Mavzu: Zoologiya fani va uning vazifalari. Hayvonlarning xilma-xilligi va ahamiyati. 1 §


Dars turi: munozara Darsning uslubi



Download 4,94 Mb.
bet143/217
Sana05.04.2022
Hajmi4,94 Mb.
#529087
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   217
Bog'liq
7- sinf zoologiya konspekt

Dars turi: munozara
Darsning uslubi: Muammoli ta’lim elementlarini o’z ichiga olgan noan’anaviy dars;
Darsning bогishi:
1. Tashkiliy qism
O'quvchilar bilan salomlashish, navbatchilikni yo`lga qo'yib, davomatni aniqlash, sinf xonasining gigiyenik holatini nazorat qilish.
2. O’tgan mavzular yuzasidan savollar.
1. Baliqlarning tana shakli yashash muhitiga qanday moslashgan?
2. Baliqlarning suzgichlari qanday tuzilgan?
3. Baliqlar terisi qanday tuzilgan?
4. Baliqlar umurtqa pog'onasi qanday tuzilgan?
3. Yangi mavzu bауоni
Markaziy nerv sistemasi. Baliqlarning markaziy nerv siste­masi bosh miya va orqa miyadan tashkil topgan. Orqa miya uzun naydan iborat bo'lib, umurtqa pog'onasi nayi ichida joylashgan. Orqa miyaning ikki yonidan ichki organlarga, suzgichlarga, teri va muskullarga nervlar chiqadi (63-rasm).
Bosh miya miya qutisi ichida joylashgan bo'lib, nerv nayi oldingi qismining o'zgarishidan kelib chiqqan. Baliqlar va barcha umurtqali hayvonlarning bosh miyasi oldingi miya, oraliq miya, o'rta miya, miyacha va uzunchoq miya deb ataladigan bo'limlardan iborat. Miyaning hamma bo'limlari baliqlar hayotida katta aha-miyatga ega. Miyacha harakatlanish, uzunchoq miya nafas olish, qon aylanish, hazm qilish organlari ishini boshqarib turadi.


Sezgi organlari baliqlarga atrof-muhitni yaxshi bilib olishga imkon beradi. Ular yordamida baliq o'z ozig'ini topadi yoki
yaqinlashayotgan dushmanini bilib oladi. Suvdagi sharoitni aniq-lashda ham sezgi organlari katta yordam beradi. Sezgi organlari orasida ko'zlar muhim ahamiyatga ega. Baliqlarning ko'zi qovoq-siz, boshining ikki yonida joylashgan. Ular yaqin masofadan ko'radi, narsalarning shakli va rangini farq qila oladi. Ko'zlar oldida joylashgan ikkita burun teshigi hid sezuvchi hujayralarga ega bo'lgan xaltachalarga ochiladi.
Eshitish organlari miya qutisining ikki yonida joylashgan, suyaklar bilan qoplangan ichki quloqdan iborat. Suv zich mu-hit bo'lganligidan tovushni yaxshi o'tkazadi. Tajribalarda baliqlar qirg'oqda yurgan odam qadami, suzib kelayotgan qayiq ovozi, qo'ng'iroq va o'q tovushlarini yaxshi eshitishi aniqlangan.
Ta'm bilish hujayralari baliqlarning og'iz bo'shlig'i, halqumi hamda butun tana yuzasida joylashgan. Zog'orabaliq, treska va boshqa bir qancha baliqlarning boshida joylashgan mo'ylovlar tuyg'u vazifasini bajaradi.
Baliqlar hayotida ayniqsa yon chiziqlciming ahamiyati katta. Yon chiziqlar baliq tanasining ikki yonida qator bo'lib joylash­gan teshikchalardan iborat. Teshikchalar maxsus sezuvchi hu­jayralari bo'lgan naychalar bilan tutashgan. Yon chiziqlar suv oqimi, suv ostidagi narsalarni sezishga yordam beradi. Yon chiziqlari tufayli hatto ko'r bo'lib qolgan baliq ham to'siqlarni sezadi, harakat qilayotgan o'ljasini tutib oladi.
Reflekslar. Agar baliqni biror narsa bilan turtsak, u o'zini tezlik bilan chetga oladi. Bu jarayon quyidagicha sodir bo'ladi. Ta'sir sezgi hujayralari tolalari orqali markaziy nerv sistema-sining bosh miya yoki orqa miya qismiga uzatiladi. U yerdan ta'sirga hosil bo'lgan javob tegishli organlarga uzatiladi. Organ-lardagi muskullar qisqarishi tufayli organizm ta'sirga javob be­radi. Baliqlar o'z o'ljasini sezganida ham xuddi shunga o'xshash holat sodir bo'ladi. Zog'orabaliq chuvalchangni ko'rganida ho­sil bo'lgan qo'zg'alish ko'rish nervi orqali markaziy nerv siste-masiga boradi, u yerdan javob nerv tolalari orqali muskullarga keladi. Buning natijasida baliq o'ljasini ushlab oladi. Hayvonlar­ning ta'sirga shunday javob qaytarish reflekslari tug'ma bo'lganidan shartsiz reflekslar, ya'ni instinkt deyiladi. Shartsiz ref-lekslar irsiy bo'lib, baliqlarning hayoti davomida o'zgarmasdan saqlanib qoladi va nasldan naslga o'tadi. Bitta turga kiruvchi hamma hayvonlarning shartsiz reflekslari bir xil bo'ladi.
Shuning bilan birga hayvonlarning hayoti davomida hosil bo'ladigan reflekslar ham bor. Agar akvariumdagi baliqlarga biror signal bilan ta'sir etib, masalan, chiroq yoqib oziq berilsa va bunday oziqlanish bir necha bor takrorlansa, bu signal oziq berilmaganda ham baliqlarni jalb qila boshlaydi. Hosil bo'lgan bunday reflekslar shartli reflekslar deyiladi. Shartli reflekslar nasldan naslga o'tmaydi va uzoq saqlanib qolmaydi.
Bosh miya va orqa miya markaziy nerv sistemasi deyiladi. Bosh miya ol­dingi miya, oraliq miya, o'rta miya, miyacha va uzunchoq miyadan ibo­rat. Bosh miya va orqa miya barcha organlar ishini boshqaradi. Ko'z, eshitish, ta'm bilish organlari, yon chiziqlar sezgi organlari de­yiladi. Ular yordamida baliqlar atrof-muhitdagi narsalarni payqaydi, oziqning ta'mini biladi, suv bosimi, harorati, tarkibini payqaydi. Baliqlarning tashqi ta'sirga javobi, ya'ni xatti-harakati shartsiz (instinkt) va shartli reflekslar bilan bog'liq. Shartsiz reflekslar tug'ma, shartli ref­lekslar esa ular hayoti davomida tashqi muhit ta'sirida hosil bo'ladi.

Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish