Bolalar faoliyati turlarining pedagogik imkoniyatlarini aniqlash va harakatga keltirish sohasida:
Tarbiyaviy maqsadga muvofik ayrim o’quvchilar va jamoa uchun vazifalar belgilash, kuyilgan maqsad asosida ularning tushunchasini o’zgartira olish ko’nikmasi; bolalarga ta’sir o’tkazi va ular faoliyatiga pedagogik rahbarlik qilishni rejalashtirish ko’nikmasi; ta’lim va tarbiya uslublarini pedagogik maqsadga muvofik qo’llash ko’nikmasi; o’quvchilar xulqi va faolligini boshqarish ko’nikmasi; bolaning tashki ko’rinishi va kiliklaridan uning ruhiy holatidagi o’zgarishlarni aniqlash, ma’lum vaziyatda bolalar xulqining xususiyatlarini anglash va izohlash ko’nikmasi; o’zini xayolan tarbiyalanuvchi o’rniga qo’ya olish ko’nikmasi; o’quvchilarni shaxs uchun va ijtimoiy qimmatli istikbollarga qiziqtirish va jalb qilish ko’nikmasi; umumiy vazifalarni bajarish uchun o’quvchilarni guruhlarga bo’lib, ularning o’zaro munosabatinini hisobga olish ko’nikmasi va boshqalar.
O’qituvchilik ishida muvaffaqiyatga erishish uchun har bir muallim pedagogik mahoratni egallashi zarur. Pedagogik mahorat egasi kam kuch sarf qilib, kata natijalarga erishadi, o’z ishining natijasi bilan mo’’jizalar yaratadi, ijodkor bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo’lishi mumkin.
O’qituvchi kasbining ijtimоiy-tariхiy rivоji va mazkur kasbning jamiyatda tutgan o’rni.
Jamiyatimizning ma’naviy yangilanishi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shaqllantirish jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan, demoqratik hukukiy davlat kurish, kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustivor mezon sifatida muhim rol o’ynaydi. SHuning uchun ham O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov – inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq - atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir - deb juda to’g’ri aytgan edi. CHunki xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyaning yangi utuqlari asosida mukammal tayyorgarlikdan o’tgan kadrlarni tayyorlashning yangi tizimini shaqllantirish O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining muhim shartlaridan biri bo’lib qoldi.
Mana shu ma’noda bugungi mo’qituvchiqillik sharoitida kadrlar tayyorlashning milliy modelini ro’yobga chiqarish, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim – tarbiyani ongli ravishda idrok eta oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida javobgarlik hissini yuragiga tuya oladigan fukarolarni tarbiyalashni nazarda tutish bilan birga, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy karashlar va sarkitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demoqratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yukori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish maqsadida 1997 yilda Oliy Majlisning IX sessiyasida «Ta’lim to’g’risida» Qonun va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» qabul kilindi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ishlab chiqishning asosiy omillaridan biri, respublikamizning demoqratik va hukukiy davlat va adolatli fukarolik jamiyat kurish yo’lidan izchil ilgarilab borayotganligi; davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topganligi; milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, vatanparvarlik, o’z vataniga iftixor tuyg’usining shaqllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmatning ortib borayotganligidir. YAna shu narsani alohida qayd etish joizki, endilikda O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavkei va obro’ - e’tiborining tobora ortayotganligi ham mazkur islohotlarni tezlikda amalga oshirish lozimligi pedagogik zaruriyat bo’lib qoldi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan barcha tadbirlar uch boskichda amalga oshirilishi ko’rsatib berilgan..
Bizga ma’lumki, kadrlar tayyorlash sohasida davlat siyosatini insonni intellektual va ma’naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs-fukaroni shaqllantirishni nazarda tutadi. SHu tarzda fukaroning eng asosiy konstitutsiyaviy hukuklaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasb bo’yicha mehnat qilish hukuki ro’yobga oshiriladi.
Demak, bu g’oyalar ilmiy - nazariy umumlashmalar, xususan, kadrlar tayyorlashning milliy modeli shaxs; davlat va jamiyat; uzluksiz ta’lim; fan; ishlab chiqarish uyg’unlashtirilganda ko’zlangan maqsadga erishish mumkin bo’ladi. Zero, davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafolatlari yukori malakali rakobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo’yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg’unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko’rsatadi. Uzluksiz ta’lim esa kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini kondiruvchi ustuvor sohadir.
CHunonchi, uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shaqllanishi va yukori malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Fan o’z navbatida yukori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi sifatida yuzaga chikadi.
Ishlab chiqarishning kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy - texnika jihatidan ta’minlash jarayonining katnashchisi bo’lib hisoblanadi.
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va qo’yiladigan ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:
- maktabgacha ta’lim;
- umumiy ta’lim;
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
oliy ta’lim;
oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
maktabdan tashkari ta’lim.
Kadrlar tayyorlashning milliy modelining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, mo’qituvchiqil ravishdagi to’qqiz yillik umumiy o’rta hamda uch yillik o’rta maxsus, kasb - hunar ta’limini joriy etishdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan o’rta maxsus, kasb - hunar ta’limi dasturlariga izchil intilishni ta’minlaydi..
Ma’lumki, hamma kasblarni ham avvalo ustoz-muallim o’rgatadi. Dastlabki saboqni ham o’qituvchi beradi. Dastlabki ona - Vatan so’zlarining ma’nosini, mohiyatini ham o’qituvchi o’rgatadi. SHuning uchun ham barcha kasblar ichida o’qituvchilik- muallimlik kasbi o’ta sharafli va mas’uliyatli hisoblanadi. Mana shu o’rinda tabiiy ravishda savol tug’iladi. Xo’sh, o’qituvchi kim? U qanday sifatlarga ega bo’lmog’i kerak? Xususan, bugungi kun o’qituvchisi qanday malakalar bilan qurollanmog’i darkor? va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |