3. Yangi mavzu bауоni
H
71-rasm. Baqaning
hazm qilish sistemasi (A) va oziq-lanishi (B):
1 — og'iz; 2 — qizilo'ngach; 3 — oshqozon; 4 — jigar; 5 — oshqozonosti bezi; б - kloaka; 7 - til.
azm qilish sistemasi. Baqaning hazm qilish organlari ba-liqlarnikiga juda o'xshash bo'lib, og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, oshqozon va ichakdan iborat (71-rasm). Og'iz bo'shlig'ida harakatchan till va jag'lari bor. Yuqori jag'i va tang-layida konussimon tishchalari bo'ladi. Baqa orqa ichagining keyingi qismi kengayib, kloakani hosil qiladi.
N
72- rasm. Baqaning qon aylanish sistemasi (A) va yuragi (B)ning tuzilishi:
1 — yurak; 2 — o'pka; 3 — kichik qon aylanish doirasi; 4 — katta qon aylanish doirasi; 5 — o'ng yurak bo'lmasi; 6 — chap yurak bo'lmasi; 7 — yurak qorin-chasi; 8 — arteriyalar; 9 — venalar.
afas olish sistemasi. Baqa o'pka va terisi yordamida atmos-fera havosidan nafas oladi. O'pkasi sodda tuzilgan bir juft xal-tachadan iborat. Xaltacha devorida va terida juda ko'p kapil-lyarlar bor. Kapillyarlardagi qonga atmosfera havosidan kislorod o'tib turadi.
Nafas olayotgan baqaning tomog'i pastga tortilib va ko'tarilib turadi. Tomoq pastga tortilganida havo burun teshigi va og'iz bo'shlig'i orqali o'pkaga o'tadi. Tomoq ko'tarilganida o'pkadagi karbonat angidrid gaziga to'yingan havo yana og'iz bo'shlig'i va burun teshigi orqali tashqariga chiqib ketadi.
Qon aylanish sistemasi. Baqaning qon aylanish sistemasi organlari yurak, arteriya, vena va kapillyar qon tomirlaridan iborat (72-rasm). Yurak bitta qorincha va ikkita bo'lmadan iborat. Yurak qorinchasi bo'lmalarning ketma-ket qisqarishi tufayli qon tomirlar bo'ylab harakatlanadi.
Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat. Katta qon aylanish doirasi bo'ylab qon yurak qorinchasidan arteriyalar orqali hamma tana organlariga boradi. U yerda qon to'qimalarga kislorodni berib, karbonat angidrid gazi bilan to'yinadi va yurakning o'ng bo'lmachasiga qaytib keladi (72-rasm). Kichik qon aylanish doirasi bo'ylab qon yurak qorinchasidan o'pka arteriyalari orqali o'pka va teriga keladi. O'pka va teridagi kapillyarlardan qon karbonat angidridni havoga beradi va kislorod bilan to'yinib, yurakning chap bo'lmasiga quyiladi. Shunday qilib, yurakning chap bo'lmasida kislorodga boy arteriya qoni, o'ng bo'lmasida esa karbonat angidrid bilan to'yingan vena qoni bo'ladi. Ikkala bo'lmaning baravar qisqarishi tufayli arteriya va vena qonlari bir vaqtning o'zida yurak qorinchasiga tushib, qisman aralashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |