Epistemologiya (yun. επιστήμη — „bilim“ va λόγος — „soʻz“ yoki „reja“[1]) falsafaning bilim va ishonch tabiati, uslublari, cheklovlari va qiymatlarini oʻrganuvchi sohasidir. Epistemologiya atamasini shotland faylasufi James Frederick Ferrier (1808-1864) kiritgan.[2] Bu sohadagi bahslar bilim, haqiqat, ishonch tushunchalarining falsafiy tahlili ustida olib boriladi. U shuningdek bilish uslublarini tadqiq etadi. Epistemologiyada koʻriladigan savollarga quyidagilar misol boʻla oladi: Bilim nima? Qanday qilib bilish mumkin? Nimani bilish mumkin? Bilish nazariyasi(gnoseologiya, epistemologiya)— falsafa boʻlimi boʻlib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obʼyektiv reallikka munosabatini oʻrganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqkrniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hozirgi zamon fanida qoʻllaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz va sintez va h.k.)ni umumlashtirib, uning falsafiymetodologik asosi sifatida namoyon boʻladi. «Inson axloqli mavjudotdir». Inson to`g`risidagi hozirgi zamon fanining muxim xulosasi ana shu. Хulosa — aqliy bilishning muxim vositalaridan biri, yangi bilimlar xosil qilish usulidir. Хulosa chiqarish induktiv va deduktiv bo`lishi, ya’ni ayrim olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chiqarishga yoki umumiylikdan aloxidalikka borish orqali bo`lishi ham mumkin. Binobarin, tushuncha, xukm va xulosalar chiqarish ilmiy bilishning muxim vositalaridir. Bunday bilish insondan aloxida qobiliyat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va hodisalardan fikran o`zoklashishni, dikkatni bir joyga to`plashni, ijodiy xayolni talab etadi. Bilishning oliy darajasi intuitiv bilish, qalban bilish, Koyibona bilishdir. O`zining butun borliqini fan, din, siyosat va san’at soxasiga bag`ishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobiliyatiga ega bo`ladilar. Intuitiv bilish xissiy va aqliy bilishga tayanadi. Buyuk shaxslarning Koyibona bilishi ularning doimiy ravishda fikrini band etgan, yechimini kutayotgan umumbashariy muammolar bilan bog`liqdir. Ilmiy bilishning eng samarali usullarini aniqlash gnoseologiyada muxim o`rin egallab keldi. Har bir fan o`ziga xos bilish usullaridan foydalanadi. Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni qayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi. Ilmiy fakt va dalillar to`plashning o`ziga xos usullari mavjud bo`lib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |