b
)
Yuqorida aytganimizdek, detallaming zazorli yoki zazorsiz birikishiga о ‘tqazish deyiladi. 0‘tqazishlar uch guruhga bo‘linadi:
Zazor bilan о ‘tqazish. Bunda: sirpanadigan qilib, harakatlanadigan qilib, qo‘zg‘aladigan qilib, oson harakatlanadigan qilib o‘tqazish, bemalol harakatlanadigan qilib o‘tqazish va harakatlanadigan qilib issiqlayin o‘tqazish mumkin;
Taranglik bilan о ‘tqazish. Bunda: qizdirib, presslab, yengil presslab o‘tqazish mumkin;
‘tadigan о ‘tqazishlar. Bunda qimirlamaydigan qilib, tig‘iz, tarang, jips o‘tqazish mumkin.
Detal elementlarining oichami 10 000 mm. gacha bo‘lgan birikmalarda dopusk va o‘tqazishlar quyidagi GOSTlarda berilgan: GOST 25346-96. GOST 25347-96. GOST 25348-96. GOST 25349-96. Bu nominal o‘lchamlar quyidagi inti
gacha, ldan 500 gacha, 500dan 10 000 gacha.
Val yoki teshik siste- masining bir bosqich- 1 dan ikkinchi bosqichga : o‘tishdagi izchillik darajasida dopuskning qiymatiga kvalitet deb ataladi, ya’ni hamma belgilangan nominal 1 oichamlar uchun bir xil aniqlik darajasi mos keladigan dopusklaming ma- jmuyiga kvalitet deyiladi. Kvalitet val yoki tekislik sistemasida o‘tqa- zishlarning aniqlik darajasini bildiradi. GOSTda dopuskning ortib borishi bilan kattalashib boruvchi tartib raqamlar bilan belgilangan 19 ta kvalitet nazarda tutilgan: 01,0,1,2,3,...,17. 01,0 lar — eng yuqori aniqlikdagi kvalitetlar hisoblanadi.
Yoi qo‘yilgan chegarada asosiy teshikning o‘lchami o‘zgarmasdan, val- ning o‘lchami o‘zgarishi hisobida-teshik sistemasida, yoki asosiy valningo‘lchami o‘zgarmasdan, teshikning o‘ lchami o‘zgarishi xisobida- val sistemasida (1.8- shakl) berilgan kvalitet va nominal olchamlar intervali uchun har xil turdagi o‘tqazishlar hosil boMadi.
Y o‘l qo‘yilgan chegarada yuqorigi chetga chiqishi nolga teng bo‘lgan valga asosiy val deyiladi va h harfi bilan shartli belgilanadi, pastki chetga chiqishi nolga teng boigan teshikka asosiy teshik deyiladi va H harfi bilan shartli belgilanadi.
Teshik sistemasida (1.8-shakl,a) o‘tqazishlar asosiy teshik o‘lchami o‘zgarmagan holda, yo‘l qo‘yilgan chegara-
i
A
Teshiklar
Nol chizigM
rada val o‘lchamining o‘zgarishi hisobida hosil qilinadi. Bunda valni talab qilin- gan o‘lchamda tayyorlash oson hamda ishlov berishga kam xarajat ketadi. Shuning uchun teshik sistemasi afzal hisoblanadi.
Val sistemasida (1.8-shakl,b) o‘tqazishlar asosiy val o‘IchamIari o‘zgarmagan holda, yo‘l qo‘yilgan chegarada teshik o‘lchamining o'zgarishi hisobida hosil qilinadi. Val sistemasi ayrim hollarda, masalan, har xil o‘tqazishlarga ega bo‘lgan ko‘p sondagi detallami uzun valga bir vaqtning o‘zida o‘tqazishda qo‘llaniladi.
Ayrim payt bitta buyumning o‘lchamlari har xil sistemada bajariladi, masalan, podshipnikning tashqi va ichki diametri (1,9-shakl) (o‘tqazishlar har xil sistemasida, ikki diametri teshik sistemasida bajariladi (1.10-shakl)).
§. 0‘tqazishlar guruhi.
Dopusk maydoni va o‘tqazishlarning belgilanishi
Yuqori va pastki chetga chiqishlar bilan chegaralangan maydon dopy- sk maydoni deyiladi. Dopusk maydoniga kiradigan asosiy chetga chi- qishlami shartli belgilari lotin harflari bilan belgilanadi. Bunda teshik bosh harf bilan, val kichik harf bilan belgilash qabul qilingan. Asosiy chetga chiqishlaming: a—h oralig‘i teshik sistemasida vallaming dopusk may- donida zazor bilan; Js-n oralig‘i o‘tadigan, p-zc oralig‘i taranglik bilan o‘tqazishga mo‘ljallangan.
Xuddi shunga o‘xshash val sistemasida teshiklami dopusk maydonida asosiy chetga chiqishlaming A-H oralig‘i zazor bilan; Js -N oralig‘i o‘tadigan; P- ZC oralig‘i taranglik bilan o‘tqazishga mo‘ljallangan.
Dopusk maydonlarining nisbiy o‘rinlari 1.9-shaklda keltirilgan. Dopusklar qisqacha JT harflar bilan belgilanib, u «xalqaro dopusk» ma’nosini bildiradi. Harflardan keyin kvalitet tartib raqami ko‘rsatiladi, masalan, JT8.
Dopusk maydonining shartli belgisi bitta harf va sondan, ya’ni asosiy chetga chiqishning belgisi hamda kvalitet raqamidan tuzilgan bo‘ladi. Masalan, dopusk maydoni vallar h6, dlO, s7, Js 5 dopusk maydonida teshiklar H 6, D10,S7, Js 5.
0‘tqazishning shartli belgisi ikki birikuvchi element (teshik va val) lar uchun umumiy bo‘lgan nominal o‘lcham va har bir element uchun do-
pusk maydonining shartli belgisidan iborat bo‘ladi (1.11-shakl, a)
50—50Я11/М1 Ml
yoki 50 H\\-h\
\
Yoki o‘tqazishning shartli belgisi ikki birikuv- chi element (teshik va val)lar uchun umumiy bo‘lgan nominal o‘lcham va kasming suratida teshikning chekli chetga chiqishining son qiymati, maxrajda esa valning chekli chetga chiqishining son qiymati ko‘rsatiladi (l.ll-shakl,b
)
da chetga chiqishining son qiymatlari bilan, masalan, 18 +0'008, + 0,02
ф 10 _ о 07 (1.13-shakl,a), dopusk maydonining shartli belgisi va uning o‘ng tomonida qavs ichida yo‘l qo'yilgan chegarada chetga chiqishining
/ л л 1 c\
son qiymatini ko‘rsatish bilan, masalan 18 H 7(+0,018) ф 10 f 9
(1.13-shakl,b).
Takrorlash uchun savollar
Qanday o‘lchamga nominal o‘lcham deyiladi?
Qanday o‘lchamga haqiqiy o‘lcham deyiladi?
Nominal va haqiqiy o‘lchamlar chizmada qanday belgilanadi?
0‘tqazish deb nimaga aytiladi?
Dopusk deb nimaga aytiladi, yuqorigi va pastki chetga chiqish nima?
Yuqorigi va pastki chetga chiqish chizmada qanday belgilanadi?
Zazorli va zazorsiz o‘tqazishlar nima va ular chizmada qanday tas- virlanadi?
Kvalitet nima va u qanday belgilanadi?
Qanday hollarda o‘tqazishlaming teshik va val sistemasidan foy- dalaniladi?
0‘tqazishlar chizmada qanday shartli belgilanadi?bob. DETAL SIRTI G‘ADIR-BUDURLIKLARI VA ULARNI CHIZMADA BELGILANISHI
Do'stlaringiz bilan baham: |