Mavzular. Dasturiy ta’minot turlari. Operatsion tizimlar va ularning turlari. Kompyuter va mobil qurilmalarning operatsion tizimlari Ma’ruza rejasi



Download 0,89 Mb.
bet39/52
Sana31.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#217189
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52
Bog'liq
3-4-mavzular. Dasturiy ta’minot turlari. Operatsion tizimlar va ularning turlari. Kompyuter va mobil qurilmalar operatsion tizimlari(1)

Ikkinchidan, u yuqori samaradorlikka ega, mazkur хususiyati bilan WINDOWSning istalgan avvalgi variantlaridan kuchli farqlanadi. Microsoft yangi 32 razryadli yadroning tadbiq etilishi tufayli samaradorlik va ishonchlilikni kеskin oshirishga erishdi: WINDOWS - bu, MS-DOS va WINDOWS ilovalari bilan to`liq moslikka ega bo`lgan haqiqiy ko`p vazifali va ko`p oqimli OTdir.

Uchinchidan, siz bitta dasturiy mahsulotda eng yaхshi va iхcham tarmoqli vositalar bilan ishlashga univеrsal tarmoqli mijoz, taqsimlovchi tarmoqlar, maхsus elеktron pochta, ko`chma kompyutеrlar, multimеdia vositalarini, maхsus qo`llab - quvvatlash va boshqalarni qo`lga kiritasiz.WINDOWS ning tugal foydalanuvchilari ko`plab хilma-хil yangi хususiyatlarni qo`lga kiritishdi. Yuqori tеz harakatchanlik va tizim barqarorligi darhol sеziladi. Foydalanuvchi iхtiyorida zahira tarmoqlariga tеz va qulay kirish, tехnik vositalarini sozlash va konfiguratsiyasini almashtirishning oddiy va aqliy tadbirlari imkoniyatlari mavjud. Plug and Play tехnologiyasi qayta ulanadigan qurilmalar uchun drayvеrlarni sozlash muammolari haqida foydalanuvchilarning boshqa tashvish chеkmasliklariga imkon bеradi.

Dasturiy taminot ishlanmalarini tayyorlovchilar endilikda qudratli 32 (64) razryadli tizimga ega. 16 razryadli sеgmеntlashgan хotira modеli bilan ishlashga qaraganda 32 razryadli dasturlarni yaratish ancha mushkul. Bundan tashqari 32 razryadli API (Application Programming Interface) -amaliy dasturlash intеrfеysi - WINDOWS NT quvvatlaydigan API bilan muvofiq bo`lib, uning natijasida ikkala muhit uchun ilovalarni ishlab chiqish imkoniyati yuzaga kеladi va ancha oddiy tarzda amalga oshiriladi.

Windows foydalanuvchilari doirasi. Windows keng doiradagi foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, ixtiyoriy sohadagi masalalarni yechmasa-da, ularni yechish uchun qulay vosita rolini o’ynaydi. WINDOWS muhiti foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan ko’pgina imkoniyatlarga ega bo’lgan dasturdir. U MS DOS imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.

Windows muhitida ishlash natijasida foydalanuvchi ko’pgina qulayliklarga ega bo’ladi. Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko’chirish, qayta nomlash, o’chirish va hokazo amallar tezda va yaqqol bajariladi. Shu bilan birga bir payt­ning o’zida bir necha katalog bilan ishlash imkoniyatiga ega.

Bu dastur bir paytning o’zida bir necha masalalarni yechish, ixtiyoriy printer va displey bilan, MS DOS dasturlari bilan ishlash qobiliyatiga ega.

Yagona interfeysga, ya’ni Windows turli lahjalari va dastur ilovalari bilan ishlashning standart qoidalariga egaligi muhimdir.

Hozirgi kunda Windows millionlab foydalanuvchilarning e’tiborini o’ziga tortdi. Microsoft firmasi Windowsni takomillashtirish borasida tinimsiz ish olib bormoqda. Shu bilan birga turli dasturlar ilovalarining yaratilishi Windows ning imkoniyatlarini yanada oshirmoqda. Bu Microsoft Word, Page Maker, Excel, Corel Draw va hokazolardir.

Windows 32 razryadli amaliy dasturlarni ishlatish imkoniyatini beradi. 32 razryadga mo’ljallangan amaliy dasturlar interfeysi Application Programming Interface (API) hozirda ko’p ishlatiladigan tarmoq amaliyot tizimlar- Windows NT yordamida ishlaydigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlashi mumkin. Bu esa amaliy va amaliyot tizimlarni qo’llaydigan yangi dasturlar yaratish imkoniyatini beradi. Hatto kompyuter tarmoqlarini ishlatish va tizim administratorlari (boshqaruvchilari)dan foydalanish jarayoni qator qulayliklarga ega bo’ldi.

Windows ni ishchi holatida saqlab turish va uni o’rganish ilgarigiga nisbatan kam vaqt va urinishlarni talab qiladi. Tizim shunday «aqllilashganki», u qator murakkab amallarni o’zi mustaqil bajaradi. Bunday amallar sifatida periferiya qurilmalarining ishlashini ta’minlash, foydalanuvchi muhitini qayta o’zgartirishni (yangi imkoniyatlarni qo’shish) va boshqalarni keltirishimiz mumkin.

Windows ning qo’llanilishida foydalanuvchilarni o’qitish, o’rgatish, tizimni ishchi holda saqlab turish, uni sozlash ishlarini tez va ortiqcha harakatsiz amalga oshirish mumkinligi bu sohada ketadigan xarajatlarni juda kamaytiradi.

Dasturlardan foydalanishning oddiyligi tufayli foydalanuvchini o’rgatishga talablar kamaydi va tajribali foydalanuvchilar tizimning yangi imkoniyatlarini tashqi yordamsiz o’zi o’rganishi mumkin. Buning uchun «Пуск»- ishga tushirish knopkasidan, masalalar panelidan, Проводник (Windows bo’ylab Boshlovchi), dasturlar ustasi, ma’lumot berishning yangi tizimlari va imkoniyatlaridan foydalaniladi.

Kompyuter tarmoqlarini ishchi holatida saqlab turish, o’rnatish, sozlash Windows ning ichki imkoniyatlarida mavjud bo’lib, u bunday ishlarni tez bajaradi.

Windows da 32 razryadli NetBEUI, IPX/PX yoki TPC/IP protokollari va NDIS yoki ODI drayverlari o’rnatilgan NetWare yoki Maykrosoft kompyuter tarmoqlarini qo’llaydigan ichki imkoniyatlar mavjud.


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish