Vaqt: 80 daqiqa.
Uslub: Ma’ruza.
Mashg‘ulot joyi: o‘quv xonasi.
QO‘LLANMA VA ADABIYOTLAR:
-CHQBT uslubiyoti bo‘yicha uslubiy qo‘llanma, Toshkent-2017 y
- Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha qo‘llanma, Toshkent-2017 y
- CHQBT fani bo‘yicha ma’ruza matni, Farg‘ona-2018 y
- CHQBT bo‘yicha Nizom, Toshkent-2017 y
- CHQBT bo‘yicha o‘quv dasturi ( 10-11 sinflar), Toshkent-2019 y
“CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘quv fanining maqsadi-umumiy o‘rta ta’limda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘quvchi – yoshlarga o‘qitilishidan asosiy maqsad, Vatan himoyasi yo‘lida o‘zining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglatish, kindik qoni to‘kilgan, avlod – ajdodlarining xoki-poyi qo‘yilgan yurtini har qanday qurolli tajovuzdan himoya qilishdek muqaddas burchini a’lo darajada ado etishlariga zamin yaratish uchun boshlang‘ich harbiy ta’lim berish, harbiy kasbga bo‘lgan e’tiqodlarini va qiziqishlarini orttirish, shuningdek, to‘satdan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda o‘zini va boshqalarni himoya qilish, davlatimizning ma’naviy va moddiy ne’matlarini saqlash yo‘lida oqilona tashabbus ko‘rsata oladigan jamiyatimizning fidoyi va vatanparvar a’zolarini tayyorlash, shuningdek, maktab o‘quvchilari orasida Vatanga bo‘lgan sadoqat, mehr tuyg‘ularini yananada oshirish, ularning nosatrdart vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qila olishi, fikrlash va dunyoqarashini kengaytirishdan iborat.
“CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanining asosiy vazifalari-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi mamlakat mudofaasi va uni har qanday qurolli agressiyalardan himoyalashga doir asosiy tushunchalarini anglab etish;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining asosiy vazifasi
va tarkibi, Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida tushunchalar berish;
O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”, “Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o‘tashni tashkillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini mohiyatini anglab etish;
1931 yilda "Sport inshootlari qurilishi" haqida qaror qabul qilindi.
50- yillarning o‘rtalaridan bir tipli loyihalar keng tarqaldi. Sport zonasi har bir maktabning ajralmas qismiga aylandi. Sport inshootlari sifatli va mustahkam quriladigan bo‘ldi. 1962 yilda maktab va texnikumlardan harbiy ta’lim olib tashlandi. 1967 yilda esa qayta tiklandi. 1980 yilda yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashni mukammallashtirish maqsadida boshlangan harbiy tayyorgarlik haqida yangi Nizom qabul qilindi. 1985 yilda YOshlarni jismoniy va boshlang‘ich harbiy tayyorgarligi uchun baza kiritilib, unda zarur sport va harbiy-sport inshootlarining ro‘yxati kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2014 yil 18-dekabrdagi 348-sonli “O‘zbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlangan. Mazkur qarorning ilovasiga binoan, “CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘quv yurtlarida CHQBT fani ana shu nizom bo‘yicha tashkillanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |