Mavzu: Zoologiya fani va uning vazifalari. Hayvonlarning xilma-xilligi va ahamiyati. 1 §



Download 4,94 Mb.
bet153/217
Sana05.04.2022
Hajmi4,94 Mb.
#529087
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   217
Bog'liq
7- sinf zoologiya konspekt

69-rasm. Baqaning tashqi tuzilishi:
1 — burun teshigi; 2 — qovoq; 3 — ko'z; 4 — nog'ora parda; 5 — oldingi oyoq; 6 — yelka; 7 — bilak; 8 — panja; 9 — orqa oyoq; 10 — orqa oyoq panjasi;
11 — boldir; 12 — son.
Qovoqlar ko'zni namlab, uni qurib qolishdan saqlaydi. Bir juft burun teshigi ko'zlarining oldida joylashgan. Burni hid bilish va havo o'tkazish vazifasini bajaradi. Burun bo'shlig'i og'iz bo'shlig'i bilan tutashgan. Baqa va boshqa suvda hamda quruqlikda yashovchilar atmosfera havosi bilan nafas oladi. Havo burun teshiklari orqali o'pkaga o'tadi. Burni va ko'zlari boshining ustki qismida joylashgan. Baqa faqat burni va ko'zini suvdan chiqarib, atrofni kuzatib turadi. Baqa suv ostiga sho'ng'iganida maxsus klapanlar uning burun teshigini bekitib, nafas yo'liga suv o'tkazmaydi.
Baqa ko'zining orqa tomonida joylashgan nog'ora pardasi eshitish organi hisoblanadi. Erkak baqalar boshining ikki yonida tovushni kuchaytiradigan kulrang pufaklar — rezonatorlar bo'ladi. Baqalar urchish davrida vaqillagan ovoz chiqaradi.
Baqa va hamma quruqlikda yashovchi xordalilarning ikki juft yurish oyoqlari rivojlangan. Oldingi oyoqlari yelka, bilak va pan-ja; orqa oyoqlari son, boldir va tovon bo'limlariga bo'linadi. Baqaning oldingi oyoqlari to'rt barmoqli bo'lib, beshinchi barmog'i rivojlanmagan. Orqa oyoqlarining besh barmoqlari orasida tarang tortilgan suzgich pardasi bor. Orqa oyoqlari ol­dingi oyoqlariga nisbatan uzun va baquvvat bo'ladi. Quruqlikda baqa orqa oyoqlariga tayanib sakraydi, suvda esa orqa oyoqlarini dam-badam bukib va yozib suzadi.
Baqaning terisida shilimshiq suyuqlik ishlab chiqaruvchi bez­lar uning terisini namlab, qurib qolishdan saqlaydi.
S

70-rasm. Baqa skeleti.
1 — bosh, skeleti; 2 -to'sh; 3 — o'mrov; 4 -yelka; 5 — bilak; 6 -panja; 7 — kurak; 8 -umurtqalar; 9 — cha noq; 10 — dum; 11 -son; 12 — tovon; 13 -panja; 14 — boldir.


keleti
va muskullari. Baqa skeletining asosiy bo'limlari zog'orabaliqnikiga o'xshash suyaklardan iborat (70-rasm). Biroq quruqlikda hayot kechirishga moslanishi va oyoqlarining paydo bo'lishi tufayli skeleti tuzilishida qator o'ziga xos xususiyatlar yuzaga kelgan. Xususan, umurtqa pog'onasi bo'yin umurtqasi orqali kalla suyagi bilan harakatchan qo'shilgan. Baqaning qovurg'alari rivojlanmaganidan ko'krak qafasi ham bo'lmaydi. Dum umurtqalari birlashib, bitta uzun dum suyagini hosil qiladi. Baqaning oldingi va orqa oyoqlari skeleti kamar suyaklari orqali umurtqa pog'onasi bilan tutashgan. Oldingi oyoqlar skeleti bitta yelka, ikkita bilak va bir qancha panja suyaklaridan iborat. Ular yelka kamari: ikkitadan ko'krak tirgak, o'mrov va kurak suyaklari orqali umurtqa pog'onasiga birikadi. Kamar suyaklarining ikkinchi uchi to'sh suyagiga tutashgan.
Orqa oyoqlar son, boldir, tovon, panja suyaklaridan iborat. Orqa oyoqlar kamarini o'zaro harakat-siz birikkan uchta chanoq suyaklari hosil qiladi. Chanoq suyaklari orqa oyoqlar uchun tayanch bo'ladi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar oldingi va orqa oyoqlarining barcha suyaklari o'zaro bo'g'imlar orqali harakatchan birikkan; muskullari nisbatan kuch-li rivojlangan. Shuning uchun ularning harakati baliqlarnikiga nis­batan xilma-xil va murakkab bo'ladi.
Baqaning yapaloq gavdasi, ikki juft oyoqlari, qovoqlarining rivojlan-ganligi quruqlik muhitiga moslashganligini ko'rsatadi. Terisining yupqa va nam bo'lishi hamda terming nafas olishda ishtirok etishi esa uning nam sharoitga moslashganligini ko'rsatadi. Baqa skeleti bosh, umurtqa pog'onasi, oyoqlar va ular kamari skeletidan iborat. Baqaning qovur-g'alari rivojlanmagan, ko'krak qafasi ham bo'lmaydi. Dum umurt-qalari qo'shilib bitta dum suyagini hosil qiladi. Baqa oyoqlari suyak­lari o'zaro harakatchan birikkanligi bois murakkab va xilma-xil ha-rakatlar qiladi.

Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish