Mavzu: Zoonoz infeksiya qo‘zg‘atuvchilari. Brusellez, o‘lat, kuydirgi va tulyaremiyani laboratoriyada tashxislash



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana19.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#564259
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
№8. Вабо, улат касаликлари 8658dd9d082c75d30d2a33a155eeb8c8



Mavzu:
Zoonoz infeksiya qo‘zg‘atuvchilari. Brusellez, o‘lat, kuydirgi va tulyaremiyani 
laboratoriyada tashxislash.
Zoonoz infeksiya qo‗zg‗atuvchilari–o‗lat, brusellyoz, sibir yarasi, tulyaremiya va boshqa 
odamlarga hayvonlar orqali yuqadigan kasalliklar, ular yuqori darajada yuqumligi bilan 
farqlanadi. Shuning uchun ularni o‗ta xavfli infeksiya guruxiga ajratilgan, ular bilan ishlashda 
maxsus laboratoriyalarda xavfsizlik tartibini majburiy saqlash bilan o‗tkaziladi. 
Zoonoz infeksiyalarni laboratoriyada tashxislash uchun bakterioskopik, bakteriologik
serologik tekshirish usullari, bundan tashqari biologik va teri-allergik sinamalar qo‗llaniladi. 
Asosiy laboratoriya tekshirish usullarini tanlashda tegishli zoonoz infeksiya qo‗zgatuvchini 
turiga bog‗liq. 
Tulyaremiyani mikrobiologik tashxislashda biologik-sinama qo‗llash bilan o‗tkaziladi, 
bevosita qo‗zg‗atuvchini oziqli muhitlardan, qondan yoki boshqa materialdan, bemor odamdan 
ajratib olishda kamdan-kam natija beradi. 
Brusellyozni mikrobiologik tashxislashda odatda serologik tekshirishlar qo‗llash bilan 
o‗tkaziladi, hosilasini ajratib olish kamdan-kam murojaat qilinadi. 
Xususan sibir yarasini mikrobiologik tashxislashda ishonchli usul bo‗lib bakteriologik usul 
hisoblanadi. Bundan tashqari diagnostik baholashda Askoli bo‗yicha termopresipitatsiya 
reaksiyasi, teri-allergik sinama hisoblanadi. 
 
O‘lat kasalligi 
Toun (o‗lat) o‗tkir, o‗ta xavfli antrapozoonoz infeksiya bo‗lib, uning qo‗zg‗atuvchisi 
(Ersinia petsis)ni mikrobiologlardan G.N.Minx (1878 yil), Yersen va Kitazatorlar (1894 yil) 
aniqlashgan. 
Bu kasalllik rus tilida chuma (arabchada ―djumma‖) deyilib, sporadik va epizotik 
xarakterga ega. Toun qadimiy va tabiiy o‗choqlarga ega o‗tkir yuqumli kasallik bo‗lib, o‗ta 
xavfli infeksiyalar guruxiga (karantin infeksiya) kiritilgan. 


Morfologiyasi.
Toun bakteriyasi kalta, tuxumsimon, ovalsimon bo‗lib, bir tomoni 
to‗mtoqroq. Toun bakteriyasi xarakatsiz spora xosil qilmaydi, ammo kapsulasi bor. Anilin 
bo‗yoqlari bilan yaxshi bo‗yaladi, bunda ikki uchi aniq (bipolyar bo‗yalish), tanasining o‗rta 
qismi esa rangsiz ko‗rinadi. Chunki mikrobning ikki chetida prtoplazma ko‗proq, tanasining 
o‗rtasida juda kam bo‗ladi.toun bakteriyalari o‗zgaruvchan, ya‘ni polimorfizm xususiyatiga ega. 
Shuning uchun yosh kulturalardan tayyorlangan surtmalarda tuxumsimon shaklga ega bo‗lsa, 
qattiq yoki zich oziq muxitlarda o‗stirilganda bakteriyalar uzunchoqroq shaklda, ba‘zan ipsimon 
bo‗lishi xam mumkin. Ular orasida L-shakldagilari
xam uchrab turadi 



O‘sishi.
Toun qo‗zg‗atuvchisi fakultativ anaerob, rN 6,9-7,0 bo‗lgan oddiy oziq 
muxitlarda yaxshi ko‗payadi. 
Go‗sht-peptonli agarda o‗stirilganda mayda-mayda tiniq koloniyalar xosil qiladi. 
Keyinchalik koloniyalar o‗rtasi xiralasha boshlaydi, ularni kuzatganda xuddi ―singan oyna‖ 
parchasiga o‗xshash yosh koloniyalarni ko‗rish mumkin. 
Koloniyalarning chetlari asta-sekin bo‗rtib chiqib, xuddi ―to‗kilgan ro‗molcha‖ni eslatadi. 
Toun bakteriyasi, asosan virulent R-shakldagi koloniyalarni xosil qiladi, ba‘zan S-shakllari xam 
uchraydi, ammo ular kam virulent xisoblanadi. Virulentli koloniyalari aksariyat xollari qoramtir 
pigment xosil qiladi. 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish