O’qituvchi go’zallik sohibidir. U olijanob sharafli kasb egalari hakida ne-ne aziz odamlar qo’llariga qalam olib jo’shkin hislarini, eng yaxshi ezgu tilaqlarini oq qog’ozlar betiga bitmagan deysiz. Hayot abadiy. Ammo u yosh avlod bilan barhayot. Avlod bor ekan, unga ta’lim va tarbiya beradigan mehri daryo o’qituvchilar ham abadiy barhayot yashayveradi. Hayotning bu sharafli kasb egalariga bo’lgan ehtiyoji ham abadiydir. O’qituvchi bamisoli bog’bon. U yoshlik gulshanining bog’boni. Maktab, o’quv yurti - yoshlik gulshani, yosh avlod uning bebaho nihollari, ustoz o’qituvchilar bu bog’ning oqil, mirishkor, mehribon bog’bonlaridir. U o’z bog’idagi mevalarning rango-rang va sog’lom bo’lishi uchun kurashadi. Har bir shogirdini baxtiyor ko’rishni orzu qiladi. Daraxtni shirin meva, o’qituvchini esa oqil, barkamol shogird bezaydi.
Bu kasbning faxru - iftixori shundaki, o’qituvchi tarbiyalab o’stirgan nihollarning hosili qanghadan-qangha avlodlarni bahramand qiladi. Eng baxtiyor, piru- badavlat odamlardan biri o’qituvchi. U dunyodagi har qanday javohirdan ham qimmatli bo’lgan inson farzandini voyaga yetkazib, uni ulug’ ishlarga voris qiladi. Kasblar ichida alohida faxr va iftixor bilan tarona etiladigani o’qituvchilik kasbidir. CHunki biror soha yo’qi, unga o’qituvchining bevosita yoki bilvosita qo’shgan hissasi bo’lmasin. O’qituvchining bilimidan, aql-zakovatidan, mehr-muhabbatidan bahramand bo’lmagan kishi yo’k.
Zamonamizning zabardast olim va shogirdlari, shoir va san’atkorlari, fazogirlari, ishchisi, o’rmonchisi, shifoqori, kuruvchi-injeneri - hammasi o’qituvchidan ta’lim olgan. SHuning uchun ham xalqimiz – tog’ cho’kqilaridan yuksak mehr-muhabbatini, kuyosh nuridek jo’shkin kalb haroratini "o’qituvchi" degan so’zga singdirgan va bu nomni katta ezoz bilan tilga oladi.
Biz o’qituvchilar kasbimiz bilan qangha faxrlansak, umrimizning bebaho hosili - sevgan kasbimizning durdona mevasi, faxru iftixorimiz bo’lgan shogirdlar bilan baxtiyormiz. Ulug’ Vatanimizning kaysi yeriga borsak, "Salom, ustoz, o’qituvchim", deb shogirdlarimiz peshvoz chiqishadi. Biz shunda o’zimizni qanghalik baxtiyor inson ekanligimizni chuqurroq, his etamiz. Umrimizga yana umr qo’shilgandek o’zimizni tetik sezamiz. Ana shu narsa bizga yana kuch-quvvat va kasbimizga beqiyos muhabbat baxsh etadi. O’qituvchi mehnatini taqdirlash "Xalq o’qituvchisi" degan yuksak unvonning ta’sis etilishida yana bir yorkin ifodasini topdi.
O’qituvchi o’ziga bo’lgan bu hurmat bilan birga unga yosh avlodni tarbiyalash kabi faxrli, ayni zamonda juda murakkab va mas’uliyatli vazifa ishonib topshirilganligini juda yaxshi biladi.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti katta sur’at bilan rivojlana borayotgan bir sharoitda hayot bizning oldimizga yangidan-yangi vazifalarni qo’ymoqda.
Dars bizdan bola tarbiyasiga atroflicha yondashishni, yosh avlodni har taraflama rivojlantirishni talab etmoqda. SHunday sharoitda o’qituvchining o’ziga xos o’rni va mavqei qanday bo’lishi kerak. Bu kasb egasi o’ziga xos ijtimoiy, siyosiy, pedagogik va shaxs talablariga javob bera olishi uchun u qanday sifatlarni o’zida mujassamlashtirishi kerak? degan qonuniy savol tug’iladi.
O’qituvchi quyidagi fazilatlarga ega bo’lishi kerak: insoniy g’oyaviylik, insoniy etiqodlilik, vatanga sodiqlik, mehnatsevarlik, ijtimoiy burchni chuqur anglash, inson manfaati singari ulug’vor maqsad yo’lida mumtoz niyatlar, temir iroda bilan kurasha bilish, haqqoniylik, printsipiallik, mudom mehnatkash xalq bilan hamdam va hamkorlik, xalq manfaatini hamma narsadan ustun qo’yish, hayotda faol pozitsiyada turish, yangiliklarni sezish va ularni hayotga joriy etishda tashabbuskorlik ko’rsatish, axloqiy poqlik va yosh avlodga mehribonlik, oqilona talabchanlik, yuksak madaniy xulq, nafosat, til va dil birligi, fan asoslarini, jamiyat, tabiat va inson tafakkuri qonuniyatlarini chuqur bilish va amalda qo’llay olish, har sohada yosh avlodga o’rnak ko’rsata bilish.
O’qituvchining jamiyatdagi muallimlik vazifasi ana shu fazilatlarni o’zida to’la mujassam bo’lishini taqozo etadi.
Inson faoliyatining boshqa turlari kabi pedagogik faoliyat ham o’z xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi: maqsad, ob’ekt va sub’ekt va vositalardan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |