Mavzu:(Gnoseologiya) bilish nazariyasi. Reja: Bilishning mazmun-mohiyati



Download 0,78 Mb.
bet6/7
Sana26.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#511310
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hasan Falsafa fani

 Fan haqiqati hamisha nisbiy harakterga ega bo`lib, ularning majmuasidan mutloq haqiqat vujudga keladi. Haqiqat o`z mazmuniga ko`ra hamisha ob’ektivdir. Ya’ni uning mavjudligi ayrim kishilarning xoxish-irodasiga bog`liq emasdir. Masalan, O`zbekistonning milliy mustaqilligi ob’ektiv haqiqatdir. Ayrim kishilarning bu mustaqillikni tan olish yoki olmasligidan qat’i nazar, bu haqiqat o`z mazmunini saqlab qolaveradi. Haqiqatni atayin bo`zish yoki soxtalashtirish oxir-oqibatda fosh bo`ladi va o`z qadrini yo`qotadi. Shuningdek, haqiqat xech kachon mavxum emasdir. U hamisha konkretdir. Хegel so`zlari bilan aytganda, nimaiki voke bo`lsa, u haqiqatdir, haqiqat — vokelikdir. Haqiqat mazmunining konkret harakteri joy, vaqt va sharoitni e’tiborga olishni talab etadi. Gnoseologiyada tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilishning o`ziga xos xususiyatlarini anglash muxim ahamiyatga egadir. O`zok yillar davomida tabiatshunoslik fanlariga xos bo`lgan ob’ektivlik, holislik ilmiylikning muxim mezoni deb xisoblab kelindi. Birok XX asr o`rtalarida fan-texnika inqilobi insoniyat oldida paydo bo`lgan muammolar tabiatshunoslik fanlari oldiga qadriyatli yondashuv vazifasini kuya boshladi. Aqlli mavjudot bo`lgan inson har kachon tabiatni o`rganishda hamisha o`z manfaatlarini ko`zlaydi. Tabiat resurslari cheksiz va bitmas-tuganmasdir, degan bir yoklama qarash oxir-oqibatda inson tomonidan tabiatga nisbatan shafkatsiz munosabatni vujudga keltirdi. XX asr oxirlariga kelib tabiatga nisbatan insonlarcha, qadriyatli munosabatda bo`lish zaruriyati chuqurrok anglana boshladi.


Ijtimoiy fanlar hamisha mavjud siyosiy tuzum, davrning talab va extiyojlari bilan uzviy bog`liq ravishda rivojlanadi. Ijtimoiy bilishda jamiyat ham bilish ob’ekti, ham bilish sub’ekti sifatida namoyon bo`ladi: insoniyat o`z tarixini yaratuvchi va o`z-o`zini biluvchidir.
Tabiatshunoslikda nisbatan barqaror sistemalar bilish ob’ekti xisoblanadi. Tabiatdagi narsa va hodisalar tadqiqotchiga xech qanday qarshilik ko`rsatmaydilar. Ijtimoiy bilishda esa, nisbatan tez o`zgaruvchi sistemalar bilish ob’ekti xisoblanadi. Ijtimoiy bilishga xos bo`lgan muxim xususiyat shundaki, u moddiy ishlab chiqarish soxalarinigina emas, balki jamiyatning ancha murakkab ma’naviy hayotini, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni, qarashlar va G`oyalarni ham o`rganadi. Ijtimoiy fanlar milliy G`oya va milliy istiqlol mafko`rasini shakllantirishda muxim rol o`ynaydi.
Gnoseologiyaning maqsad va vazifalari, bilishning mohiyati va mazmuni to`g`risida zarur bilimlarga ega bo`lish mamlakatimizda bilimdon, har jixatdan yetuk barkamol inson shaxsini shakllantirishda aloxida o`rin tutadi. Bilish nazariyasi bo`lajak mutaxassis-qadrlarda muayyan ilmiy layokat va qobiliyatlarni shakllantirishga kumaqlashadi. Milliy mustaqillik yillarida gnoseologiya oldiga quyilayotgan eng muxim vazifalardan biri, ilmiy bilimlarning jamiyatimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligi uchun xizmat qilishini ta’minlaydigan omil va mexanizmlarni o`rganish, ulug` ajdodlarimizning ilmiy bilimlarni rivojlantirish borasida orttirgan tajribalarini keng ommalashtirishdir.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish