3. Yangi mavzu bауоni
Skeleti. Ko'k kaptar va boshqa qushlarning skeleti bosh, umurtqa pog'onasi, qanot, oyoq hamda yelka va chanoq kamar-lari skeletidan iborat (83-rasm). Skeletning tuzilishi qushlarning uchishga moslashganligini aks ettiradi. Naysimon suyaklarning bo'shlig'ida havo bo'lganligi tufayli juda yengil bo'ladi. Bir qancha suyaklar qo'shilib o'sganligi tufayli qushlar skeleti sudralib yu-ruvchilarnikiga nisbatan ancha pishiq va mustahkam bo'ladi.
83-rasm. Kaptar skeleti:
1 — bosh; 2 — ustki tum-shuq; 3 — ostki tumshuq; 4 — bo'yin umurtqalari; 5
— yelka; 6 — ko'krak umurtqalari; 7 — o'mrov; 8 — ko'krak tirgak; 9 — to'sh; 10 - to'sh toji; 11— boldir; 12 — son; 13
— ilik; 14 — oyoq panja; 15 — barmoqlar; 16 — chanoq; 17 — qanot pan-jasi; 18 - bilak; 19 -qovurg'alar; 20 — dum umurtqalari.
Bosh skeleti yumaloq bosh qutisi, yirik ko'z kosasi, yuqori va pastki jag'lardan iborat. Jag'lar muguz bilan qoplangan turn-shuqqa aylangan; tishlar bo'lmaydi. Bosh skeletida faqat pastki jag' harakatchan bo'ladi.
Umurtqa pog'onasining bo'yin bo'limi uzun bo'lib, o'zaro harakatchan birikkan umurtqalardan tashkil topgan. Qush boshi-ni orqaga 180° ga burishi, tanasini qimirlatmasdan va egmasdan atrofidagi oziqni cho'qilashi mumkin. Ko'krak umurtqalari o'zaro harakatsiz birikkan. Bel, dumg'aza va dum umurtqalari o'zaro birikib, yagona dumg'aza suyagini hosil qiladi. Dum suyagi qushlarning dumidagi burilish patlari uchun tayanch bo'ladi. Umurtqa pog'onasining ko'krak bo'limi qovurg'alar va to'sh suyagi bilan birga ko'krak qafasini hosil qiladi.
To'sh suyagining pastki tomoni kengayib, qayiqqa o'xshash ko'krak toj suyagini hosil qiladi. Bu suyakka qanotlarni harakatga keltiradigan muskullar birikadi. Qovurg'alarning bir uchi ko'krak umurtqalari, ikkinchi uchi to'sh suyagi bilan harakatchan qo'shilgan.
Qanotlar kamari ko'krak tirgak, kurak va o'mrov suyaklari-dan iborat. O'mrov suyaklarining pastki uchi tutashib, ayrini hosil qiladi. Qanot skeleti bitta yelka, ikkita bilak (tirsak va bilak) va bir necha panja suyaklaridan tashkil topgan. Qushlarning qa-notida faqat uchta barmoq bo'ladi, bu bilan ular suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarning besh bar-moqli oldingi oyoqlaridan farq qiladi. Qanotidagi mayda panja suyaklar qo'shilib, yaxlit bitta suyakni hosil qiladi. Barmoqlar sonining kamayishi va mayda suyaklarining qo'shilishi tufayli panja suyagi mustahkam bo'ladi.
Oyoq kamari skeleti uch juft chanoq suyagidan iborat. Ular umurtqa pog'onasining bel va dumg'aza bo'limlari hamda oldingi dum umurtqalari bilan harakatsiz birikkan.
Kaptar oyoqlarining skeleti yo'g'on son, ikkita boldir hamda ilik va barmoq suyaklaridan iborat. Ilik suyagi faqat qushlar uchun xos bo'lib, bir necha mayda suyaklarning birikishidan hosil bo'ladi. Ilik suyagining pastki uchiga barmoq suyaklari kelib tutashgan. Ilik suyagi qush tanasini yerdan dast ko'tarib turadi va qo'nayotganda tanaga beriladigan zarbani kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |