O’.I.B.D.O’._____________________________
Sana:__________________ Sinf:________
Mavzu: Baliqlarning xilma-xilligi: tog‘ay baliqlar sinfi. 38 §
Darsning maqsadi:
b) ta`limiy maqsad: Baliqlarning xilma-xilligi: tog‘ay baliqlar sinfi hi haqidagi umumiy ma’lumot, handa eng muhim tarkibiy qismlarining tuzilishi va vazifalari to’g’risida tushuncha berish.
v) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda shaхsiy, psiхologik-gigiyenik хususiyatlarini shakillantirish.
Dars jarayonida qo’llaniluvchi metodlar: an`anaviy va interfaol metodlar, modellashtirish.
Dars jihozlari: mikroskop, o’simlik, hayvon va inson organizmi hujayralarining mikropreparatlari, o’quv filmlari, jadvallar.
Dars turi: munozara
Darsning uslubi: Muammoli ta’lim elementlarini o’z ichiga olgan noan’anaviy dars;
Darsning bогishi:
1. Tashkiliy qism
O'quvchilar bilan salomlashish, navbatchilikni yo`lga qo'yib, davomatni aniqlash, sinf xonasining gigiyenik holatini nazorat qilish.
2. O’tgan mavzular yuzasidan savollar.
Baliqlarning jinsiy hujayralari qayerda yetiladi?
Baliqlarning ko'payish instinkti qanday namoyon bo'ladi?
Baliqlar tuxumi qanday urug'lanadi?
O'tkinchi baliqlarda ko'payish instinkti qanday namoyon bo'ladi?
Naslga ko'p g'amxo'rlik qilish qanday namoyon bo'ladi?
Naslga kam g'amxo'rlik qilish nimadan iborat?
3. Yangi mavzu bауоni
Baliqlarning yashash muhitiga moslashishi. Turli suv havza-larida yashash sharoiti har xil bo'ladi. Hatto bitta suv havzasi-ning turli qismida ham sharoit bir xil bo'lmaydi. Yashash sharoiti va oziq tarkibining xilma-xilligi, o'zaro raqobat, dush-manlarning ko'p bo'lishi baliqlar tuzilishi va feT-atvorining turlicha bo'lishiga olib kelgan. Shuning uchun ham dengiz tubida yashovchi baliqlar sekin harakatlanadi, tanasi yassi bo'lganidan yirtqich hayvonlar ularni sezmaydi. Rang-barang korall riflari orasida hayot kechiradigan baliqlarning rangi ham xilma-xil va chiroyli bo'ladi. Dengiz va okeanlarning juda chuqur joyida yashaydigan baliqlarning yog'du taratadigan a'zolari bo'ladi. Suvning yuza qismida, ayniqsa, ochiq dengizlarda yashaydigan baliqlarning muskullari va suzgichlari, xususan dum suzgichi kuchli rivojlanganligidan ular tez suzadi. Gavdasining suyri shakli esa suzishni osonlashtiradi.
Skeletining tuzilish xususiyatlariga ko'ra baliqlar tog'ayli va suyakli baliqlar sinfiga bo'linadi.
Tog'ayli baliqlar sinfi. Tog'ayli baliqlarning skeleti tog'aydan iborat bo'lib, jabra qopqoqlari va suzgich pufaklari bo'lmaydi. Jabra yoriqlari 5—7 juft bo'ladi. Tog'ayli baliqlar akulalar va skatlar turkumini o'z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |