Dars turi: munozara
Darsning uslubi: Muammoli ta’lim elementlarini o’z ichiga olgan noan’anaviy dars;
Darsning bогishi:
1. Tashkiliy qism
O'quvchilar bilan salomlashish, navbatchilikni yo`lga qo'yib, davomatni aniqlash, sinf xonasining gigiyenik holatini nazorat qilish.
2. O’tgan mavzular yuzasidan savollar.
Baliqlarning orqa miyasi qanday tuzilgan?
Baliqlarning qaysi sezgi organlari rivojlangan?
Yon chiziqlar qanday vazifani bajaradi?
Baliqlarda shartsiz reflekslar qanday hosil bo'ladi?
Shartli reflekslar qanday hosil bo'ladi?
3. Yangi mavzu bауоni
Ko'payish organlari. Zog'orabaliq ayrim jinsli; urg'ochilarining jinsiy organlari tana bo'shlig'ida joylashgan yirik tuxumdondan iborat. Unda tuxum hujayralari yetiladi. Erkaklarida esa bir juft uzun urug'donlar bo'ladi. Urchish davrida urug'donlar quyuq oq suyuqlik — «sut» bilan to'ladi. «Sut» tarkibida millionlab urug' hujayralari (spermatozoidlar) bo'ladi.
T
uxum qo'yishi. Jinsiy hujayralarning yetila boshlashi bilan ba-liqlarda ko'payish instinkti paydo bo'ladi (64-rasm). Instinkt ularni tuxum qo'yish va nasi qoldirish uchun qulay joy axtarishga undaydi. Ba'zi baliqlar suv havzalarining oqmaydigan joylarini, boshqalari esa suvi oqib turadigan joylarni tanlaydi.
O'tkinchi baliqlardan ba'zilari chuchuk suv havzalaridan dengizga, boshqalari, aksincha, dengizdan chuchuk suv havzalariga ko'chadi. Ayrim o'tkinchi baliqlar, masalan, Uzoq Sharq losos-simonlarid&n keta va gorbusha uvildiriq tashlash uchun Amur daryosining irmoqlariga o'tadi. Ugor balig'i Yevropa daryolaridan minglab kilometr uzoqda joylashgan Atlantika okeanining Sar-gass dengiziga borib tuxum qo'yadi. Zog'orabaliq suv havzalarining tinch oqadigan sayoz joylariga, suvomborlari va ko'llarga tuxum qo'yadi. Urg'ochi baliq suv o'simliklari ustiga uvildiriq tashlaydi. Erkagi esa tuxumlar ustiga o'zining «suti»ni sepib ketadi. «Sut»dagi spermatozoidlar tuxum hujayralarini urug'lantiradi.
Rivojlanishi. Zog'orabaliqning urug'langan tuxum hujayralari-dan qulay sharoitda 4—6 kun ichida juda mayda baliqchalar (cha-voqlar) rivojlanib chiqadi. Chavoqlar dastlab suvdagi mayda mikroorganizmlar, keyinroq mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlana boshlaydi. Yilning oxiriga kelib, ularning uzunligi 5—10 sm ga yetadi.
Naslga g'amxo'rlik qilishi. Zog'orabaliqning nasliga g'amxo'rlik qilishi tuxum qo'yish uchun joy tanlashdan iborat. Tuxum qo'ygan baliq bu joyni tark etadi. Nasli to'g'risida g'amxo'rlik qilmaydigan baliqlar odatda juda ko'p tuxum qo'yadi. Masalan, okun 300 minggacha, treska bir necha million
Do'stlaringiz bilan baham: |