Mavzu:(Gnoseologiya) bilish nazariyasi. Reja: Bilishning mazmun-mohiyati



Download 0,78 Mb.
bet3/7
Sana26.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#511310
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hasan Falsafa fani

Bilish predmeti sub’ektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish ob’ektining ayrim soxalari va tomonlaridir. Fanning o`rganish soxasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botaniqa, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa soxalari vujudga kelgandir. Tadkikot predmeti fanlarni bir-biridan farqlashga imkon beradigan muxim belgidir. Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy darajaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo`lib, xissiy bilish deyiladi. Хissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir. Insonning sezgi a’zolari (kurish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo`lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muxitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, dikkat, xayol tashqi olam to`g`risida muayyan bilimlar xosil qilishga yordam beradi. Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo`lib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson o`z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo hodisa sifatida namoyon bo`ladi. Har bir hodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo`ladi. Shu boisdan ham hodisa aldamchi va chalKituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki hodisa to`g`risida bergan ma’lumotlari xech kachon uning butun mohiyatini ochib bera olmaydi.


Tushuncha. Aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish xissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, tahlil qilish, sintezlash, mavxumlashtirish orqali yangi xosil qilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi.
Tushunchada insonning xissiy bilish jarayonida orttirgan barcha bilimlari mujassamlashadi. Tushuncha aqliy faoliyat maxsuli sifatida vujudga keladi. Narsa va hodisalar mohiyatiga chuqurrok kirib borishda tushuncha muxim vosita bo`lib xizmat qiladi.
Aqliy bilish xissiy bilishga nisbatan ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Aqliy bilishda narsa va hodisalarning tub mohiyatini bilish uchun ulardan fikran o`zoklashish talab etiladi. Masalan, insonning mohiyati uning sezgi a’zolarimiz kayd etadigan kelishgan kaddi-komati, chiroyli koshu ko`zi, ijodkor quli, oyoklari bilan belgilanmaydi. Insonning mohiyati avvalo, uning aql va tafakkurga, yaratish qudratiga, mexr-shafkat xissiga, mehnat qilish, so`zlash qobiliyatiga ega ekanligida namoyon bo`ladi.
Inson tushunchasi o`zida insoniyatning ko`p asrlar davomida orttirgan bilimlarining maxsuli sifatida shakllandi.
Har bir fan o`ziga xos tushunchalar apparatini yaratadi va ular vositasida mohiyatni bilishga intiladi. I. Kantning fikricha, narsalarning mohiyati so`z va tushunchalarda mujassamlashadi. Ya’ni biz so`z va tushunchalarni o`zlashtirish jarayonida biron bir bilimga ega bo`lamiz. Har bir inson dunyoga kelar ekan, tayyor narsalar, munosabatlar bilan bir qatorda tayyor bilimlar olamiga ham kirib boradi.
Хukm. Aqliy bilish narsa va hodisalarga xos bo`lgan belgi va xususiyatlarni tasdiklash yoki inkor etishni taqozo etadi. Tafakkurga xos bo`lgan ana shu tasdiklash yoki inkor etish qobiliyatiga xukm deyiladi. Хukmlar tushunchalar vositasida shakllanadi. Хukmlar yangi bilimlar xosil qilishga imkoniyat yaratadi, ular vositasida narsa va hodisalar mohiyatiga chuqurrok kirib boriladi. Shunday qilib, xukm narsa va hodisalarning tub mohiyatini ifodalovchi eng muxim belgi va xususiyatlar mavjudligini yo tasdiklaydi yoki inkor etadi. Masalan, «inson aqlli mavjudotdir», degan xukmda insonga xos eng asosiy belgi - aqlning mavjudligi tasdiklanayapti. Birok inson shunday murakkab mavjudotdirki, uning mohiyati faqat aqlli mavjudot ekanligi bilan cheklanmaydi. Chunki kirKinbarot urushlar, ekologik inqirozlar aqlli mavjudot bo`lgan inson tomonidan amalga oshirildi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish