Nazorqt qiluvchi portlar: tizimli blokning orqa tomonida osilib turgan razyom mavjuddir.ularni portlar deb atyamiz. Portlar ikki ko’rinisgda bo’ladi;(LPT1, LPT2) (parallel ko’rinishli portlar va ular skaner, printer va boshqa tashqi qurilmalarni o’rnatish uchun mo’ljallangan bo’ladi. (com1,va com2) ketma-ket ulangan portlar ular orqali sichqoncha va tashqi mademlar o’rnatiladi.
7. Drayver (ingl. driver) — biror dastur (odatda operasion sistema) qurilmaning apparat ta’minotini boshqarish imkonini beruvchi kompyuter dasturidir. Umuman olganda, istalgan qurilmadan foydalanish uchun drayver zarur bo’ladi. Eng zarur drayverlar operasion sistema bilan birgalikda tarqatiladi. Masalan, sichqon yoki klaviaturani Windows operasion sistemasi o’rnatilgan kompyuterga to’g’ridan- to’g’ri ulab foydalanish mumkin. Chunki Windows tarkibida bu qurilmalarning drayveri mavjud bo’ladi. Biroq qurilmalarning hammasini ham foydalanish shu kabi amalga oshirilmaydi. Masalan, printer, skaner, videokarta kabi qurilmalar uchun alohida dastur o’rnatmasdan foydalanish mumkin emas. Windows operasion sistemasi tarkibiga ko’plab qurilmalarning drayverlari kiritilgan. Shuning uchun ham bu operasion sistemani o’rnatish paketi 100- 1500 Mbaytni tashkil qiladi. MS DOS operasion sistemasi tarkibida esa bunday dasturlar kam kiritilgan. Shu sababli, MS DOS xotiradan bir necha yuz Kb joy egallaydi. Bu esa kompyuterga yangi qurilma ulanganida uning dasturini qo’shimcha ravishda o’rnatishni talab etadi.
Operasion sistema standart buyruqlar to’plamini tushuna oladigan virtual qurilmani boshqaradi. Drayver esa bu buyruqlarni qurilma tushunadigan buyruqqa tarjima qilib beradi. Drayver operasion sistemada biror hodisani qayta ishlaydigan bir nechta funksiyalardan tashkil topadi:
Drayverni yo`qlash. Bu jarayonda drayver sistema ro’yxatiga yoziladi;
Drayver ishini to’xtatish. Bunda drayver egallab olingan resusrslar- xotira, fayllar, qurilmalar va boshqalarni ozod qiladi;
Drayverni ochish. Asosiy ishning boshlanishi. Odatda drayver dastur tomonidan Win32da CreateFile() funksiyasi, UNIX turidagi OS larda fopen() yordamida funksiyasi yordamida fayl kabi ochiladi;
O’qish;
Yozish: drayver xizmat qilayotgan qurilma dan/ga ma’lumotlarni o’qib oladi yoki yozadi;
Yopish; ochishga teskari amal;
Kiritish- chiqarishni boshqarish (ingl. IO Control, IOCTL). Bunda boshqaruv Win32da DeviceIoControl () API- funksiyasi, UNIX turidagi OS larda ioctl() funksiyasi yordamida amalga oshiriladi.
Bitta platada kompyuterning ko’plab qurilmalarini jamlaydigan sistemalarning rivojlanishi “platforma” deb ataluvchi bu sistemalarni quvvatlash qulayligi haqida fikrni yuzaga keltirdi.
Dastlab platforma ishlab chiqaruvchilari operasion sistema uchun alohida drayverlarning jamlanmasini (ko’pincha, kompakt disklarda) tarqatdi. Keyinchalik «4-in-1» va «One touch» deb ataluvchi o’rnatish paketlari paydo bo’ldi.
Misol tariqasida Linux OS da qurilmalar haqida ma’lumotlar bilan tanishamiz.
Linux Osda har bir qurilma maxsus fayl ko’rinishida /dev katalogida saqlanadi. Maxsus faylda qurilmaning katta va kichik raqamlari mavjud.
Katta raqam qurilma drayverini, ya’ni mos nazorat qurilmasini bildiradi.
Kichik raqam nazorat qurilmasiga ulangan kanal, qurilma va shu kabilarni bildiradi.
/dev/dsk/hd* disk
/dev/dsk/fd* disketa
/dev/console konsol
/dev/tty* terminal
/dev/rmt magnitofon
Barcha asinxron portlar ulangan apparaturaga bog’liq bo’lmagan ravishda umumiy interfeysdan foydalanadi.
/usr/src/uts/io/ katalogida drayverlarning C++ tilida yozilgan dasturlari va qayta yig’ishga imkon beruvchi make fayli joylashgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |