4 Mavzu: OHAK TEXNOLOGIYАSI
Reja:
1. Havoda qotadigan ohak.
2. So’ndirilmagan kesak-ohak.
3. So’ndirilgan oxak.
Havoda qotadigan ohak deb, tarkibida 8% gacha gil qo’shilmalar bo’lgan va yerib yopishib qolmaydigan qilib bir mehyorda kuydirilgan ohaktoshlarni mayda tuyish natijasida hosil bo’ladigan havoda qotuvchan bog’lovchi moddalarga aytiladi.
Hali tuyilmagan kuydirish mahsuloti so’ndirilmagan kesak ohak (qaynama) deb ataladi. U shu holicha bog’lovchi modda hisoblanmaydi va uni qorishma hamda beton tayyorlashda ishlatib bo’lmaydi. Bog’lovchi modda boiishi uchun kesak-ohak mayda tuyilishi zarur.
Kesak-ohakni maydalashning ikki usuli qo’llaniladi:mexanik usul - zo’ldirli yoki boshqa tegirmonlarda tuyiladi;so’ndirish usuli - ohak bo’laklariga suv bilan tahsir qilinadi; shunda ohak o’z-o’zidan mayda zarrachalarga parchalanadi (dispergirlanadi).
Kesak-ohak qanday usulda maydalanganiga qarab, havoda qotadigan tovar ohakning quyidagi turlari bo’ladi:
- kesak-ohak (qaynama)ni mexanik usulda maydalab tayyorlanadigan so’ndirilmagan tuyilgan ohak. U tarkiban asosan kalg’tsiy oksididan tashkil topgan bo’ladi;
- kesak-ohak (qaynama)ni mahlum miqdordagi suv bilan (kukunsimon holatga kelgunicha) so’ndirib tayyorlanadigan so’ndirilgan gidrat ohak (pushonka-kukun). Kimyoviy tarkibi jihatidan u kalg’tsiy gidrati Ca(OH)2 dan iborat bo’ladi;
- kesak-ohak (qaynama)ni ortiqcha suv bilan so’ndirish natijasida hosil bo’ladigan mahsulot - ohak xamiri; ohak xamiri asosan gidrat oksidi va suvdan iborat bo’ladi.
Kesak-ohakni so’ndirib yoki tuyib maydalash jarayoniga faol yoki gidravlik mineral qo’shilmalar (domna va yoqilg’i shlaklari, kul, vulkan kuli, pemza, tuf, kvars qum, semyanka, trepel va gips tosh) qo’shish mumkin. Ohakka qancha mineral qo’shilma qo’shish mumkinligi ohakning faolligi (%CaO + % MgO) bilan aniqlanadi. Ammo 12-jadvalda ko’rsatilgan miqdordan kam bo’lmasligi kerak.
Ohak ishlab chiqarish uchun ohaktoshlardan foydalaniladi. Ohaktoshlarda kalg’tsiy karbonatdan tashqari ozmi-ko’pmi magniy karbonat ham bo’ladi. Kuydirilayotganda karbonat tuzlari qattiq CaO va MgO oksidlari hamda gazsimon mahsulot - CO2 ga dissotsiatsiyalanadi. Gazsimon mahsulot chiqarib tashlanadi, qolgan qattiq oksidlar esa havoda qotadigan so’ndirilmagan ohak tarkibiga kiradi. Havoda qotadigan ohak qancha magniy oksidi borligiga qarab oz magnezialli (5% gacha magniy oksidi bor), magnezialli (5 dan 20% gacha magniy oksidi bor) va dolomitli (20 dan 41% gacha magniy oksidi bor) ohaklarga bo’linadi.
Ohakda magniy oksidi va gil-aralashmalar bo’lishi uning xossalariga, jumladan, so’nish tezligiga1 katta tahsir qiladi. Havoda qotadigan ohak so’nish jarayonining davom yetish muddatiga qarab ikkiga bo’linadi: tez so’nuvchan ohak 20 daqiqa ichida so’nadi va asta so’nuvchan ohak - 20 daqiqadan ortiq muddatda so’nadi.
Qaynama-ohakni so’ndirayotganda ohak xamiri harorati har xil bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham havoda qotadigan ohak ko’rsatkichiga qarab shartli ravishda ikkiga bo’linadi: past yekzotermik ohak (so’ndirilayotgan vaqtdagi eng yuqori harorati 70°C dan past) va yuksak yekzotermik ohak (so’ndirilayotgan vaqtdagi eng yuqori harorati 70°C dan ortiq).
Do'stlaringiz bilan baham: |