Mavzu: Zoologiya fani va uning vazifalari. Hayvonlarning xilma-xilligi va ahamiyati. 1 §



Download 4,94 Mb.
bet141/217
Sana05.04.2022
Hajmi4,94 Mb.
#529087
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   217
Bog'liq
7- sinf zoologiya konspekt

Nafas olish sistemasi jabralardan iborat. Baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Ular og'zi orqali yutilgan suvni jabra teshiklari orqali chiqaradi. Jabralar jabra ravoqlari (yoylari)dan iborat. Har bir ravoqning keyingi tomonida och qizg'ish tusli varaqlari, oldingi tomonida jabra qilchalari joylashgan (61-rasm). Jabra qilchalari suv bilan oqib keladigan oziqning tashqariga chiqib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Jabra varaqlari juda mayda kapil-lyar qon tomirlari bilan qoplangan. Jabralardan o'tayotgan suv-dan kislorod jabra varaqlari kapillyarlaridagi qonga shimiladi; karbonat angidrid esa qondan suvga ajralib chiqadi. Qahraton qishda muz tagiga kislorod o'tmasligi yoki issiq yozda iliq suvda kislorod kam erishi tufayli baliqlar halok bo'ladi.



61-rasm. Baliqlar jabrasining tuzilishi va ishlashi:
1 — jabra qilchalari; 2 — jabra ravoqlari; 3 — jabra varaqlari; 4 — jabra qopqog'i
(strelka suvning yo'nalishini ko'rsatadi).
Qon aylanish sistemasi yurak, qorin va orqa aortalari, ar-teriya, vena va kapillyardan iborat. Yuragi yurak qorinchasi va bo'lmasidan iborat. Yurakdan chiqadigan qon tomirlari arteri-yalar, yurakka keladigan qon tomirlari venalar deyiladi. Zog'ora baliqning yuragi jabralardan keyinroqda joylashgan (62-rasm).
Baliqlarning yurak bo'lmasi va qorinchasining galma-gal qisqarishi tufayli qon yurak bo'lmasidan qorinchasiga, undan qorin aortasiga chiqariladi. Qon qorin aortasidan jabra arteriyalariga, ulardan kapillyarlarga o'tadi. Kapillyarlardagi qon karbon-at angidridni suvga chiqarib, kislorod bilan boyiydi. Kislorod bi­lan boyigan qon arteriya qoni deyiladi. Bimday qon qip-qizil bo'ladi. Arteriya qoni jabralardan chiqib, umurtqa pog'onasi os-tidan butun tana bo'ylab o'tadigan orqa aortaga keladi. Orqa aorta organlar yaqinida arteriyalarga, tana organlarida esa mayda kapil­lyarlarga ajraladi. Kislorod va ichakdan so'rilgan oziq moddalar kapillyarlar devori orqali to'qimalarga, karbonat angidrid va moddalar almashinuvi mahsulotlari esa to'qimalardan qonga o'tadi. To'qimalarda qon karbonat angidrid bilan to'yinib to'q qizil rangli vena qoniga aylanadi va vena qon tomirlariga to'planib, yurak bo'lmasiga quyiladi.
Ayirish sistemasi. To'qimalarda hosil bo'ladigan moddalar al­mashinuvi mahsulotlari ikkita tasmasimon qo'ng'ir-qizg'ish buyraklar yordamida qondan filtrlanib, siydikni hosil qiladi. Siy-dik ikkita siydik yo'li orqali qovuqqa, undan anal teshigi orqasida joylashgan maxsus teshik orqali tashqariga chiqarib yuboriladi (60-rasmga qarang).
Moddalar almashinuvi. Moddalar almashinuvi jarayonida tashqi muhitdan olingan oziq moddalardan organizm uchun zarur bo'lgan moddalar hosil bo'ladi. Bu moddalar organizm-ning o'sishi, nasi qoldirish va barcha hayotiy jarayonlarni ta'minlashga sarf bo'ladi. Baliqlar sovuqqonli hayvonlar hisobla­nadi. Ular tanasi harorati doimiy bo'lmasdan, atrof-muhit harorati ta'sirida o'zgarib turadi.

Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish