vaziyatda o‘zini idora qila olish, millatlararo muloqot madaniyati, kuzatuvchanlik, samimiylik, topqirlik, kelajakka ishonch, xushmuomalalilik kabi fazilatlarga ega boʻlishi kerak.
Kasbiy sifatlar tizimida: pedagogik ziyraklik, Oʻzbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yoʻli mohiyati, rivojlanishining beshta tamoyili ma’naviy-axloqiy negizlarini bilishi, milliy tarbiya mohiyati va mazmunini chuqur anglash, chuqur ilmiy nazariy salohiyati, pedagogik ijod, o‘z fanining tarbiyaviy imkoniyatlarini mukammal bilish, pedagogik bilimlarni takomillashtirishga intilish, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatidan xabardorlik, o‘zbek xalqining an’analari, qadriyatlari, urf-odatlarini yaxshi anglashi, siyosat, tarix, madaniyat, ma’naviyat, adabiyot va san’at, axloqshunoslik, dinshunoslik, huquqshunoslik, oʻlkashunoslik, texnikaga oid ma’lumotlardan xabardorlik, etnopedagogika, etnopsixologiyaga oid bilimlarga ega bo‘lish va hokazo.
Muallimning yuksak sifati uning aqli, ilmi, fikri, so‘zi, axloqi-odobidadir”, - degan edi taniqli murabbiy, maktabshunos olim Hikmatulla Abdullayev oʻzining “Yashil daftar hikmati” asarida. – Оʻqituvchining yuz qarashlari ham, gapirishlari ham, qalbi ham, kо‘rinishi ham, yurish-turishi ham, kiyinishi ham chiroyli va ibrat namunasi bo‘lsin. Ayniqsa, uning nutqi tushunarli, ravon, ta’sirli bo‘lishi darkor. U muloqotda bamisoli soʻz zargari ekanligini kо‘rsata olishi muhimdir. Shunga erishish kerakki, odamlar, ayniqsa, ota-onalar va oʻqituvchilar uni rostgoʻy, halol, pokiza, sogʻlom fikrli, shafqatli va muruvvatli, insonparvar kishi sifatida e’tirof etsinlar”. O‘qituvchilik faoliyati ushbu kasbni tanlagan har bir yosh yigit va qizlardagi qobiliyat va iste’dodning barcha qirralarini ishga solishga majbur qiladi. A.S.Makarenkoning fikricha, “Jamoada 40 ta qobiliyatsiz о‘qituvchi о‘rniga 4 ta qobiliyatli tarbiyachi-o‘qituvchi boʻlgani ma’qul”. Bu bilan u qobiliyatsiz kishilar ta’lim-tarbiya ishiga katta zarar yetkazishi mumkinligini alohida uqtiradi.



Download 4,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish